O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

Algoritmning asosiy xossalari
1. Diskretlilik. 
Bu 
xossaning 
mazmuni-algoritmlami 
doimo chckli 
qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha 
aytganda, uni chckli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-kelligi shaklida ifoda- 
lash munikin. Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda 
yaqqol ko’rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan 
iborat qilib bo’laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo’lmaydi.
2. Tushimarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo’lavermaydi. 
Choy damlashni yoki boshqa ishlami bajarishni faqat odamga emas, balki 
robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning 
uchun tushunarli bo’lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara 
olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham 
mumkin.
Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar yoki 
buyruqlar birikmasi mavjud bo’lib, u ijrochining ko’rsatmalar tizimi dcyiladi. 
Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko’rsatma ijrochining 
ko’rsatmalar tizimiga tegishli bo’lishi kerak.
K.o’rsatmalami ijrochining ko’rsatmalar tizim iga tegishli bo’ladigan qilib 
ifodalay olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a’lochi 
o’quvchisi «son kvadratga oshirilsin» degan ko’rsatmani tushunmasligi natijasi- 
da bajara olmaydi. Lekin «son o ’zini o ’ziga ko’paylirilsin» shaklidagi ko’rsat­
mani bemalol bajaradi. Sababi, u ko’rsatma mazmunidan ko’paytirish amalini 
bajarish kerakligini anglaydi.
3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko'rsatm alar aniq mazmunda bo’lishi 
kerak. Chunki, ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib 
kelmaydi.
Odam uchun tushunarli bo’lgan «3-4 marta silkitilsin», «5-10 daqiqa 
qizdirilsin», «1-2 qoshiq solinsin», «tenglamalardan biri yechilsin» kabi noaniq 
ko’rsatmalar robot yoki kompyutemi qiyin ahvolga solib qo’yadi. Bundan 
tashqari, ko’rsatmalaming qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim aha­
miyatga ega. Demak, ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko’rsatil- 
gan tartibda bajarilishi shart ekan.
4. Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalaming bar- 
chasi uchun ham o’rinli bo’lishi kerak. Ya’ni, masaiadagi boshlang’ich ma’lu- 
motlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, algoritm shu xildagi har qanday 
masalani yechishga yaroqlidir. Masalan, ikki oddiy kasm ing umumiy maxrajini 
topish algoritmi, kasrlarni turlicha o’zgartirib berilganda ham, ulaming umumiy 
maxrajlarini aniqlab beraveradi.
35


5. 
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin, albatta 
natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir natijaga olib 
kelishi kerak. Chekli qadamdan keyin qo’yilgan masala yechimga ega 
emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko’rilayotgan jarayon cheksiz 
davom etib natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz.
A lgoritm ning tavsiflash usullari 
'
Algoritmning berilish usullari xilma-xildir. Hozir ulaming eng ko’p uchray- 
diganlari bilan tanishamiz. Algoritmlami quyidagi ko’rinishlarda tasvirlash 
mumkin:
1. Algoritm ning so ’z orqali berilishi. ßunda ijrochi uchun beriladigan har 
bir ko’rsatma so’zlar orqali buyruq mazmunida beriladi(yuqorida keltirilgan 
misollarga e’tibor bering).
2. Algoritm ning 
fo rm u lalar 
yordam ida 
berilishi. 
Algoritmning 
formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo va boshqa aniq 
fanlami o’rganishda ko’proq foydalaniladi. Masalan: uchburchakning yuzini 
uning asosi va balandligi bo’yicha hisoblash formulasi

Download 13,59 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish