o‘ychan jimlik.
Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan
tinglayotganday
tasavvur
qoldirish
orqali
o‘zingizning
suhbatdan
manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi
ikki jarayon - gapirish va
tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon
qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining
ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada
odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu
boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib,
uning nomi
ijtimoiy psixologik trening
(
IPT
)
deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash,
ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda
shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi
bilimdonligi orta
Demak, amaliy muloqot treningi - IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib,
u yoki bu
professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ
malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Treninglar
mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o‘yinlarning eng optimal variantlari sinab,
mashq qilinadi.