O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

A rx iv la sh
Kompyuter bilan keng ko’ lamda foydalanuvchi uchun kompyuterdagi 
yig’ilgan ma’ lumot juda ham tez ravishda kompyuteming o’zidan qimmatroq 
bo’ lib qolishi mumkin. Yirik korxonalar kompyuterdagi biron-bir m a’ lumotni 
yo’qotishi korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Shu sababli har doim 
kompyuterdagi ma’ lumotlarni arxiv nusxasini saqlash, imkoniyat bo’ isa arxiv 
nusxaning o’zining ham nusxasini saqlash tafsiya qilinadi. Bunda albatta bitta 
disketaning tannarxi kompyuter va unga y ig ’ ilgan ma’lumotlaming tannarxidan 
solishtirib bo’ lmas darajada kam.
Arxivlash - bu sizning kompyuteringizdagi ma’ lumotdan nusxa olishdir. 
Agarda siz qattiq diskdagi ma’ lumotni tasodifan yoki boshqa bir sabab bilan 
yo’qotsangiz arxiv nusxa yordamida tiklab olishingiz mumkin.
Katta korxonalarda kompyuterdagi ma’ lumotni saqlanishiga javob beruvchi 
yetakchi mutaxassis tayinlanadi va u o ’z qaramog’ idagi ma’ lumotlaming 
nusxasini olish, ma’ lumotni tiklash va zarur bo’ lmagan ma’lumotlami y o ’qotish 
bilan shug’ullanadi. Agarda korxonada m a’lumot saqlanishiga javob beruvchi 
shaxs bo’ isa, unga qo’yidagi savollam i berish va qoniqarli javob olsangiz 
kompyuterga yozgan ma’ lumotingiz uchun qayg’ urmasangiz ham bo’ ladi. Bu 
savollar quyidagilar:
-Sizning kompyuteringizdagi ma’ lumotlar arxivlanadimi?
-Arxivlash qancha vaqt oralig’ ida am alga oshiriladi?
-Sizni qiziqtiradigan fayllaming barchasi arxivlanadimi?
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanadigan ma’lumotlami qancha vaql 
oralig’ida arxivlash kerak, savoliga yagona javob topish qiyin. Bunda ko’p 
omillar hisobga olinadi. Bular: m a’ lumot hajmi, ma’ lumot qiymati, global 
tarmoqdan ma’lumot almashish chastotasi, almashiladigan ma’ lumot hajmi, 
global tarmoq kompyuteridan sizning kompyuteringizdagi ma’ lumotlaming 
himoyalanish darajasi va shu kabi parametrlarga bog’ liq bo’ ladi.
Ushbu qo’ llanmadan foydalanuvchini albatta fayllami qancha vaqt o ralig’ida 
arxivlash kerak, degan savol qiziqtiradi. Biz bu savolga aniq javob bera 
olmaymiz. Siz yillab kompyuterdan foydalanib, biron marotaba ham faylni 
yo’qotmasligingiz mumkin. Ayrim hollarda esa bir kunda bir necha bor faylni
175


y o ’qotishingiz mumkin. Fayllarni arxivlash oralig’ i albatta fayl hajmi va uning 
tannarxiga ham bog’ liq bo’ladi. Masalan, yillab qilingan mehnat evaziga 
erishilgan ma’ lumotni foydalanuvchi bir necha nusxada arxivlab qo’ysa kerak.
Arxiv nusxani saqlashda magnit lenta (bizda ko’p tarqalmagan), disketa, 
kompakt disk yoki qo’shimcha qattiq diskdan foydalaniladi. Fayllami 
arxivlashda turli usullardan foydalanish mumkin. Masalan, arxivlanadigan 
fayllar nomi keltirilib (turli kataloglarda joylashgan bo’ lsa ham), UNIX 
tizimining buyrug’i bajarilsa, u holdatizim ningo’zi bu fayllarni bir joyga yig’ ib, 
arxivlab qo’yadi. Faylni arxivlashda uni aniqlaydigan to’ liq yoki qisqa yo’ l 
tanlash muhim ahamiyatga ega. Agar faylni arxivlaganda siz ildiz katalogdan 
boshlab to’liq yo’lni bersangiz fayl tiklangarida u aynan o’zining joyiga yoziladi. 
Aksincha agarda siz faylni jo riy katalogga nisbatan olib yo’ lni to’ liq 
ko’rsatmasangiz tiklangan fayl boshqa jo yga ham yozilib qolishi mumkin. UNIX 
tizim i arxivlash jarayoni haqidagi to’ liq ma’ lumotni ekranga chiqarib beradi.
Agar arxivlash jarayonida arxivlanayotgan fayl(lar) disketaga sig’masa, 
tizim qo’shimcha disketa talab qiladi. Bunda foydalanuvchi qurilmadan 
disketani olib, o’miga yangi disketa qo’yishi kerak. Arxivlanayotgan fayl(lar) 
hajm iga qarab foydalanuvchi bir necha bor yangi disketa qo’yishi ham mumkin. 
Arxivda fayl nomi yozilgan har bir disketa tom deyiladi.
Boshqa tizimlardan farqli UNIX da avvaldan rejalashtirilgan fayllami 
arxivlash imkoniyatlari bor. Foydalanuvchi tizimga arxivlash kerak bo’lgan fayl 
nomlari va arxivlash vaqtini beradi (masalan, 10 mart, 20 mart va 30 mart) 
ko’ rsatilgan vaqt kelganda, tizimning o’zi avtomatik tarzda ko’rsatilgan fayllami 
arxivlab qo’yadi. Arxivlash vaqtida foydalanuvchi kompyuterda boshqa 
masalalami hal qilayotgan bo’ lishi ham mumkin. Jarayon muvaffaqiyatli tugashi 
uchun albatta arxiv nusxa yoziladigan muhit hajmi yetarli bo’ lishi kerak, aks 
holda tizim qo’shimcha disketa talab qilishi mumkin.
Bundan tashqari tizimda inkrement arxivlash usuli ham ko’zda tutilgan. 
Inkrement arxivlash usulida tizim ko’rsatilagan vaqtda faqat o’zgartirish 
kiritilgan fayllami arxivlaydi.
Tizimda fayl(lar)ni tanlov asosida tiklash imkoniyati bor. Faylni tiklash 
buyrug’ ida foydalanuvchi faqat tiklash kerak bo’lgan fayl(lar) nomini keltiradi 
va tizim umumiy arxiv nusxadan faqat keltirilgan fayl(lar)ni aniqlab ularni 
tiklaydi.

Download 13,59 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish