1.5.2.
“SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI”
MAVZUSINING MAZMUN VA MOXIYATI..
Reja:
1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
2. Shaxs iqtidori. Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar
3. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari
4. Xarakter va shaxs.
Shaxs iqtidori. Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar.
Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish
uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga
murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor,
qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf
ko‘radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi
malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror
kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati
uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham
psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog‘lab
o‘rganiladi.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqat nerv tizimsining tuzilishi va
funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va
fiziologik sifatlari singari umumiy genetiga qonunlariga bo‘ysunish farazining
haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi
g‘oyasi qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi,
chunki unda dalilga muhtoj juda ko‘p o‘rinlar mavjuddir. SHuning uchun qobiliyat
tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan-naslga
o‘tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy
tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatining taraqqiyoti
biologik irsiyat qonunlariga bo‘ysunishi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.
YUqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar muayyan
tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki
insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois
qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib