|
O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi Pdf ko'rish
|
bet | 30/154 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 13,59 Mb. | | #157869 |
Bog'liq ek 718 -86Virtual xotirani boshqarish. AT tarkibiga virtual (fariziy) xotiraga ishlov
beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xoti-
ra. Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko’p bo’ladi. Bunday usulni
tanlab olish sabablari, birinchidan, xotiraning har bir manzilni tanlash bo’lsa,
ikkinchidan real operativ xotiraning tannarxi birmuncha qimmatligidandir. Shuni
eslatib o ’tish kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik
xotiraga ishlov berishga nisbatan ko’proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-
varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi
uchun o’z manzili mavjud bo’ladi. Bu manziilar ketma-ketligi ulaming ko’rinishi
va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo’ladi. Virtual xotiraning real manzili
hisoblanganda, varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsienti qo’shiladi. Shu
sababli, manziilar chalkashligining oldi olinadi. Ya’ni, agarda biz bir necha
nomdagi ko’chani ko’rsak, har bir ko’chada 13-uy mavjud bo’lsa, har bir 13- uy
manzili turlicha bo’ladi, chunki ko’chalar nomi turli.
Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish
virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan birmuncha murakkabroq. Buning
asosiy sababi ulaming hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo’l-
gan shahardan barclia 13 chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat
shahardagi barcha 13chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli,
tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi.
Manzil bevosita varaq koeffitsienti qo’shilishi bilan aniqlanadi va real manzil-
dagi ma’lumotlar tanlanadi.
Berilganlarning saqlanishi:
Ketma-ket, agar foydalaniladigan ma’lumotlar xotirada ketma-ket joy-
lashgan bo’lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan ma’lumotlami olish
uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli ma’lumotlar ketma-ket
tanlab olinadi.
Indeksli, ma’lumotiaming navbatdagi qismi tugagandan so’ng, o’zinig
davomi qayerdan joylashganligi haqidagi ma’lumot bevosita berilganlardan
keyin joylashgan bo’ladi va bu malumot tahlil qilinib berilganlarning davomi
ko’rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.
|
| |