O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

s = ^
.
2
3. Algoritmning ja d v a l ko’rinishida berilishi.
Algoritmning bu ko’rinishida tasvirlanishidan ham ko’p foydalaniladi. 
Masalan: to’rt xonalik matematik jadvallar yoki turli lotoreya jadvallari. Funk- 
siyalaming grafiklarini chizishda ham algoritmning qiymatlar jadvali ko’rinish- 
laridan foydalanamiz.
4. Algoritmning d a s tu r shaklida ifodalanishi.
Millionlab kompyuterlaming keng tarqalib ketishi algoritmlaming dastur 
tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Sababi shun- 
daki, kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.
Dasturdagi buyruqlar kompyuter-ijrochiga tushunarli bo’lishi shart. Beriladi­
gan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo’lishi yoki shu tilga 
taijima qilib berilishi kerak. Hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va 
yangilari yaratilmoqda. Jumladan, Beysik, Paskal, Si va hokazo kabi dasturlash 
tillari bunga misol bo’ladi.
5. A lgoritm lam ing grafik (blok-tuzim) shaklida tasvirlanishi.
Algoritmning blok-tuzim ko’rinishidagi tasvirida geometrik figurafer shaklida-
gi oddiy elementlardan foydalaniladi. Nisbatan murakkab masalalami yechishda 
algoritmdan muayyan EHM tilidagi dasturga o’tish juda qiyin. Bunday bevosita 
o’tishda algoritmning alohida qismlari orasidagi bog’lanish yo’qoladi, algo­
ritm tarkibining asosiy va muhim bo’lmagan qismlarini farqlash qiyin bo’lib
36


qoladi. Bunday sharoitda keyinchalik aniqlash va to’g’rilash ancha vaqt talab 
qiladigan xatolarga osongina yo’l qo’yish mumkin. Odatda algoritm bir necha 
marta ishlab chiqiladi, ba’/an xatolami to ’g ’rilash, algoritm tarkibini aniqlash- 
tirish va tekshirish uchun bir necha marta orqaga qaytishga to’g’ri kcladi. 
Algoritm ishlab chiqishrving birinchi bosqichida algoritmni yozishning eng qulay 
usuli algoritmni blok-tuzim ko’rinishda ifodalashdir.
Algoritm blok-tuzimi berilgan algoritmni amalga oshirishdagi amallar ketma- 
ketligining oddiy lildagi tasvirlash elementlari bilan to’ldirilgan grafik tasviridir. 
Algoritmni har bir qadami blok-tuzimda biror bir geometrik shakl - blok (blok 
simvoli) bilan aks ettiriladi. Bunda bajariladigan amallar turiga ko’ra turlicha 
bo’lgan bloklarga GOST bo’yicha tasvirlanadigan turli xil geometrik shakllar - 
to’g’ri to’rtburchak, romb, parallelogramm, doira, oval va hokazolar mos keladi. 
Algoritm blok-tuzimlarini qurish qoidalaci GOST 19.002-80 da(xalqaro standar) 
ISO 2636-73 ga mos keladi) qat'iy belgilab berilgan. GOST 19.003 -80(iSO
1028-73ga mos) algoritm va dasturlar blok-tuzimlarida qo’llaniladigan simvollar 
ro’yxatini, bu simvollaming shakli va o ’lchamlarini, shuningdek ular bilan 
tasvirlanadigan 
funksiyalami 
(amallami) 
belgilaydi. 
Quyidagi jadvalda 
algoritmlar blok-tuzimirii ifodalashda ko’p q o ’llaniladigan blok (simvol)lári 
keltirilgan va ularga tushuntirishlar berilgan.
Yo’naltiruvchi chiziq, blok-tuzimdagi harakatning boshqaruvini belgilaydi.
Blok-tuzim ichida hisoblashlaming tegishli bosqichlari ko’rsatiladi. Shu 
yerda har bir simvol batafsil tushuntiriladi.
Har bir blok o ’z raqamiga ega bo’ladi. U tepadagi chap burchakka chiziqni 
uzib yozib qo’yiladi. Blok-luzimdagi grafik simvollar hisoblash jarayonining 
rivojlanish yo’nalishini ko’rsátuvchi chiziqlar bilan birlashtiriladi. B a’zan 
chiziqlar oldida ushbu yo’nalish qanday sharoitda tanlanganligi yozib qo’yiladi. 
Axborot oqimining asosiy yo’nalishi tepadan pastga va chapdan o’ngga ketadi. 
Bu hollarda chiziqlarni ko’rsatmasa ham bo’ladi, boshqa hollarda albatta 
chiziqlami qo’llash majburiydir. Blokka nisbatan oqim chizig’i kiruvchi yoki 
chiquvchi bo’lishi mumkin. Blok uchun kiruvchi chiziqlar soni chegaralan- 
magan. Chiquvchi chiziq esa mantiqiy bloklardan boshqa hollarda faqat bitta 
bo’ladi. Mantiqiy bloklar ikki va undan ortiq oqim chizig’iga ega bo’ladi. 
Ulardan har bin mantiqiy shart tekshirishining mumkin bo’lgan natijalarga mos 
keladi.
O’zaro kesiladigan chiziqlar soni ko’p bo’lganda va yo’nalishlari k o ’p 
o’zgarganda tuzimdagi ko’rgazmalik yo’qoladi. Bunday hollarda axborot oqimi 
chizig’i uzishga yo’l qo’yiladi, uzilgan chiziq uchlariga "birlashtiruvchi" belgisi 
qo’yiladi. Agar uzilish bitta sahifa ichida bo’lsa, O belgisi ishlatilib, ichiga ikki 
tarafga ham bir xil harf-raqam belgisi qo’yiladi. Agar tuzim bir necha sahifaga 
joylansa, bir sahifadan boshqasiga o’tish "sahifalararo bog’lanish" belgisi 
ishlatiládi.
37


^ - ^ Ñ o n i i
Belgilanishi
Bajaradigan vazifasi
1
2
3
Jarayon
Bir yoki bir nechta amallami bajarilishi 
natijasida malumotning qiymati yoki 
shaklini o’zgartirish
Qaror
Biron bir shartga bog’lig ravishda 
algoritmni bajarilish yo’nalishini tanlash
Shakl
o’zgartirish
Dastumi o’zgartiruvchi buyruq yoki 
buyruqlar turkurnini o’zgartirish amalini 
bajarish
Avval
aniqlangan
jarayon
Oldindan ishlab chiqilgan dastur yoki 
algoritmdan foydalanish
Kiritish-
chiqarish
Axborotlami 
qayta ishlash mumkin 
bo’lgan shaklga o ’tkazish (kiritish) yoki 
olingan natijalami tasvirlash (chiqarish)
Displey
EHMga ulangan displeydan axborotlami 
kiritish yoki chiqarish
Hujjat
Axborotlami qog’ozga chiqarish 
Yoki qog’ozdan kiritish
Axborotlar 
oqimi chizig’i
Bloklar orasidagi bog’lanishlarni 
tasvirlash
Bog’lagich
Uzilib qolgan axborot oqimlarini ulash 
belgisi
Bosh lash 
-
To’xtatish
Axborotni qayta ishlashni boshlash, 
vaqtincha 
to’xtatish 
yoki 
to’xtatib 
qo’yish
Izoh
Bloklarga 
tegishli 
turli 
xildagi 
tushuntirishlar
Bunda axborot uzatilayotgan sahifadagi blokga qaysi sahifa va blokka borishi 
yoziladi, qabul qilinayotgan sahifada esa qaysi sahifa va blokdan kelishi 
yoziladi.
Blok-tuzimlar ko’rinishidagi algoritmlafni qurishda quyidagi qoidalarga 
rioya qilish kerak. Parallel chiziqlar orasidagi masofa 3 mm dan kam 
bo’lmasligi, boshqa simvollar orasidagi masofa 5 mmdan kam bo’lmasligi 
kerak. Bloklarda quyidagi o’lchamlar qabul qilingan: bo’yi-a=10,15,20; eni- 
b=l,5*a. Agar tuzim kattalashtiriladigan bo’Isa, a ni 5 ga karrali qilib oshiriladi.
38



Download 13,59 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish