O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

Vaqtni taqsimlash - bir vaqtning o ’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat 
qilish mumkin va foydalanuvchiga o ’z masalasi bilan muloqot qilish imkonini 
beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, protsessor vaqti va boshqa resurslami turli
46


foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan 
erishiladi. AT kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil 
qiladi va har biriga navbat asosida protsessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. 
Birinchi topshiriqni bajargandan so’ng, AT uni navbatning oxiriga olib borib 
qo’yadi va ikkinchi masalaga xi/m at qiladi va h. z. Har bir masalaga xizmat 
qilish vaqti AT parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi ATni tashkil 
qilish jarayonida bu vaqt birligini o ’zgartirishi mumkin.
Real vaqt - tizim berilgan real vaqt oralig’ida topshiriqni bajarilishini 
ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o ’tishiga 
ham ohang bo’lishi kerak. Kompyutcr bunday AT bilan odatda bir dasturli 
holatda ishlaydi.
Muloqot amalivot ti/im i - yakka foydalanuvchi uchun mo’ljallangan 
bo’lib, kompyuter bilan muloqotning qulay ko’rinishini ta’minlaydi. AT odatda 
bir dasturli holatda ishlaydi.
Uzilishga ishlov beruvehi modul AT tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan 
biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi. Uzilishga 
ishlov beruvehi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan 
ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dastur- 
lardan iborat bo’lib fayl tizimi ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va 
shu bilan tirg a maxsus holatlarni tahlil qilishni ta’minlaydi. Amaliy dasturdan 
bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov beruvehi modul 
bajariladigan amallar parametrini oladi, uni tahlil qiladi va holatni ko’rinishiga 
qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil qiladi.
B uyruq protsessori funksiyalari quyidagilardan iborat:
-Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul va sintaktik analiz 
qilish;
-AT ichki buyruqlarini bajarish;
-AT tashqi buyruq (dastur) va foydalanuvchining amaliy dasturlarini 
yuklash va bajarish;
Buyruq protsessori tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar ichki büyruqlar 
deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi 
buyruqlami tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq protsessori 
diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga 
yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlami bunday usulda taqsimlanishi 
operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi.
Amaliy dasturlami ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek 
amalga oshiriladi. Buyruq protsessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish 
ham yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi ATni yuklagandan so’ng avtomatik 
tarzda bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat 
beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foydalanuvchi ehtiyojiga qarab 
tizimli dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq protsessori berilgan satrda 
yozilgan berilganlarni ketma-ket o ’qiydi va tahlil qiladi. Berilganlar buyruq,
47


tamg’a yoki izohdan iborat bo’lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron 
bir dasturga murojaat qiluvchi buyruq bo’lsa, buyruq fayl ishini to’xtatib turiladi 
va chaqirilgan dastur bajariladi. Dastur o ’z ishini yakunlagandan so’ng buyruq 
fayl o ’z ishini davom ettiradi.
Buyruq protsessori xotiraga yuklanganda ikki, doimo xotirada saqlanadigan 
rezedenl va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan norezedent qismga 
bo’linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq protsessorining norezedent qismini 
o’chirib yuborishi mumkin. Bu dastur o’z ishini yakunlaganda boshqaruv hat 
doim buyruq protsessorining rezedent qismiga uzatiladi va u tizim diskidan 
yuklash orqali buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi. AT aynan shu 
ko’rinishda tashkil qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bo’lmasa 
yoki u umuman bo’lmasa tizimli yumshoq disk bo’lishi shart va u ishga tayyor 
holatda bo’lishi kerak. AT normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki 
yumshoq disk o’miga operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan 
foydalanish mumkin.
AT tashqi buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida 
bajariladi. Ixtiyoriy AT ga turli amallarni bajarishga mo’ljallangan o’nlab 
dasturlar kiritilgan. Masalan, barcha ATlarga kiritilgan kurilma drayveri defc 
nomlanadigan maxsus rezedent dasturlar kiritish-chiqarish tizimini to’ldirish 
uchun qo’llaniladi. Drayverlar q o ’shimcha tashqi qurilmalami yoki mavjud 
qurilmalarni nostandart ishlatilishini ta’minlab beradi. Real AT loyihalanganda 
fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga to’liq javob bera olmasa 
maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish 
mumkin.
Mavjud AT ning bir-biridan farqi "tizim darajasi" bilan aniqlanadi. Ya’ni 
oydin turdagi kompyuter uchun mos AT qurish (ko’chirish) bilan aniqlanadi. 
Bunda AT tannarxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar. 
berilganlami ichki ko’rinishi bilan birga AT tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga 
bog’liq bo’ladi. Qaralayotgan AT laming farqini faqat professional (tizimli) 
dastumigina farqlay oladi. Odatda oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar 
sezilmaydi. Bunday farqlar xotira hajmi, berilganlarga ishlov berish vaqti, tizim 
imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Tizimda bajariluvchi dastur jarayonni tashkil qiladi. Jarayon - bu 
holatlaming yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va 
fayllar bilan bog’liq bo’ladi. Fayl - berilganlar va dasturiy bo’lishi mumkin. 
Jarayonda qatnashgan har bir fizik resurs albatta mavjud bo’lishi shart. Yangi 
jarayonni tashkil qilishda eski jarayondan nusxa olish yo’li bilan ham tashkil 
qilish mumkin, bu holatda yangi jarayon tugallanishi eski jarayon orqali ham 
amalga oshirilishi mumkin. Har bir jarayon o’z jarayonini yangi jarayon bilan 
almashtirib boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin.
Ritchi va Tompson (1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan 
muhit - holat deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog’liq bo’lgan
48


ma’lumotlar, ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga 
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifikatorlar foydalanuvchi uchun 
ochiq deb hisoblanadi. Jarayonni bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga 
qo’shimcha ma’lumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni 
aytish kerakki barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud 
emas. Bunday holal jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi. Bunday 
jarayonlarga foydalanuvchi aralashuvi maxsus tizimli buyruqlar asosida amalga 
oshirilishi rnumkin. Jarayon - bu loyihaning bajarilishi. Tizimda jarayonga 
ko’makchi jarayonlar mavjud bo’ladi.
Tizimdagi ko’pgina jarayonlar kutish holatiga o’tishi m a’lumotlami kiritish 
va chiqarish yoki biron bir bir tizimli funksiyani bajarilishini kutish bilan bog’- 
liq bo’ladi. Har bir real tizimda bir vaqtda mavjud bo’lgan jarayonlar chegara- 
langan. Bu holat ko’proq kompyutcrning real fizik imkoniyatlaridan kelib 
chiqadi.
M a’lum otlar scgmentiga foydalanuvchi berilganlami kiritishi mumkin va 
bu segment boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan. Foydalanuvchi bu 
oraliqni dasturiy usul bilan kengaytirishi yoki qisqartirishi rnumkin. Ma’lumot­
lar segmenti hajmi ATda qabul qilingan oraliq bilan aniqlanadi yoki real foyda­
lanuvchi ehtiyojiga qarab tashkil qilinadi. Xotira chegaralanganligi sababli 
ATdan foydalanuvchi ehtiyojini to ’liq qondira olmasligi ham rnumkin.
Bo’linmas stek oqim segm enti xotiraning bosh chegarasidan boshlanib 
pastga qarab o’sadi. Bu oraliq avtomatik tarzda zarurat tug’ilsa o ’sishi mumkin. 
Real tizimda stek segmentini boshqa qurilmalarda (masalan virtual tashqi 
xotira) ham tashkil qilish mumkin. AT shunday tashkil qilinishi kerakki, bo’lin­
mas stek segmenti hajmi yctarli bo’lmasa, AT o’z o’mini, tizimni ishonchlilik 
darajasini kamaytirmagan holda, bo’linmas stek scgmentiga bo’shatib berish 
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Tizimdagi har bir jarayonning manzil muhiti 
boshqa jarayonlaming manzil muhitidan farqli. Jarayonlar bilan aloqa maxsus 
dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Jarayonni boshqarish (o ’zgaruvchi, ishga tayyor, ishlovchi va blokirovka 
qilingan holat). Jarayon turli holatda bo’lishi mumkin. Holalni aniqlash AT 
dasturlari yoki foydalanuvchi tomonidan (ayrim hollarda) boshqarilishi ko’zda 
tutilgan.
O ’zgaruvchi holat. Biron-bir ish bajarilishi natijasiga ko’ra hosil bo’ladi- 
gan holat. Holatni turlicha bo’lishi muhitga va real ishlovchi dasturga bog’liq 
bo’ladi. Masalan, ma’lumotlaming turli holatda turlicha taqsimoti bevosita 
jarayonni boshqarishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Lshga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo’lgan fizik 
hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur faqat 
buyruqni kutadi.
Ishlovchi. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerak- 
li resurslami ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori
49


imtiyozli hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bo’lgan resurs uning uchun 
har doim ishga tayyor holatida bo’ladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak 
bo’lgan resurs ishlayotgan dasturga nisbatan yuqoriroq prioritetli dastur bilan 
band bo’lsa ishlovchi dastur kutish holatiga o’tkaziladi. ATning ayrim 
buyruqlari foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori hisoblanadi. 
Albatta ixtiyoriy ATga foydalanuvchi dasturi ishini to’xtatish imkoniyatini 
beradigan buyruq kiritilishi zarur.

Download 13,59 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish