|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 24/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: o`z ismi ma`nosi haqida gapirib berish.
E`tiborga molik jihati: qo`lning mayda motorikasini rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
San`at markazi
Do`sti uchun sovg`a. Ixtiyoriy loy ishi
Maqsad: do`sti uchun o`yinchoq yoki haykal yasash. Do`sti qiziqishlari haqida biladi. Sovg`ani tayyorlashda estetik (bezash) tomonlariga ham e`tiborini qaratadi.
Jihoz va materiallar: oq tuproq va plastilin. Guash ranglari bilan ishlash uchun jihozlar, bo`yoq cho`tka.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar kim uchun sovg`a tayyorlayotganlarini aytishadi.
2. Nima yasashlarini bilishadi;
Rang bo`yicha material tanlash va ishchi zonani tayyorlash;
Ishni bajarish.
Qo`shimcha qism: sovg`ani bezatish, do`sti ismi yozilgan tablichka
E`tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga o`rgatish, tasavvurni va mayda motorikani rivojlantirish
Til va nutq markazi
Do`stlik haqidagi «Ikki do`st» filmini ko`rib chiqish
Maqsad: diqqat, xotira rivojlanadi,»do`st, do`stlik» so`zlari tushunchasini biladi.
Jihoz va materiallar: video materiallar, AKT, guruhdan biror bolaning fotosurati, sifatga oid tarqatma materiallar. (qanday do`st, qanday dugona)
Faoliyatning borishi:
1. Do`stlik haqida multfilm tomosha qilish;
2. Bolalar tomosha qilingan videomaterialni muhokama qiladilar;
Bolalar kartochka tanlaydilar va bolalar fotosuratlari bilan taqqoslaydilar. (masalan, Zuxrada - chiroyli ko`ylak; Sardor - quvnoq hazilkash va h.k.)
Qo`shimcha qism: Har bir do`stini o`z tasavvuri bo`yicha chizishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: ko`rgan narsalari haqida muloqotga kirishish, do`stlar xulq-atvorini tahlil qilish, nutqni rivojlantirish.
OKTYaBR
OYLIK MAVZU: «RANG-BARANG KUZ»
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|