qismini bilishi zarur. Dars jara
ѐnida o‘qituvchi qaysi usulni qo‘llaѐtganini doimo
eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim muammoni hisobga
olishi: - o‘zining hatti-harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishi; - kommunikativ ta’sir
samaradorligini ta’minlashi zarur. Pedagogik faoliyat jara
ѐnidagi muloqotning
quyidagicha tavsiflash mumkin: 1)o‘quvchi-talaba va pedagog muloqoti tizimining
umumiy tuzilishi(muloqotning aniq usuli); 2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi
uchun xos bo‘lgan muloqot tizimi;
3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni echishda namo
ѐn
bo‘ladigan muloqotning vaziyatli tizimi. Pedagog va ta’lim oluvchilarning
ijtimoiy-psixologik ta’sir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha
tushunish mumkin: a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari ; b) pedagog va
tarbiyalanuvchilar
o‘rtasidagi
munosabatlar
tabiati;
v)
pedagogningijodiyindividualligi;
g) o‘quvchi-talabalar jaoasining xususiyatlari.
1
SHuningdek, muloqotning rasmiy va norasmiy turlari mavjud. Agar rasmiy
muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq atvor
normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlari
bilan muloqoti, o‘qituvchining talaba bilan muloqoti va x.k.
Norasmiy muloqot -
bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha
suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, maqsadlari, emotsional munosabatlari bilan
begilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati,
oiladagi suhbat va x.k. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat
odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan
charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar.
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki,
unda shaxslaro
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani
sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular orasida umumiylik,
o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir
qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib
qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni
- bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib
chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz
munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida
emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va
x.k.).
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan
asosiy maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir.
Bu jarayonning
murakkabligi, kerak bo‘lsa, “jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til
1
Кан-Калик.Учителю о педагогическом обшении. 97-бет.
14
topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas.
Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng
samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt
ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol - ahvol so‘radingiz,
lekin
u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni
qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha
odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan
bo‘lardingiz. YA’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir
shaxsning individualligi,
betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma - xilligi
namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi,
muloqotga o‘rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi
fanlarning ham jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi.