O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

Ishning mazmuni 
1. Mazkur uslub va texnik adabiyotlardan foydalangan holda sovituvchi 
suyuqliq va kiritish quvuridagi havo temperaturasi datchiklari tuzilishi, ishi va 
o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish. 
2. Hisobotni sxemalar, chizmalar bilan to„ldirish va o„rganilgan 
ma'lumotlarni qisqacha konspektlashtirish. 
 
Umumiy ma'lumotlar 
Temperatura O„O„(datchik)lari turli ob'ekt va muhitlar temperaturasini 
o„lchash, nazorat qilish va rostlash uchun muljallangan bo„lib, ishlash prinsiplari 
termometrik moddalar - suyuq, bimetall va metall sterjenlarning ular kiritilgan 


138 
muxit temperaturasi ta'sirida xajmiy yoki chizikdi kengayishiga, o„tkazgich yoki 
yarim o„gkazgichlar elektr qarshiligining o„zgarishiga, yopik jismichidagi gaz
yoki suyuqlik bosimining o„zgarishiga, hamda termoelektrik effekt hodisalariga 
asoslangan.
IYoD sovituvchi suyuqligi temperaturasi datchigi dvigatelning issiqlik 
holatini aniqlash hamda yoqilg„i uzatilishi va o„t oldirish parametrlarining zaruriy 
to„rg„ilanishini ta'minlash uchun mo„ljallangan
9

Datchik kompaund bilan to„ldirilgan yarim o„tkazgichli mikrosxemani 
o„zida mujassamlagan bo„lib, uning chiqish kuchlanishi chiziqli ravishda haroratga 
bog„liq. Avtomobillarda sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi termostatning 
qobig„ida, sovituvchi suyuqlikni silindrlar blokining boshchasidan chiqaruvchi 
patrubkada, havo temperaturasining datchigi esa havo filtirining qobig„ida 
o„rnatiladi. Mikroprotsessorli o„t oldirish tizimi bilan jihozlangan barcha 
avtomobillarda bir hil temperatura datchiklari o„rnatiladi.
Datchikning ichida joylashgan termorezistor qarshilikning manfiy 
temperatura koeffitsientiga ega, ya'ni qiziganda uning qarshiligi pasayadi. Yuqori 
harorat datchikning past qarshiligini (130°S da 70 Om), sovituvchi suyuqlikning 
past temperaturasi esa – yuqori qarshilikni (-40 °S da 100 kOm) keltirib chiqaradi. 
Elektron boshqaruv bloki, ichidagi doimiy qarshilikka ega rezistor orqali 
sovutuvchi suyuqlik temperaturasining datchigiga 5V li muvozanatlangan 
to„yintirish 
kuchlanishini 
uzatadi. 
Kontroller 
sovituvchi 
suyuqlikning 
temperaturasini 
datchikda 
kuchlanishning tushishi bo„yicha hisoblaydi. 
Kuchlanishning tushishi sovuq dvigatelda nisbiy baland, qizitilganda esa past. 
Sovituvchi suyuqlik temperaturasi ko„p hollarda boshqaruvning tavsiflariga ta'sir 
qiladi. Temperatura datchigi (2.12.1-rasm) qobiqdan 2, elektr razyomdan 1, 
termosezuvchi elementdan 3 va zichlagichdan 4 iborat. Qobiqda 3 yarim 
o„tkazgichli rezistor 6 va elektr kontaktlari 5 joylashgan.
9
DentonT. Automotiveelectronics. PublishedbyElsevlerLtd, 2006 / ДентонТ. Автомобильнаяэлектроника /пер. 
сангл. В.М.Александрова. – НТПресс, 2008. – с.410-411. 


