Algoritmlarning turlari Algoritmlami asesan 3 turga bo’lish mumkin:
1) Chiziqli algoritmlar (3.1-Rasm. a));
2) Tarmoqlanuvchi algoritmlar(3.1-Rasm. b));
3) Takrorlanuvchi algoritmlar(3.1-Rasm. v)).
Chiziqli algoritmlar Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va
jarayonlar tartib bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda
hisoblashlar yoki amallar ketma-kctligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib
quyidagi forrnulalar bo’yicha hisoblashlami keltirish mumkin:
c
a ' h u
S = — -; b = s • n . 2 a)
b)
v)
3.I.-Rasm. Algoritmlaming turlari Tarmoqlanuvchi algoritmlar Biror shartning bajarilishi bilan bog’liq ravishda tuziladigan algoritmlarga
tarmoqlanuvchi algoritmlar dcyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar hisoblashlar
ketma-ketligini aniqlaydigan shartlami o ’z ichiga oladi. Blok-tuzim ko’rinishida
bu shuni bildiradiki, biok-tuzimda hech bo’lmaganda bitta romb ishtirok etadi.
Masalan: ko’chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan
sharbatli yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so’mlik «jetón»
tashlashimizga bog’liqdir. Yuqorida keltirilgan «Svetofor» algoritmi ham
tarmoqlanuvchi algoritmga misoldir.
1-misol. Yqmax(a,b).
Agar a>b shart bajarilsa, u holda a maksimum, aks holda b maksimum
bo’ladi.
39
2-misol. Yqmin(a,b).
Bu yerda agar a>b shart bajarilsa u hotda b, aks holda a minimum
bo’ladi.
3-misol.
Í x , а г а р p > 0
У - I x 1= \ [ - x , - // — p < 0 Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar. Ma’lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz
beradigan jarayonlar ham ko’plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir
xilda takrorlanib kelishi, har haftada bo’ladigan darslaming kunlar bo’yicha
takrorlanishi va hokazo.
Demak, takrorlanuvchi
algoritmlar deb shunday
algoritmlarga
aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta
takrorlanadi, bu ketma-ketlik tarmoqlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Bundan
chiziqii va tarmoqlanuvchi algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlaming xususiy
holi ekanligi kelib chiqadi.
40
Bu masala yechishning blok-tuzim ko’rinishidagi algoritmi quyidagi
ko’rinishda bo’ladi: