33
belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har
bir rasmda predmetlarning
hajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust,
ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa,
ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rganliklari
sababli shu mavzudagi
rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni
varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini
ko’rsatishi kerak va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani
rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan
holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo’yoq berib, ma’lum mavzu va maqsad
asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli
rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni
chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.
XULOSA
34
Xulosa qilib aytganda tasviriy faoliyat maktabgacha
yoshdagi bolalarni har
tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar
yasash va applikatsiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo’lib, ularning asosiy vazifasi-
tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda
irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo’yib, o’shani
bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o’rtoqlariga yordamlashish kabi
xususiyatlar tarbiyalanadi. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida
bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o’sadi va bu orqali maktabda o’qishga
tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog’lanadilar, ularning
o’ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini,
o’xshashligini aniqlaydilar, bu esa,
bolalarni sensor tarbiyalashga, ko’rgazmali,
obrazli fikr yuritishga imkon beradi.
Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o’z hayotida,
jamiyatda bulayotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo’ladilar,
xayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-
boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo’yib, o’shani bajarishga tomon
intilish, qiyinchiliklarni engish, o’rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar
tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga birbiriga yordam, kelishib
ishlash kabi sifatlari ishni baholash jarayonida, ularda o’rtoqlarining ishga nisbatan
real munosabatda bo’lish, to’g’ri
baxolash, o’z ishidan va o’rtoqlarining ishidan
xursand bo’lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.
Xullas, har bir soha ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga katta
ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi. Agar har bir tarbiyachi rasm chizishni
bilganda edi, ular dars berish jarayonida
yuksak samaralarga erishardi, dars
mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish ham tarbiyalanuvchi uchun juda oson va yengil
bo‘lardi, hatto o‘zlashtirmovchi bolaning bo‘lishi ancha qiyin bo‘lardi. Shularga
ko‘ra bugungi maktabchag yoshdagi bolalarga badiiy bilim va malaka berishga
katta e’tibor berilmoqda.