Kurs ishning maqsadi
: maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga
o’rgatishning noan’anaviy usullarini tavsiflashdir. Kurs ishi maqsadiga muvofiq biz
quyidagi vazifalarni hal qildik:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o’rgatish metodikasini
o’rganish;
2. Bolalarni hayvonlarni chizishga o’rgatish mazmunining xususiyatlarini
aniqlash;
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan hayvonlarni chizishning
noan’anaviy usullarini tavsiflash;
4. Hayvonlarni chizishga o’rgatish uchun darslarni rejalashtirish
xususiyatlarini tahlil qilish;
5. An’anaviy bo’lmagan usullardan foydalangan holda tasviriy faoliyat uchun
dars rejasini ishlab chiqish.
Kurs ishining nazariy asosi maktabgacha yoshdagi bolalarni O.N. Zelenova,
N.V. Shaydurova, G.N. Davydova, I.A. Likova., M.G. Smirnova, Yu.V. Ruzanov.
Kurs ishining uslubiy asosini tahlil qilish, olingan bilimlarni tizimlashtirish,
hodisalarni tavsiflash usullari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi:
kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar yig’indisidan iborat.
5
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TASVIRIY
FAOLIYATGA O’RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatishning
vazifalari
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu tasviriy faoliyat
turlari bo’lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi.
Masalan: yozuvchining she’ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab
yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy
faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta
predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib
chiqish, uni shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylanishi, rangini bilish kerak
bo’ladi. Bu jarayonida ko’rish, sezish, qo’l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi.
Bolalar predmet va xodisalarni kuzatish va ko’rib chiqish jarayonida bolalar
pryedmetni katta-kichik guruhlarga bo’lish, uni shaklini o’zgartirish, rangini turli-
tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdyek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli
xil material (qog’oz, myel, bo’yoqlar) bilan ularning o’ziga hos xususiyatlari, ular
bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarni aqlan o’sishiga sabab
bo’ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (taxlil,
sintez, taqqoslash umumlashtirish) ni rivojlanishga imkon beradi, bu o’z navbatida
bolalarni oqilona o’sishiga olib keladi.
Bu jarayonida bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga
oshirishda tasviriy faoliyatining ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan
uzviy bog’lanadilar, ularning o’ziga hos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi
bilan tanishadilar, ularni farqini, o’xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor
tarbiyalashga, ko’rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat
bolalarni ahloqiy tarbiyalaydi. Chunki, bolalar o’z ishlarida bizning hayotimizda,
jamiyatda bo’layotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo’ladilar,
hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-
boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo’yib, o’shani bajarishga tomon
intilish, qiyinchiliklarni yengish, o’rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar
6
tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib
ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni
o’rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo’lish to’g’ri baholash, o’z ishidan
va o’rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy
faoliyat-bu bolalarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat
qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko’nikmalarini o’stirish,
tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba’zi bolalarda emas, balki, har bir
bolada.
Tasviriy faoliyat bolalarga esetik tarbiya berishning asosiy, vositasi
hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda
joylashishini ajratish bu estetik sezgini bo’laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik
sezgining rivojlanishi-bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan
bog’liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa, yoki aks etsa u
shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo’ladi.
Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga
nisbatan estetik baho berishga o’rganadilar. Ularda tasviriy san’at asarlarini
tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg’uni, munosabatni tarbiyalaydi.
Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy ijodiy o’stirishda muhim rol egallaydi.
Bolaning badiiy ijodiy o’sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz
yaratishda zarur bo’lgan malaka, ko’nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan:
tabiatga yoki istirohat bog’iga sayr, ko’z faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi
bolalarni predmet yoki tevarak atrofni ko’zatiishda kelib chiquvchi estetik his-
tuyg’u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to’g’ri baho berish, vatanga
nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o’z ishini yana ham
chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular ko’rganda quvonadigan
qilib yaratish-bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi.
Rasm, loy, qurish materialllari bo’yicha bilim, malakalarini egallash maktabda
tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos
bo’ladi. Ularni o’quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uniig
7
ko’rsatmalarini bajarishga o’rgatadi. Oldiga qo’yilgan vazifani hal etishda, uning
asosiy va muhim hal etish yo’llarini-izlab topish bu o’quv faoliyatning asosiy
sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o’z ishini nazorat qilib borish,
maktabda vazifalarni bajarida ham rol o’ynaydi. Shuningdek bola tasviriy faoliyat
jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda: qiziqishga
xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsad sari intilish, tartibli holda
shug’ullanish va shu kabilar.. Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan
malakalar bolalarni maktab hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatishda
rasm asosiy o’rin egallaydi va uchta turni o’z ichiga oladi:
•
Alohida predmetlarni chizish.
•
Mazmunli rasm chizish.
•
Dekorativ rasm chizish.
Tasviriy faoliyatga o’rgatishning asosiy vazifasi-tevarak-atrofdagi borliqni
tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq,
estetik go’zallik hissini tarbiyalamoq, hamda tasvirlab berish usullarini
o’rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi-ma’lum bir
yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini
yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.
Psixologlarning qilgan tadqiqotlariga ko’ra bitta predmetni boshqa predmetlar
orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishda predmetning
shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllarni tasvirlash jarayonidagi xatoliklar
faqatgina bolaning noto’g’ri tushunchalari va ko’nikmalarning yetarli emasligi
emas, balki predmetni to’g’ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning
tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib
tasvirlash kabi qiyinchiliklari ham turadi. Rasmda shakl to’g’ri kontur bilan
chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to’g’ri
aniq chizish va konturlarni (aniqlash) tasviriy, rasmda ishlash jarayonining vazifasi
bo’lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo’lsa, konturni to’g’ri chiziq
bilan chizib bo’lmaydi, chunki u har doim o’zgaruvchan, shunga qarab uni chizish
8
ham o’zgaradi, ya’ni nitijasi, rasmning oxiri yo’nalishi ham o’zgaruvchandir.
Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog’ozda
belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga
tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur
qila olmaydi. Unga predmetni asta sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq.
Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. oldin bitta bo’lagini tanlab,
naturadagi keyingi bo’lagini eslab yoki ko’rib shu bo’lagini bo’lakka bo’lib, rasm
chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini
qog’ozga tushurib chizishni o’rgatish zarur, chunki rasmni bo’laklarga ajratib
chizishning o’ziga hos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo’laklari va
ikkinchi darajali bo’laklarning o’zaro joylashishlari va fazodagi o’rinlarini aniq
proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo’ladi.
Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o’rgatishning asosiy
umumiy vazifalari quyidagilar:
1.
Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini
o’zaro proporsiyalashni ko’rsatib berishga, harakat natijasida ularda o’zgarishlarda
o’rgatish.
2.
Tasvirlashni obrazli yorqin qiladigan ba’zi bir harakterli detallarni
tasvirlashga o’rgatish.
3.
predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o’zaro
birlashtirib berishga o’rgatish.
4.
Bo’yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik
ko’nikmalarni rivojlantirish.
Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar guruhida rasm chizish
malakasining xosil bo’lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya tashklilotlarida
rasm chizishga o’rgatish 3 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy
faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va
qog’oz ustida yuritishga o’rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni
to’g’ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to’g’ri ushlashga odatlantiradi,
bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning uchi bilan qog’oz
9
betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to’g’ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi,
qog’oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin
murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog’oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko’rib
xursand bo’ladi. Shuning uchun bu davr ‘Ala-buji’ davr deyiladi. Bu davr bolada
tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta’sir ko’rsatadi. Bu guruhda maktabgacha
ta’lim-tarbiya dasturi guruhiy mashg’ulotlarni talab qilmasada, agar bolalar
xoxlashsa ularni stol atrofiga o’tirib rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.
Bu davrga kelib, nutqi o’sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan
mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan
harakatlarini kuzatishga o’rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarni
turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o’xshatishga o’rgatadi. Bolalarga savollar
bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding deb bolani chizgan ishini qaysi predmetga
o’xshashligini aniqlaydigan ko’plab savollar beradi. Bola harakati ixtiyorsiz bo’ladi.
Hamma bolalar bir vaqtda o’z harakati natijasida hosil bo’lgan ishida predmet
o’rtasidagi o’xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatni o’sishi o’z-o’zidan nutqini
rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ular tarbiyachi ko’rsatishimiz ishlarida oddiy predmet
va xodisalarni tasvir etadi. Masalan: Yomg’ir yog’ayapti, qor yog’ayapti, barglar
uchayapti, daryoda suv oqmoqda va boshqalar. 3yilda asta-sekin bolalarda ranglarga
qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib uni predmetga o’xshatadilar.
Masalan: uncha katta bo’lmagan qog’oz betiga qizil bo’yoqda bo’lib, “men gul
chizdim” deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini
chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va
qizil, yashil, ko’k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o’rgatiladi. “Quyosh”,
“ko’m-ko’k o’tlar”, “gullar”. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4
mashg’ulotdan keyin bo’yoqdan foydalanib bo’yaydi, undan foydalanishni
o’rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo’yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin.
Masalan: Barglar daraxtlardan to’kilayapti, “uyda chiroqlar yoqildi”. Yilning 2-
yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetni oddiy tasviriyga o’rgatadi. Tarbiyachi shar
chizadi, bolalarni, tarbiyachi koptok chizadi-bolalar yo’l. Yilning 2-yarmiga bolalar
bilan mashg’ulot uyushtirib, uni (mo’yqalam qo’yib olish) qo’g’irchoqni ko’ylagini
10
yoki dastro’molcha va qo’lqopni dog’lar bilan bezashga o’rgatiladi. Bu yoshdagi
bolalarni tasvirlashga o’rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
Tarbiyachining badiiy so’zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan
narsani obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan: quyosh to’g’risida
shunday she’r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1
kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo’llaniladi. Tarbiyachi
katta qog’oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi. (mo’yqalamni
tikka qog’ozga qo’yish usuli bilan). Bunday mashg’ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar
guruhi bilan uyushtirish mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg’ulotlar
uyushtirish mumkin. Masalan: bolalarga rasmlar berib, unda nimalar
tasvirlanganligini kabi o’yinlar o’tkazish mumkin. Masalan: quyosh, bayroqcha,
gullar tasvirlangan bo’lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga
tarbiyachi yordam byeradi. Tarbiyachi bolalar ishini taxlil qilib ularning ishlarining
xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o’rtasidagi o’xshashlikni ko’rsatib beradi.
Kichik yosh guruhidagi bolalar (3-4 yoshli bolalar) psixolog jihatdan
rivojlanadi, turmush tajribalari o’sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm
bo’yicha mashg’ulot olib borganda bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini
orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni
qiziqtiradi. Rasm bo’yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og’zaki
ko’rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko’rsatib bergan usullarini bajarishga
o’rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o’yin faoliyatiga
o’tish bilan ajralib turadi. Masalan: doirachalar chizib, uni ichini qalam bilan urib
chiqib, uni qush don cho’qiyapti dyeb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang
tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi.
Bolalar tasvirlash jarayonida so’z bilan ifodalashga o’rganadilar. Rasmda tasvirlay
olmagan voqealarni so’z bilan to’ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faollik o’sadi.
Tarbiyachi bolalarga mashg’ulotda olgan bilim va ko’nikmalardan mustaqil
foydalanish imkoniyatini tug’diradi. Bolalar turli shakldagi predmetlarni
tasvirlashga o’rgatiladi, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va turli
yo’nalishdagi chiziqlar to’plamidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarni
11
shaklini to’g’ri tasvirlashga o’rgatish uchun bolalarni qo’llarini shakliy harakat
qilishga o’rgatish lozim. Bolalarni predmet shakli bilan qo’lning shakl harakatlari
o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga
o’rgatishdan oldin, uni mashg’ulot oldidan ko’rib chiqadi.(ya’ni kuzatish olib
boradi). Bolalar jonu-dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa
munchoqlarni tasvirlaydilar. To’g’ri to’rtburchak shaklini tasvirlashga bolalar bu
guruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2 yarmida beriladi. Bolalar
archa, daraxt tursa yiqilmas qo’g’irchoq, aravachani tasvirlaydi. Ranglarni qizil,
sariq, ko’k, yashil, qora, oqlarni bilishga o’rgatiladi. Shuningdek, rang
aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg’aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin.
Bu guruh bolalarini ranglarni to’g’ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo
tarbiyachi asta-sekin predmetlarni rang tusini xaqqoniy tasvirlashga o’rgatib borishi
kerak. Masalan:Ko’m-ko’k o’tlar o’smoqda, o’tlarda sap-sariq jo’jalar o’tlab
yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalarning mazmun jihatidan juda sust bo’ladi,
ya’ni ishlar mazmuni asosan so’zda ifodalaniladi. Masalan: mashina chizib, so’z
bilan mazmun beradi, u bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib elyapti. Mashg’ulot
davomida bolalar bir turdagi predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o’rganadilar.
Bu esa bolalarni texnik ko’nikmalarini mustaxkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda
tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi
vazifalar berishi mumkin. Masalan: o’t ustida yurgan jo’jalar yonida don yoki turli
chuvalchanglarni chizishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan
ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o’rgatib borish lozim.
|