Bolaga rasm chizishni o’rgatishning ahamiyati




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana24.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#251929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RASM CHIZISHNI O’RGATISH

 
1.2. Bolaga rasm chizishni o’rgatishning ahamiyati 
Pediatrlarning fikricha, sog‘lom bola deb yaxshi o‘ynaydigan, yaxshi 
gapiradigan va yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o‘yin kabi rasm 
bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o‘z ichki 
kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini 
yaratib berish lozim. Rasm orqali bola o‘z xursandchiligi va xafagarchiligini, 
qo‘rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. 


12 
Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo‘lmaydi, agar bola chizishni istamasa
demak unda ma’lum bir psixologik stress mavjud. Bolaning nima chizayotgani 
uning yoshiga bog‘liq ekan. Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish 
harakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu 
tomonga chekinish mumkin.
-
12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va 
ma’nosiz zigzaglar; 
-
2 yosh - vertikal chiziqlar;
-
2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;
-
3 yosh - doira, quyosh;
-
3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;
-
4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo‘lgan narsalarni chizishga harakat 
qiladi;
-
5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;
-
6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog‘cha. 
Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqichga ajratadilar:

2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan 
boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko‘zi chizayotganini kuzatadi, qo‘llari 
qog‘ozga yopishgan holatda bo‘ladi. Keyinchalik qo‘li bo‘shashib erkinroq harakat 
qila boshlaydi.

2 yoshdan 3 yoshgacha - o‘ylab topish. Bola o‘zi bilmagan holda bir nimalar 
chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o‘z rasmlariga nom beradi.

3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatdan 
o‘ylab to‘qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi. 

4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko‘rganidek emas, 
u haqda bilganidek chizadi. Ya’ni uy chizsa, ko‘rib turgan uy binosinigina emas, 
balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.

10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning 
chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni 


13 
haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma’lum bir qoida asosida ishlatishni 
boshlaydi. 
Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi? 
Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo‘lmaydi, 
chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta’sir 
ko‘rsatadi, demakki u o‘z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning 
rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola 
chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo‘lmaydi, u shunchaki 
o‘zini ichki tuyg‘ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno 
holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo‘lishi mumkin, ammo bu juda 
ham kam uchraydigan holat. Rasm orqali:
1. Bolani aqliy rivojlanishi aniqlanadi: bola chizayotgan narsasi o‘rtacha 
normal ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi va uning rivojlanish darajasi ko‘rinadi; 
2. Bolaning psixologik holati aniqlanadi: psixologik holati zaif bo‘lgan 
bolalar chizishni istamaydi yoki chizgan buyumlari qayta-qayta chizilaveradi;
3. Bolaning kayfiyati aniqlanadi: bola tanlayotgan ranglar, shakllar, ularning 
katta kichikligi bolaning ichki kechinmalariga baho beradi.
Masalan, xafa yoki kasal bo‘lgan bolalar to‘q ranglarni ishlatishni yaxshi 
ko‘radi. Bolaga rasm chizish nima uchun kerak? Rasm darslari tufayli boladagi 
nafaqat tasavvuri rivojlanadi, shuningdek undagi ko‘rish, sezish, his qilish, mushak 
tizimlari kabi barcha harakat organlari ishga tushadi. Shu bilan birgalikda boladagi 
xotira, diqqat e’tiborni jamlay olish xislatlari kuchayadi. Rangtasvir bolani buyumlar 
hajmi, shakli rang tusi jihatidan bir–biridan farqini topish, kompozitsiyani his qilish, 
tuzish, fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatadi. Uning bu yutuqlari boshqa umumta’lim 
fanlarini o‘zlashtirishida o‘z aksini topadi. Chizishga bo‘lgan hohish har bir bolada 
bo‘ladi, lekin bu hohish ish jarayonida asta–sekin shakllanib, ijodiy jarayonga 
nisbatan qiziqishga aylanib boradi. 
CHizish bilan asosan 5 yoshdan boshlab shug‘ullanishi juda foydali, aynan 
shu yoshlarda boladagi fantaziya va tasavvur qilish qobiliyatlari nisbatan yaxshi 
rivojlanish vaqti hisoblanadi. Shuning uchun keyinchalik farzandlarimizning hayoti 


14 
har xil ranglar va taasurotlarga boy bo‘lishi uchun aynan shu davrda bolani har 
tomonlama rivojlantirish imkoni ko‘proq! Kelajagimiz mevalari bo‘lgan har bir yosh 
uchun kerak bo‘ladigan – ko‘rish xotirasi miyaning tasvirdagi detallarni esda saqlab 
qolish qobiliyati hisoblanadi. Buni har bir bolada tinimsiz rivojlantirib borish zarur. 
Bog‘chadagi mashg‘ulotlar jarayoni va mashg‘ulotdan tashqari paytlardagi ota-ona 
bu qobiliyatlarini rivojlantirib borish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Bu jarayonni ayniqsa 
to‘garak mashg‘ulotlarida qo‘llash samaraliroq bo‘ladi. Chunki darsdan tashqari 
paytlardagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar soni maktab yoki kollejlardagi (sinfda 
kamida 25 o‘quvchi bo‘ladigan) darslarga nisbatan kamroq bo‘lib, bu o‘quvchilar 
bilan individual holda erkin ishlash imkoniyati bor. Shuning uchun biz boladagi 
ko‘rish xotirasini aynan mana shu ijodiy to‘garaklardagi mashg‘ulotlar jarayonida 
qanday rivojlantirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Kamchilik o‘quvchilar bilan 
shug‘ullaniladigan to‘garak mashg‘ulotlarida shu mavzuga mos mashqlar o‘tkazish 
mumkin. Birinchi variant; Bu mashqlarni ikki yoki uch o‘quvchi ishtirokida bajarish 
mumkin. Agar guruhda ko‘pchilik bo‘ladigan bo‘lsa ham buning echimini topish 
mumkin. Bu holda auditoriyaning bir qismida asosiy guruhga xalaqit bermaydigan 
holda alohida yana bir natyurmort qo‘yiladi. Guruhdan 2 yoki uch o‘quvchi tanlab 
olinadi. Bunda o‘quvchilar bir-birining ishlarini ko‘rmaydigan sharoitda, bir biriga 
qarama qarshi holatda joylashishadi, agar uch kishi bo‘ladigan bo‘lsa “P” harfi 
shaklida joylashib o‘tirishadi. Oldindan o‘quvchilar ishtirokisiz tuzilgan va ularga 
ko‘rinmaydigan qilib bekitib qo‘yilgan natyurmortni ochishdan avval bu vazifaning 
maqsad va vazifalarini tushuntirib o‘tamiz. Ularga qo‘yilgan natyurmortga 30 
soniya butun diqqatingizni jalb qilib qarashi va bunda albatta kompozitsiyaning 
qanday joylashganligi, undagi har bir buyumning o‘rni, o‘zaro nisbatlarini eslab 
qolishga harakat qilishi so‘raladi. O‘quvchilar natyurmortga yaxshilab qarab 
olgandan so‘ng natyurmortni yana bekitamiz va o‘quvchi kuzatgan kompozitsiyani 
hayolan chizishga kirishadi. Bu mashqlarda ulardan natyurmortdagi buyumlarning 
shakli va o‘zaro joylashishini tezkor qalam chizgilar yordamida tasvirlash talab 
qilinadi. 


15 
Mashq ketma-ket uch marta (har doim yangi qog‘ozlarda) qaytariladi. Mashq 
oxirigacha bolalardagi yutuq toboro o‘sib borganini kuzatamiz. Ikkinchi variant; bu 
erda ham o‘quvchilar birinchi variantda bo‘lgandek joylashadilar. Qo‘yilgan 
natyurmortni qog‘ozga chizib olinadi, keyin natyurmortni ularga ko‘rinmaydigan 
qilib bekitamiz va yangi qog‘oz olib kompozitsiyani eslash qobiliyatlarini ishga 
solib, tasavvur asosida natyurmortni qaytadan chizish so‘raladi.
Ma’lum vaqt o‘tib kompozitsiyaning birinchi bosqichi tugab, kompozitsiya 
qog‘ozga joylashtirilgandan so‘ng natyurmort yana ochiladi va o‘quvchilar 
joylashtirishdagi o‘z xatolarini tushunib etishadi. Keyin ishning ikkinchi bosqichida 
natyurmortdagi soya-yorug‘ va tus nisbatlariga ishlash so‘raladi va mashq avvalgi 
bosqichda bo‘lgani singari davom ettiriladi. Bu hol natyurmortni tugatish bosqichiga 
qadar bir necha bor takrorlanadi. Bu erda avvalgi mashqdan farqi faqat bitta 
qog‘ozda boshlanib shu qog‘ozda oxirigacha bitiriladi. Har bir bosqichda 
o‘quvchilar bu mashqlarni bajarish natijasida ulardagi ko‘rish xotirasining 
yaxshilanib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolaga rasm chizishni o’rgatishning ahamiyati

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish