• O.Uilyamson. Marketolog 99 7.4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
  • O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    O.Uilyamson. Marketolog
    Multidivizional tuzilma
    – «mahsulotning xili, savdo markasiga
    qarab yoki jug`rofiy belgi bo`yicha o`z xarajatini qoplash va o`zini
    o`zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatuvchi yarim muxtor
    ishlab chiqarish bo`linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi».
    O.Uilyamson. Marketolog


    99
    7.4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
    Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini
    faqat
    ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi
    bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan
    ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi
    tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan
    vaziyatni misol tariqasida keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda
    dastlabki elektrotexnika korxonalari deyarli bir vaqtda paydo bo`lganiga qaramay,
    jahon bozorida yetakchilik mavqeini faqat Germaniya (AEG) va Amerika
    (“General Elektrik”) elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari egallashdi. Boz ustiga,
    Britaniya firmalari hatto o`zlarining milliy bozoridan ham siqib chiqarildi: AEG
    ushbu davrda Britaniyada o`z mahsulotlarini har qanday ingliz firmalariga
    qaraganda ko`proq sotdi. Britaniya ishlab chiqaruvchilari «germaniya va amerika
    firmalari bilan teng raqobatlashish uchun zarur bo`lgan tashkiliy xususiyatlarni
    rivojlantira olishmadi», degan xulosaga keldi, Chandler.
    Demak, firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya
    xarajatlari dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni
    oldini olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi
    tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi trayektoriyaga bog`liqligini ham hisobga
    olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o`zgarishlarning alohida
    trayektoriyasi
    bo`yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot
    rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar
    dinamikasini o`rganishda ifodalangan dalillarni to`ldirishni va qisman qayta ko`rib
    chiqishni talab qiladi.
    Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan
    funksiyalarga o`xshash funksiyalar tashkiliy madaniyatga o`tadi. «Har qanday
    tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy
    kognitiv tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud». Tashkiliy madaniyat, «prinsipal»
    bilan «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me’yorlar,
    qoidalar va an’analarda moddiylashtiriladi. Tashkiliy madaniyatning interpretativ
    funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo`lganida «prinsipal» qarorlarning
    asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat.
    «Tashkiliy madaniyat
    ex antega
    bo`ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan
    holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat’iyroq aytadigan
    bo`lsak, u tufayli tashkilot o`zining birxilligiga ega bo`ladi».

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish