Mashinasozlikda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

1.5. Mashinasozlikda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar

Materiallar va yarim xomashyodan o„zini xizmat vazifasiga mos keluvchi tayyor 
mashina (buym) olish uchun amalga oshirilgan barcha ayrim jarayonlar yig„indisiga 
ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. 
Mashinasozlik korxonalarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni, 
tabiat buymlarini mashinaga aylantiruvchi hamma ishlab chiqarish jarayonlarining bir 
qismi hisoblanadi. 
Tayyor mashinaga aylantirilgunga qadar xomashyo va yarim xomashyolarni 
bosib o„tgan barcha bosqichlarning yig„indisi mashinasozlikdagi ishlab chiqarish 
jarayoni deb ataladi. 
U qo„yidagilarni o„z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va xizmat ko„rsatish, ish joyini tashqil 
qilish; 
- materialvayarimxomashyolarniqabulqilishvasaqlash; 
- mashina detallarining tayyorlashning barcha bosqichlari; 
- buym va uzellarni yig„ish; 
- tayyor buyum va detallarni tashish; 
- texnik nazorat; 
- yig„ilgan buymni bo„laklarga ajratish; 
- tayyor mahsulotni qadoqlash va boshqalar. 
Berilgan texnik talablarga mos keladigan detal yoki buyum olish maqsadida 
material yoki yarim xomashyoni shaklini, o„lchamini, xosalarini ma‟lum ketma-
ketlikda o„zgartirish texnologik jarayon deyiladi. 


33 
Mashinalarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni butun mashinani 
tayorlash umumiy texnologik jarayonini qismi hisoblanadi. Mashinalarni ishlab 
chiqarishni ko„paytirish ishlab chiqarishni oddiy kengaytirishni (ekstensifikatsiya) 
yo„li bilan emas, balki birinchi navbatda texnologik jarayonini jadallashtirish 
(intensifikatsiya) hisobiga ta‟minlanishi kerak, shuning uchun mashinasozlik 
texnologiyasini asosiy vazifasi – yuqori unumdorli texnologik jarayon qurishdan 
iboratdir. 
Tayyorlamalarni tayyorlash, termik ishlov berish, mexanik ishlov berish, yig„ish 
kabi 
texnologik 
jarayonlarni 
ajratadilar. 
Tayyorlov 
tasnifidagi 
texnologik 
jarayonlarda boshlang„ich materialni berilgan o„lchamlar va ko„rinishdagi mashinalar 
detallari tayyorlamasiga aylanishi qo„yish, bosim ostida ishlash, sortli yoki maxsus 
prokatni kesish hamda kombinatsiyalashgan usullarida amalga oshiriladi. Termik 
ishlov berish jarayonida detal materialini xosalarini o„zgartiruvchi tuzilmaviy 
o„zgarishlar sodir bo„ladi.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni deyilganda tayyor detali olguncha 
tayyorlamani holatini (uni geometrik shakllari, o„lchamlari va yuzalari sifatini) 
ketma-ket o„zgartirilishi tushuniladi. Ishlov berish uchun tayyorlama dastgohga
o„rnatiladi va mahkamlanadi. Ishlov berilgandan so„ng tayyorlama dastgohdan 
echiladi, bu xarakatlar tayyorlama holatini o„zgartirmaydi, ammo ular shunchalik 
ishlov berish bilan bog„langanki, ularni texnologik jarayondan ajratib bo„lmaydi. 
Yig„ish texnologik jarayoni bevosita buyum elementlarini ma‟lum ketma-ketlikda 
qismlarga (qismni yig„ish), qismlar va ayrim detallarni buyumga yig„ish (umumiy 
yig„ish) bilan bog„liq, uni amalga oshirish uchun ham bir qator elementlarni 
birlashtirish jarayoni bilan uzviy bog„liq bo„lgan yordamchi harakatlarni bajarish 
zarur bo„ladi. 
Texnologik jarayonni bajarish uchun ish joyini tashqil qilish va jihozlash zarur 
bo„ladi. Bir yoki ishchilar jamoasi ish bajarishi uchun belgilangan, detal va asoboblar 
saqlash joyi, moslamalar, texnologik dastgoh joylashgansex maydonining bir qismi 
ish joyi deb ataladi.


34 
Texnologik jarayon operatsiyalarga bo„linadi. Bir ishchi yoki ishchilar jamoasi 
bir ish joyida bajaradigan texnologik jarayonni tugallagan qismiga texnologik 
operatsiya deyiladi.
Operatsiyalar mazmunini bajarish ketma-ketligini belgilash texnologik jarayon 
loyixalash vazifasiga kiradi.
Bu ishlab chiqarish uchun katta ahamiyatga ega, chunki texnologik jarayonni 
unumdorligi, nazorati va rejalashtirish operatsiyalar bo„yicha hisobga olinadi. 
Tashkiliy nuqtai-nazardan operatsiya texnologik jarayonni asosiy va ajralmas 
qismi hisoblanadi. Operatsiyalarga asosan jarayonni mehnat hajmi, talab etilgan 
ishlab chiqarish ishchilari va uni material-texnik ta‟minoti (dastgohlar, moslamalar, 
asboblar) aniqlanadi. 
Operatsiya bir yoki bir necha o„rnatishda bajarilishi mumkin. 
O„rnatish deb tayyorlama yoki yig„ilayotgan qismni mahkamlashni 
o„zgartirmasdan bajariladigan operatsiyaning qismiga aytiladi. 
Masalan: «detal aylanma sirtiga ishlov berish» operatsiyasi ikki marta 
o„rnatishga ega bo„lishi mumkin (1.15-rasm). 
1-o„rnatish – patronda bir tomondan ishlov berish (a); 
2-o„rnatish – patronda boshqa tomondan ishlov berish (b).
a) b)
1.15-rasm. Detalni patronga o„rnatish 
Ishlov beriladigan detal moslamada turib, buruvchi qurilma yordamida
dastgohning ishchi elementiga (masalan kesuvchi asbob) nisbatan o„z holatini 
o„zgartirishi va har xil holatni egallashi mumkin. 
Mahkamlangan detalni qo„zg„atmasdan o„zgartirish jixozga nisbatan egallagan 
joylashuvining har biri holat deb ataladi[5]. 
Masalan; vertikal parmalash dastgohida teshikka ishlov berish (1.16-rasm). 


35 
1.16-rasm. Vertikal parmalash dastgogida ishlov berish 
I- holat – tayyor detalni olib, tayyorlamani maxkamlash; 
II- holat – parmalash; 
III- holat – zenkerlash; 
IV- holat – razvertkalash. 
O„rnatish va holat orasidagi farq shundan iboratki, o„rnatishda detalni 
moslamaga nisbatan holati o„zgarsa, holat almashtirilganda esa detal moslamaga 
nisbatan o„z holatini o„zgartirmaydi. 
Operatsiya bir yoki bir necha o„tishda bajarilishi mumkin. 
Bir yuzaga bir yoki bir vaqtda ta‟sir qiluvchi bir nechta asboblarda ishlov 
berishni o„z ichiga olgan operatsiyaning bir qismiga texnologik o„tish deb ataladi va 
u ishlov berilayotgan yuza, ishchi asbob va ishlash tartibini doimiyligi bilan 
tasniflanadi.
O„tish bir yoki bir necha ishchi yurishda amalga oshirilishi mumkin. 
Yurish-o„tish qismi bo„lib, agar yurishlar bir nechta bo„lsa, unda bir qatlamdan 
kesiladi, ulardan dastgoh ish tartibini o„zgartirmasdan foydalaniladi. 
Tayyorlamaga nisbatan asbobni bir karra siljishdan tashqil topgan, tayyorlama 
xosasi yoki yuza sifatini, shaklini, o„lchami o„zgarishi bilan kechadigan texnologik 
o„tishni tugallagan qismiga ishchi yrish deb ataladi.
Masalan; valiknisilindrik yuzasini yo„nish operatsiyasi, bu holda qora va toza 
yo„nish, har xil kesish tartibiga ega bo„lganligi uchun operatsiyaning alohida 
o„tishlari bo„ladi.


36 
Agar qora yo„nishda qo„yimni hammasini birdaniga olib bo„lmasa va bir necha 
martada olishga to„g„ri kelsa, o„zgarmas kesish tartibida, har qatlamni olish bilan 
bog„liq qismi ishchi yurish bo„ladi. 
Jilvirlashda juda ko„p yurib o„tishlar amalga oshiriladi. O„tish uslublarga 
bo„linadi. Ishchini ish bajarish jarayonida va unga tayyorgarlik ko„rish jarayonida 
bajariladigan alohida harakatlarni yig„indisi uslub deyiladi.
Masalan: Valikni qora yo„nishdagi o„tish quyidagi uslublardan tashqil topadi: 
detalni patronga o„rnatish, detalni maxkamlash, orqa babka markazini keltirish, 
dastgoh harakatini qo„yish, kesuvchi asbobni keltirish, yo„nib bo„lgandan keyin 
dastgoh harakatini to„xtatish va xakozalar. 
Ishchi uslub va uslub elementlariga sarf bo„ladigan vaqtni o„rganish asosida, 
yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo„lda bajariladigan uslublarni 
me‟yorlash uchun foydalaniladigan turli me‟yoriy jadvallar ishlab chiqiladi. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mashinasozlikda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish