|
V. Fan о‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
|
bet | 8/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 74,24 Kb. | | #246428 |
Bog'liq Mat model fan dasturi 2023-2024(1)3.
|
V. Fan о‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni о‘zlashtirish natijasida talaba:
Matematik modellashtirish va sonli usullar nazariyasi, modellarga qo‘yiladigan talablar, matematik modellarni qurish bosqichlari, matematik dasturlash masalalari va ularni yechish usullari, optimallashtirish masalalari va uning yechishning sonli usullari, matematik model ustida o'tkaziladigan nazariy va amaliy tadqiqotlami o‘tkazish, xatoliklar nazariyasi, algebraning sonli usullari, chiziqli va chiziqsiz algebraik tenglamalar sistemasini tahlil etish va uning yechimlarini topishning sonli usullari, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar qurish tasavvurga ega bо‘lishi;
Sodda matematik modellarni tuzish, matematik model qurishda ishchi gepotezalami qabul qilish, ob’ekt haqida axborot yig‘ish, ob’ektida to‘plangan ma’lumotlami sistemalashtirish, transport masalasining matematik modelini tuzish va optimal yechimini topish, tadbiqiy programmalar paketi ishlata bilish, qo‘yilgan masalani yechishning samarali sonli usullarini topish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak;
Modellashtirishda tabiat qonunlarini va boshqa printsiplami qo‘llash, bir va kо‘p о‘zgaruvchili funksiya hosilalari yordamida jarayonlarni tahlil qilish, masalalarni differensial tenglamalar yordamida tahlil qilish va yechish, qishloq xо‘jaligidagi masalalarning sonli matematik modellarini tuzish, masalalarni standart dastur yordamida yechish, jarayonlarini korrelyatsion va regression tahlil qilish, masalalami modellashtirishning matematik apparatini va ularni kompyuterda amalga oshirish, matematik modellashtirish natijalarini tahlil qila olish malakalariga ega bо‘lishi kerak.
|
|
|
| |