• Annotatsiya
  • Kalit s o‘ zlar
  •   TALABALARNING MUSIQIY FAOLIYATIDA MUSTAQIL




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

     


    285 
    TALABALARNING MUSIQIY FAOLIYATIDA MUSTAQIL 
    ISHLARNI TASHKIL ETISHDAGI O‘ZIGA XOS 
    XUSUSIYATLAR 
    Mirshayev Ulug‘bek Muzafarovich 
    Buxoro davlat universiteti Musiqa ijrochiligi va 
    madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi 
    Annotatsiya:
     Maqolada talabalarri musiqa fanlaridan mustaqil ta’lim olishi uchun o‘z 
    ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasining shakllanmaganligi, axborot-resurs markazlarida o‘quv 
    adabiyotlari va internet manbalaridan foydalanish darajasining pastligi, cholg‘u asboblarida ijro 
    etish, vokal, xorda kuylash mahorati yetishmasligi, musiqiy savodxonligi yetarli darajada 
    bo‘lmaganligi natijasida mustaqil ravishda musiqiy asarlarni o‘rganishdagi muammolar, ularni 
    anglash va badiiy ijro etish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarining yetishmasligi to‘g‘risida fikrlar 
    bayon etilgan.
    Kalit s
    o‘
    zlar:
    mustaqil ta’lim, o‘z ustida ishlash, kredit-modul, ijodkorlik, kreativlik, 
    kasbiy kompetentlik, ko‘nikma va malakalar; intellektual o‘rganuvchanlik qobiliyati. 
    So‘nggi 
    yillarda 
    mamlakatimizda 
    ta’lim 
    tizimini 
    yanada 
    takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar pedagog kadrlar 
    tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, 
    yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, o‘qitish metodlari va 
    baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni 
    yetishtirib berish zarurligini talab etmoqda. 
    Bugungi 
    kunda 
    dunyoning 
    rivojlangan 
    mamlakatlarida 
    qo‘llanilayotgan ta’lim dasturlarining mamlakatimiz ta’lim talablariga
    moslashtirib joriy etish orqali istiqbol cho‘qqilariga olib chiqish masalasi - 
    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ta’lim tizimini rivojlantirish 
    masalalarini hukumat tomonidan belgilanib, yuksak talablar asosida 
    muhokama etilishi uning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. Jumladan, 
    2020-yil 23-sentabrdagi 637-sonli O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim
    to‘g‘risidagi qonunining 15-moddasida ta’lim olish shakllaridan kunduzgi, 
    sirtqi, kechki ta’lim shakllari bilan bir qatorda masofaviy ta’lim, dual 
    ta’lim hamda mustaqil ta’lim shaklini ham joriy etish maqsadga muvofiq, 
    deb topilgan. 
    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-
    son qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim 
    muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich Yevropa tizimi 
    (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida 
    ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etila boshlandi. 
    Kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 
    magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejasi va fan 


    286 
    dasturlari takomillashtirildi. Talabaning muayyan fandan tegishli 
    kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini 
    o‘zlashtirish zarurligi yuzaga keldi. Shunga ko‘ra o‘quv yuklamaning 
    bakalavriatda 50 - 60% mustaqil ish soatiga bo‘lib berilganligi ta’lim 
    berishga bo‘lgan qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab etdi. 
    M’lumki, musiqa sohasida talabalarga barcha ta’lim shakllari 
    bo‘yicha muayyan DTS, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari 
    asosida bilim berib boriladi. Musiqa sohasining qaysi ta’lim yo‘nalishi 
    bo‘lishidan qat’iy nazar, yo‘nalishlarning o‘quv rejalarida auditoriya 
    soatlaridan tashqari talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun ajratilgan 
    soatlar ham o‘rin egallaydi. Namunaviy fan dasturlarida esa mustaqil 
    ta’lim mavzulari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Har bir professor-o‘qituvchi 
    o‘quv reja hamda fan dasturi asosida mustaqil ta’lim soatlari va mavzulari 
    fanning ishchi o‘quv dasturiga kiritadi hamda shu asosida o‘qituvchi 
    o‘zining o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqadi.
    Musiqa ta’limi amaliyotida professor-o‘qituvchilar tomomnidan 
    ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tilmoqda ammo, 
    ko‘pgina hollarda mustaqil ta’lim bo‘yicha talabalarga topshiriq berilmay 
    kelinmoqda. Mustaqil ta’limni bajarish bo‘yicha talab faqat fanning ishchi 
    dasturi doirasida-gina bo‘lib, namunaviy dasturda berilgan o‘quv 
    materiallari bajarilmasdan qolmoqda. Bajarilgan holatda ham faqat bitta 
    referat yoki taqdimot tayyorlab berish, cholg‘u asbobida musiqa asarini ijro 
    etib berish, qo‘shiq kuylab berish bilan cheklanilmoqda. Bu esa 
    tayyorlanayotgan kadrlarning musiqiy bilim saviyasining sifat jihatdan 
    pasayishiga olib kelmoqda. Natijada talabalarning o‘quv materiallari 
    bo‘yicha fikrlash doirasi tor holatda shakllanish bilan cheklanib qolmoqda. 
    Ularda musiqa san’ati sohasidagi izlanuvchanlik va ijodkorlikning so‘nib 
    ketishi, o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasining shakllanmaganligi, 
    axborot-resurs markazida o‘quv adabiyotlari va internet manbalaridan 
    foydalanish darajasining pastligi musiqa soasi mutaxassislarini xavotirga 
    solib kelmoqda. 
    Olim M.S.Muxitdinovaning fikriga ko‘ra “Hozirgi zamon musiqa 
    ta’limi tizimi mutaxassisida avvalambor kelajakda pedagogik jarayon 
    subyekti bo‘lishiga imkon beradigan fazilat va xususiyatlarni loyihalash va 
    shakllantirish lozimdir.”[1] Bunga uning musiqiy-kasbiy kompetentligini 
    belgilovchi professonal bilim, ko‘nikma va malakalari; intellektual 
    o‘rganuvchanlik qobiliyati; aqliy mehnat qila olishi; ruhiy barqarorligi; 
    kreativlilik qobiliyatlari va hamkorlik, jamoaviy-tashkiliy, birgalikda, 
    hamnafas 
    faoliyat 
    yuritish 
    qobiliyatlari 
    misola 
    bo‘ladi. 
    Bu 
    komponentlarning yaxlitligi va rivojlanganligi mutaxassisning professional 
    mobillik darajasini belgilaydi. Bitiruvchining kelajakda kim bo‘lishi, 
    musiqa sohasi ijrochisimi yoki pedagogmi, tayyorgarligi qay daraja va 


    287 
    qaysi yoshdagi bolalar kategoriyasi bilan ishlaydi, bularning hammasi 
    loyihalashtirish paytida juda muhim. Natijada, talabaning hayotdagi 
    maqsadi va keyingi faoliyat rejalarini aniqlash uning kasbiy 
    tayyorgarligiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Amaliyotda esa aksariyat talabalarda musiqa cholg‘u asboblarida 
    ijro etish, vokal, xorda kuylash mahorati yetishmaydi. Bunga sabab hozirgi 
    vaqtda ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarida cholg‘u ijrochiligi, vokal 
    ijrochiligi, dirijyorlik va boshqa ixtisoslik fanlarida ta’lim berish guruh yoki 
    kichik guruh shaklida amalga oshirilib borilayotganligidir. Bu vaziyat 
    talabalarda cholg‘u asboblarida ijro etish, dirijyorlik, xorda kuylash, 
    qo‘shiq o‘rgatish metodikasi mahoratining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. 
    Talabalarning musiqa fanlaridan berilgan vazifalarni bajarishi kerakligini 
    inobatga oladigan bo‘lsak, musiqiy ijro mahoratini oshirish uchun talaba 
    o‘z ustida ko‘proq ishlashi, topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishi 
    kerak. Lekin talabalarning hammasi ham musiqa fanlaridan, jumladan, 
    cholg‘u asbobida musiqa asarini ijro etish, vokal-xor malakalarini 
    rivojlantirish, dirijyorlik xatti-harakatlarini o‘zlashtirib olish bo‘yicha 
    mustaqil ta’lim olish yo‘llarini bilmaydilar yoki vaqtlarini rejasiz 
    sarflaydilar, natijada berilgan topshiriqlarni bajarmasdan darslarga 
    keladilar. Bu muammo ustida ko‘pgina professor-o‘qituvchilar bosh 
    qotirmoqda va o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Jumladan, ta’kidlash 
    o‘rinliki, musiqiy fanlardan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha ayrim ilmiy 
    izlanishlar amalga oshirilib, metodik qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma va 
    tavsiyanomalar ham nashr etilgan. Biroq, shunga qaramay, cholg‘uda ijro 
    etish, xorda kuylash, vokal-xor malakalari, dirijyorlik, umuman olganda 
    musiqiy savodxonlik darajasi ko‘pgina talabalarda past. Bu holatni 
    hozirda o‘qib turgan talabalar faoliyatida, shuningdek, o‘qishni tugatib o‘z 
    kasbi bo‘yicha ishlab turgan yosh o‘qituvchilar faoliyatida ko‘rish mumkin. 
    Bunday kamchiliklarni namoyon bo‘layotgaligini turli sabablari bor. 
    Nazarimizda asosiy sababalardan biri - talabalar o‘quv auditoriyasidagi 
    mashg‘ulotlar 
    jarayonida
    yuqori
    darajadagi 
    bilimni 
    to‘liq 
    olmayotganligidir. Buni amalga oshirishda mustaqil ta’lim jarayoni 
    cholg‘u asbobida mustaqil mashq qilish, musiqiy savodxonlikni 
    rivojlantirishda bilimni to‘ldiruvchi, malakani rivojlantiruvchi rolini o‘tashi 
    kerak. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      TALABALARNING MUSIQIY FAOLIYATIDA MUSTAQIL

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish