O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL




Download 0.75 Mb.
bet10/12
Sana31.12.2019
Hajmi0.75 Mb.
#7105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

F1

Fenotip: 1. 40 foiz Uzun poyalik yumaloq mevalik,

2. 40 foiz Kalta poyalik noksimon mevalik,

3. 10 foiz Uzun poyalik noksimon mevalik,



4. 10 foiz Kalta poyalik yumaloq mevalik.

Sharx. Masala shartidan ma’lumki, har ikkala belgini tashuvchi genlar bitta gomologik xromosoma juftiga joylashgan, zero ular birikkan holda irsiylanadilar. Shunga binoan ona pomidor genotipini ko’rinishida, ota pomidor genotipini ko’rinishida ifodalaymiz. Poya va meva shaklini belgilovchi genlar o’zaro birikkanligini nazarda tutib, ona nav pomidor teng miqdordagi ikki tip gameta hosil qilishini, ota nav pomidor esa faqat bir tipdagi gameta hosil qilishini aniqlaymiz. Lekin, masala shartidagi genlar orasidagi masofani e’tiborga oladigan bo’lsak, ona nav pomidor odatdagi nokrossovyer gametalar bilan bir qatorda, jami 20 foiz krossovyer gametalar ham hosil qiladi. Masala shartida ko’rsatilgan poya uzunligi va meva shaklini belgilovchi genlar orasidagi masofa 20 morganidga teng. Bu degani, digeterozigota genotiplik ona nav pomidor odatdagi nokrossovyer gametalar bilan bir qatorda (80 foiz), 20 foiz krossovyer gametalar ham hosil qiladi . Mazkur gametalar ota gametalari bilan o’zaro qo’shilganda quyidagi miqdordagi nasl hosil bo’ladi: .
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Masala. Makkajo’xori mevasining silliq shakli burushgani ustidan, rangli bo’lishi rangsizlikdan ustunlik qiladi. Har ikkala belgi o’zaro birikkan. Silliq, rangli donlik makkajo’xori burushgan, rangsiz donlik navi bilan chatishtirilgan, natijada; 4152 ta silliq ranglik, 149 ta ranglik burushgan, 152 ta rangsiz silliq, 4163 ta rangsiz burushgan nasl olingan.

Genlar orasidagi masofani aniqlang.

2. Masala. Drozofilada tana rangini va qanotlar shaklini belgilovchi genlar o’zaro birikkan holda irsiylanadi. Meva pashshasida tananing kulrangliligi qora tana ustidan, qanotning normal uzunligi kaltaligi ustidan dominantlik qiladi. Laboratoriyada uzun qanotlik kulrang tanalik har ikkala belgisi bo’yicha geterozigota urg’ochi pashsha kalta qanotlik qora tanalik erkagi bilan chatishtirilgan. Olingan naslning 1394 tasi kulrang tanalik uzun qanotlik, 288 tasi kulrang tanalik kalta qanotlik, 1418 tasi qora tanalik kalta qanotlik, 287 tasi qora tanalik uzun qanotlik bo’lgan.

Genlar orasidagi masofani aniqlang.

3. Masala. Kalamushlar junining qora tusliligi och rang ustidan, qizil ko’zlilik ko’zning pushti rangliligi ustidan dominantlik qiladi. Laboratoriyada qora junlik pushti ko’zlik kalamushni, och rang junlik qizil ko’zliligi bilan chatishtirilib quyidagi nasl olingan: och rang tusli qizil ko’zli 24 ta, qora junlik pushti rang ko’zli 26 ta, och rang junlik pushti ko’zlik 24 ta, qora junlik qizil ko’zlik 25 ta.

Genlar orasidagi masofani aniqlang.

4. Masala. Odamlarda rezus omil joylashgan lokus, eritrotsitlar shaklini belgilovchi lokus bilan birikkan va ushbu lokusdan 3 morganid narida joylashgan. Rezus musbatlilik va eritrotsitoz (eritrotsitlar ellips shaklida bo’lishi) autosom – dominant belgi. Er – xotinning bittasi har ikkala belgi bo’yicha geterozigota genotiplik. Erkak rezus musbatlilikni ota – onasining biridan, ellipsitozni ikkinchisidan meros qilib olgan. Uning turmush o’rtog’i rezus manfiy va normal shakldagi eritrotsitlarga ega.

Ushbu oilada tug’iladigan farzandlarning fenotip va genotiplarini foiz hisobidagi miqdorini aniqlang.


IX. Bo’lim. Odam genetikasiga oid masalalar va ularni yechish metodikasi
Odam biosferaning bir qismi va uning rivojlanish maxsuli bo’lib, barcha tirik organizmlar qatori irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlariga bo’ysunadi. Genetikaning odam irsiyati va o’zgaruvchanligi qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limiga odam genetikasi yoki

Download 0.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi хоrаzm VIL

Download 0.75 Mb.