139 
 
2.12.1-rasm. Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi: 
a – datchikning tashqi ko„rinishi; b – datchikning kesimi; 
1 – raz'yom; 2 – qobiq; 3 – termosezuvchan element; 4 – zichlagich; 
5 – elektr kontaktlar; 6 – rezistor 
Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi zanjirlarida nosozliklar yuzaga 
kelganda elektron boshqaruv bloke (EBB) ma'lum bir vaqt o„tganidan so„ng 
o„zining xotirasiga kodni kiritib, nosozlik mavjudligi haqida xabar beruvchi 
avtomobilning «Check Engine» chiroqchasini qo„shadi. Mazkur holatda EBB 
datchik signalini dvigatel ishlashi davomida hisoblanadigan harorat qiymati bilan 
almashtiradi. Almashadigan qiymatlar elektron boshqaruv blokining xotirasida 
saqlanadi.
Datchik 1,5 mA doimiy tok bilan to„yitilganda, uning chiqishlaridagi 
kuchlanishning tushishi sovituvchi suyuqlikning (K) temperaturasiga 10 ga 


140 
ko„paytirilgan ravishda sonli (mV) teng. Haroratli rejimlarga ko„ra datchik 
kontaktlari orasidagi qarshilikning qiymatlari 2.12.1-jadvalida keltirilgan. 
2.12.1-jadval. Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi qarshiliklari qiymatlari 
Parametr 
Temperatura, °С 
20 
40 
80 
90 
Qarshilik, Om 
3060 –4045 
1315 –1660 
300 – 370 
210 – 270 
Kiritish quvuridagi temperaturasining datchigi kirayotgan havoning 
temperaturasiga ko„ra yoqilg„ini uzatish va o„t oldirish tizimini to„g„rilash uchun 
mo„ljallangan. U yarim o„tkazgich turidagi bo„lib, kirituvchi truboprovoddagi 
harorat bo„yicha bilvosita aniqlanadigan havoning temperaturasiga ko„ra yoqilg„ini 
uzatish va o„t oldirish tizimini to„g„rilanishini ta'minlash uchun elektron boshqaruv 
blokining signalini shakllantiradi. 
Sovituvchi suyuqlik va havo temperaturasining datchiklari bir hil turdagi 
termik rezistoridan tashkil topadi. Ushbu datchiklar faqatgina qobiqning tuzilishi 
bilan farqlanadi. Sovituvchi suyuqlik va havo temperaturasining datchiklari 
elektron boshqaruv bloke (EBB)ga ikki kontaktli ulagichlar yordamida ulanadi. 
Kiritish quvuridagi datchik havoning temperaturasini ulchaydi. U o„zidan 
metall qobiqni tashkil etib, termik rezistorga ega plastikli uchlikka ega. Elektron 
boshqaruv blokiga uzatiladigan elektronli signal havoning zichligini aniqlash 
uchun absolyutli bosim kattaligi signali bilan birgalikda qo„llaniladi.
Avtomobil havosi temperaturasining datchigi havo filteri va drosselli 
zaslonka bug„inini bog„lovchi yengida o„rnatiladi. U dvigatelga keluvchi havoning 
temperaturasini ulchaydi. Havoning zichligi haroratga bog„liq. Harorat qanchalik 
ko„p bo„lsa, zichlik shunchalik past bo„ladi. 
Havo temperaturasi, drosselli zaslonkaning holati va absolyutli bosim 
datchiklaridan ma'lumotlarni olib, elektron boshqaruv bloki dvigatelga keluvchi 
havoning aniq miqdorini hisoblaydi. Datchikning to„yinish kuchlanishi 5 V ni 


141 
tashkil qiladi. Haroratli rejimga ko„ra yaroqli datchik kontaktlari orasidagi 
qarshilikning qiymatlari 2.12.2-jadvalda keltirilgan. 
2.12.2-jadval. Kiritish quvuridagi datchik qarshiliklari qiymatlari 
Parametr 
Harorat, °С 

20 
40 
Qarshilik, Om 
7470 – 11970 
3060 – 4045 1315 – 1600 

Download 5,59 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish