16
II BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING TURLI
GURUHIDAGI BOLALARNI RASM CHIZISHGA O’RGATISH
2.1. Kichik va o’rta guruhda rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va
vazifalari
Hayotni 3-4 yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni
ham bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini biladilar. Ular o’zlari
chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o’xshatib
chizadilar. pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o’xshash belgilarini
topishga urinishni rag’batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni
to’g’ri tasvirga o’rgatib borish zarur.
Bu yoshda tasviriy faoliyatni o’rgatish vazifalari bir rejaga qo’yilgan.
•
Sodda predmetlarni asosiy belgilari (rang, shakl) byerib, turli xil to’g’ri
va aylanasimon shakllarini tasvirlashga o’rgatish.
•
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni
rivojlantirish;
•
Kompozitsion
ko’nikmalarni,
qog’ozni
o’rtasiga
tasvirlarni
joylashtirshni rivojlantirish.
•
Texnik ko’nikmalarni o’zlashtirish.
Bu guruhda to’g’ri va egri chiziqlarni to’g’ri chizishga o’rgatish birinchi
vazifa bo’lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o’ngga, tepadan pastga,
kesishgan chiziqni chizishga o’rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo’lakcha,
qalam, yomg’ir shaklida chizish mumkin. kichik guruh bolalariga bir xil shakldan
(qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta
aylana va birgina to’g’ri chiziqdan iborat) bo’lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki
uch yoshli bolaning taxlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu
guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo’lgan predmetni, masalan,
(quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik
murakkablashsa rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar
rasmda aniq predmetlarni tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni
17
o’rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyi, yashil rang archa va
boshqalar.
O’rta guruhda guruhda o’rgatishning vazifalari quyidagilar:
-
To’g’ri to’rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarni tasvirlash
ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o’rgatish.
-
Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o’rgatish.
-
Qog’oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvini
bilishda rivojlantirish. Rasmni qalam va bo’yoq bilan bo’yashda texnik
ko’nikmalarni mustahkamlash.
Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmetning qismlarini tasvirlash
o’rgatiladi. (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha
proporsional joylashgan qismlarni tasvirlash o’rgatiladi. Bu alohida qismlarni o’zaro
solishtirish va taxlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama
joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasviri qiyin bo’lgan ob’yektni odamni
rasmini chizish mashg’ulotlarga kiritiladi. Odamni chizishdan oldin bolalar
soddaroq shakllarni qorbobo, nevolyashka, matryeshka, qo’g’irchoqlarini chizish
edi. Katta guruhda rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda
bolalarni tasviriy va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini tasvirlash turli
usullardan foydalanib chizishga o’rgatiladi.
Quyidagi vazifalar bor:
•
Predmetning shaklini uning byelgilarini hajmini va qismlarining
joylashishini o’rgatishni davom ettirish.
•
Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o’rgatish.
•
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
•
Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo’yoqlar, mo’yqalam
harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko’nikmalarni rivojlantirish.
•
Rangli bo’rlar, ko’mirlar, akvarel bo’yoq bilan chizish usullarini
o’rgatish.
Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetni o’xshash va farqli tomonlarini
tasvirlash va topishga o’rganadilar. Masalan, 2ta turli olmalar shakli va rangi bilan
18
farqlanadi, yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy bo’lgan
dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy spyektr ranglari bilan tanishib,
rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o’rganadilar. Bolalar
rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini
chizib olish uchun foydalanadilar.
Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan
taassurotlarini ifodalashga o’rgatishdir. Mazmunli rasm-bu bir nyecha mazmunning
ma’lum rangda tasvirlanishini tushuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo’yicha rasm
chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o’rab turgan tevarak-
atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan ‘Biz
shanbalikda’ va ‘Kech kuz’ rasmlari bunga misol bo’la oladi. Bolalar bilan olib
boriladigan bunday mashg’ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam
byeradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
•
Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, shuning uchun mazmunli
rasm chizish o’rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta
predmetni tasviriy o’rgatiladi. mazmunni tasvirlashda predmetlarning bir-biridan
ajratish uchun uning razmerini, fazodagi o’rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki
kichikligini o’rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi
fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni,
bog’chada o’rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:
•
Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o’rgatish.
•
Ob’yektlar orasidagi o’zaro aloqani tasvirlashga o’rgatish.
•
Ob’yektlar orasidagi proporцional joylashuvni tasvirlashga va ularning
fazodagi o’rinlarini ko’rsatishga o’rgatish.
O’rta guruh bolalariga rasm mashg’ulotlari asosan yil boshidan o’ta
boshlanadi, sababi kichik guruh bolalariga qaraganda ular ma’lum mazmun asosida
lo’nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish
malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko’rsatish mashqlari bilan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
•
Mazmuni jihatdan bir-biriga o’xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.
19
•
Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini odamlarning
ko’rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko’rinishini faqat yon tomondan bir
yo’lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan: ‘Bolalarnig qishki o’yinlari’.
O’rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og’zaki nutqini o’stirish
bilan ularni o’rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
•
‘Qizcha uy atrofida o’ynayapti’.
•
‘Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar’.
•
‘Bo’g’irsoq’, ‘Chipor tovuq’.
O’rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo’nalishda chizishlaridan
tashqari bir varaqni to’ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi.
Ma’lum narsani ko’rib tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy
qobiliyati rivojlanadi, o’sib boradi. Har bir mashg’ulot bolalarning aqliy, estetik
ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo’ladi. Bu
mashg’ulotlarni o’tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi,
shunda ularning og’zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har-xil mavzularda rasm chiza
olish ko’nikmalari rivojlanadi.Bolalarida rasm chizish ko’nikmasi asosan og’zaki
nutq orqali amalga oshiriladi. Masalan: bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, unga
kichik ertak ham to’qishi mumkin. Ma’lum maqsadli rasm bolaga
ko’rsatilayotganda aniq maqsadga ega bo’lishi kyerak. Bola ko’rsatilayotgan rasmni
aniq ko’rib chiza oladi, lekin uni yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin.
Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko’rsatib quyidagilarga alohida e’tibor
berishlarini eslatish kerak. Masalan: predmetlarning proporsional, simmetrik
joylanganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali
bolalarda taxlil-sintez usulidan foydalanish muximdir. Yuqorida qayd qilinganidek,
quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
•
Mavzuning mazmuni aniq bo’lishiga;
•
Ob’yektlar orasidagi bog’lanishga;
20
•
Ma’lum maqsadga yo’naltirilgan mavzu bo’lishiga e’tibor byerish
kyerak.
Bu yoshdagi bolalarga rangli qog’ozlar byerilib maqsad aytiladi. Masalan,
bola ko’k rangda-o’tlarni, havo rangda-suv, sariq rangda-qum ko’rinishida tasvirlay
oladilar. Masalan, ‘Baliqlar suzyapti’, ‘Jo’jalar o’t ustida o’ynayaptilar’ ni
ko’rsatish. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir
predmet yoki jismni ko’rsatib uning varaq ustida joylanishini so’roqlar byergan
holda suxbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta
tarbiyachining bilimdonligi katta maxorat talab qiladi. Bolalarning bir yarim yilda
chizishgan rasmlari o’lchovlari asosan bir xil bola chizgan rasmlarini past va
balandligini ko’rsatish va farqini tushuntirish lozimdir. To’rt yoshli bolalarda rasm
chizish ko’nikmalari o’sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan
holda taqlid qilib rasm chizishga urina boshlaydilar. Hoh ota-ona, hoh tarbiyachi
bola tomonidan chizilgan rasmlarni bola oldida baxolashi kerak. Bolalar
o’rtoqlarining chizgan rasmlarini yaxshi, yomon va xatolarini ko’rsatishlari kerak.
Quyidagi vazifalari bor:
•
Bir-biriga mazmunan bog’liq 2-3 ta predmetni tasvirlashga o’rgatish.
• Kompozitsion qobiliyatlarni o’stirish (1 ta chiziqda bir nechta
predmetni joylashtirish yoki yonma-yon yoki butun varaqda osmon va yerni
chizish).
Bolalarga beriladigan mavzular qiyin emas: uy, uyning yonida daraxti
o’syapti, skameyka turibdi; uy yoki daraxt yonida qizcha sayr qilib yuribdi, o’tloqda
jo’jalar sayr qilishyapti; o’t, gullar, quyosh nur sochyapti. Bu rasmlarda mazmunli
rivojlanishni bolalar ko’rsatishmaydi. Bolalar 2-3 predmetni yonma-yon chizishadi.
ular orasida hech qanday harakat bog’lanmagan.
|