Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana25.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#253273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
Aslida har bir 
insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari 
ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi 
mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. SHuning uchun muloqotning shaxs 
taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil 
qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning 
o‘zaro bir- birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-
alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va 
buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan 
kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-ahvol so‘raydi. SHunisi xarakterliki, 
ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu 
kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat 
milliy o‘ziga xoslikka ega. 
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam 
bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni 
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, 
so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni 
ko‘rsatganki, “mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish 
qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini 
topdi. 
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga 
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 
odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat 
o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plab 
15 


tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga 
ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, 
tafakkur, xotira, xissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas
taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli 
faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib 
kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va 
muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, 
xadiksirash, havotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini keltirib 
chiqaradi. SHunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach 
ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan 
narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish 
ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga 
oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, 
bir necha kun o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan 
dialog boshlanadi. “Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik 
mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun 
qayg‘ura boshladim...” 
SHunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi qolaversa, hozirgi yangi 
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda 
emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga 
olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi 
va samaradorlikning muhim omillaridandir. 

Download 0,76 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish