toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘liqdir. SHuning uchun qobiliyatlar
taraqqiyotining uzluksiz ta’lim tizimiga bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tish muhim
ahamiyatga ega.
2
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi
bu sifat
tug‘ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis
haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug‘ma yoki
orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo‘lgan
muammolardan. Psixologiyada tug‘malik alomatlari bor individual sifatlar
layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy
layoqat. Birinchisi odamdagi tug‘ma xususiyatlardan - oliy nerv tizimi
faoliyatining
xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo‘l -
oyoqlarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi
organlari - ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular
nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat - bola tug‘ilishi
bilan uni
o‘ragan muhit, muloqot uslublari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish
uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik
belgisi - bu o‘sha individga aloqador bo‘lib, u bu ikkala layoqat muhitini
tayyoricha qabul qiladi.
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu
ikki xil layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, genial
rassom oilasida
bola tug‘ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug‘ma, genetik belgilar otasi
tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom
bo‘lishini xohlamasligi, o‘ziga o‘hshash qo‘shiqchi bo‘lishini xohlashi mumkin.
Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning
rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo‘q, ijtimoiy layoqat o‘sishi uchun esa tabiiy,
tug‘ma layoqat yo‘q bo‘lgani sababli, bolada hech
qanday talant namoyon
bo‘lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo‘shiqchi bo‘lish bilan cheklanishi
mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug‘ma va orttirilgan belgilarni
o‘rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning
o‘zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish kerak.
Orttirilgan
sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘stirish
borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u
iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari,
erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan
tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. SHuni ham
unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar
shaxs adashib, o‘zidagi
haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, tabiiy, u atrofdagilarga
2
Myers, D. G. Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010. -
Р. 154р.
21
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini
o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
SHuning uchun ham har bir ongli inson o‘zidagi qobiliyat va zehnni ilk
yoshlikdan bilib, o‘sha o‘zi yaxshi ko‘rgan, “yuragi chopgan” ish bilan
shug‘ullansa, va undan
qoniqish olib, qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib,
yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor - insonning o‘z hatti-
harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub’ektiv
munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi mumkin, lekin u har
qanday ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi
fazilatlarga ega bo‘lib, o‘zlari shug‘ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan
bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi o‘ta iste’dodli, lekin kamharakat
kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste’dod
sohibi bo‘lish imkoniyati bor, zero iste’dod - har tomonlama rivojlangan,
nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini
takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni
engish va irodasi butun
imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.