• Ko’p masalali holat
  • Paket holati
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




    Download 13,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/154
    Sana16.02.2024
    Hajmi13,59 Mb.
    #157869
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
    Bog'liq
    ek 718 -86

    Bir dasturli holat - kompyuteming barcha resurslari faqat bir dasturga 
    xizmat qiladi.
    Ko’p dasturli holat(multidastur) - AT bir vaqtning o’zida bir biriga 
    bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar 
    o ’rtasida o ’zaro taqsimlanadi. Multidastur holati markaziy protsessor ish vaqti 
    bilan "periferiya" qurilmalari ishini ta ’minlashdan iborat. Bu usulning bit 
    dasturli holatidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala 
    yechilishini tezlatishdir.
    Ko’p masalali holat - multimasala holati bir vaqtning o’zida bir necha 
    masalaning parallel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning 
    natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham 
    mumkin. AT echilayotgan masalalami bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi 
    va nazorat qilib boradi. Ko’p dasturli holatdan (dasturlar orasida vaqtni 
    taqsimlash prinsipi) farqli bu yerda barcha masalalar bo’yicha parallel ish lash 
    ko’zda tutilgan. Ko’p masalali holat faqat multitizimda (bir necha protsessor) 
    tashkil qilinadi.
    AT kompyuter va foydalanuvchi o ’rtasidagi vositachi hisoblanadi. AT 
    foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov AT 
    tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko’rinishida bo’ladi. AT so’rovlami 
    turli holatlarda bajarishi mumkin, shu sababli AT ni quyidagi turlarga bo’lish 
    mumkin:
    - paket holati tizimi;
    - vaqtni taqsimlash tizimi;
    - real vaqt tizimi;
    - muloqot tizimi.
    Paket holati - bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi tizim, ya’ni bir yoki 
    bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlami bajaruvchi tizim. 
    Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so’ng foydalanuvchi bilan uning 
    masalasi o ’rtasida muloqot qilish taqiqlangan. Bunday AT bir dasturli yoki ko’p 
    dasturli holatlarda ishlashi mumkin.

    Download 13,59 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




    Download 13,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

    Download 13,59 Mb.
    Pdf ko'rish