• Tayyorlamani olish usulini tanlash.
  •  Buyum va detal konstruksiyasini texnologiyaviyligini taxlili va




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi8,1 Mb.
    #244991
    TuriУчебник
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
    Bog'liq
    Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

    1.4. Buyum va detal konstruksiyasini texnologiyaviyligini taxlili va 
    tayyorlama olish usulini tanlash. 
    Buyum va uni tegishli detallarni texnologiyaviyligi texnologik jarayon tasnifiga 
    sezilarli ta‟sir ko„rsatadi.Konstruksiyani texnologiyaviyligi tamoyiliga ko„ra ayrim 
    detallarni loyihalashda nafaqat ekspluatatsion talablarini, balki buyumni muqobil va 
    tejamkor tayyorlash talablarini ham qondirish kerak. Buyumni tayyorlashdagi mehnat 
    sarfi va tannarx qanchalik kichik bo„lsa, u shunchalik texnologiyabopdir. 
    Buyum yoki detallarni texnologiyaviyligi konstruksiyasi quyidagilarni nazarda 
    tutadi: 
    -maksimal keng unifikatsiyalashgan yig„ma birikmalarni, standartlashgan, 
    me‟yorlashgan detallar va detallar elementlaridan foydalanish; 


    30 
    -murakkab, o„ziga xos konstruksiyadagi, turli nomdagi detallarni kam va bir 
    nomdagi detallarni ko„p ishlatish; 
    -butun buyumni tayyorlash va detallarga mexanik ishlov berishda mehnat sarfi 
    va tannarxni pasaytirish uchun ishlov berilishi qulay bo„lgan yuzalarga ega bo„lgan 
    detallarni yaratish; 
    -detallarda asoslash uchun qulay yuzalarni bo„lishi; 
    -detallar uchun tayyorlamalarni olishni eng muqobil usulini tanlash; 
    -o„zaroalmashuvchan detallar tayyorlash orqali yig„ishdagi qo„shimcha 
    chilangarlik-qayta sozlash ishlarini to„liq bartaraf etish yoki kamaytirish. 
    -yig„ish jarayonini soddalashtirish. 
    1.2-jadvalda konstruksiyalarni texnologiyaviyligi tahlil etish misol tariqasida 
    keltirilgan. Konstruksiyalar va texnologik talablar: 
    Tayyorlamani olish usulini tanlash.
    Konstruktor mavjud standartlar bo„yicha 
    tayyorlamaning materiali, uning markasini, shuningdek kerakli termik ishlov berishni 
    tayinlaydi. Detallarni mashinada ishlash sharoitini hisobga olib, konstruktor dastlabki 
    tayyorlama olishni maqbul usulini (quyma o„rniga bolg„alash, prokat o„rniga 
    bolg„alash) ko„rsatishi mumkin, bu ma‟lumotlar asosida texnolog tayyorlama olishni 
    aniq bir usulini tanlaydi. Usul tanlashda qo„yidagilarga e‟tibor qilinadi: 
    -tayyorlama materialini texnologik tasnifi, ya‟ni uning quyuluvchanlik xosasi va 
    bosim ostida ishlov berishda plastik deformatsiyalana olish qobiliyati, qo„llash 
    natijasida olinadigan tayyorlama materialining tuzilmaviy o„zgarishi (bolg„alashda 
    tolalarni joylashishi, quymada donalarni kattaligi va boshqalar); 
    -tayyorlaman konsruktiv shakli va o„lchamlari;
    -tayyorlama tayyorlashda talab qilingan aniqlik, uning yuza sifati va 
    g„adir-budurligi, ishlab chiqarish dasturi va u dasturni bajarilishi uchun berilgan 
    muddat. 


    31 
    5.1-jadval 
    Konstruksiyalar va texnologik talablar 
    № 
    Asosiy 
    texnologik 
    talablar 
    Konstruksiya 
    Texnologiyabop 
    konstruksiya 
    afzalligi 
    Notexnologiy
    aviy-ligi 
    Texnologiyavi
    yligi 

    Ishlovber
    iladiganyuzal
    arniyaxlit 
    qilish 
    tavsiyaetilma
    ydi 
    1.Ishlovberishv
    aqtivaasbobsarfikam
    ayadi 
    2.Ishlovberisha
    niqligivatozaligiosh
    adi 

    Ishlovber
    iladiganyuzal
    arni bir xil 
    balandlikda 
    joylashtirish 
    kerak 
    1.Unumdor 
    ishlov berish usulini 
    qo„llash mumkin 
    bo„ladi 
    2.Nazoratni 
    soddalashtiradi

    Pog„anal

    teshiklarda 
    nisbatan aniq 
    pog„anani 
    ochiq 
    qilish 
    tavsiya etiladi 
    1. Ishlov 
    berishni mehnat 
    sarfini kamayadi
    2.Ishlov berishni va 
    asbob 
    konstruksiyasi 
    soddalashadi 

    Kesuvchi 
    asbobni erkin 
    kirishi va 
    chiqishi 
    imkoniyati 
    1. Asbobni 
    sinishdan saqlanadi. 
    2.Unumdorlik ortadi 
    Tayyorlama tayyorlash usulini tanlashga shuningdek qo„shimcha ravishda 
    qo„yidagilar ta‟sir qiladi: 
    -texnologik vositani tayyorlash vaqti (shtamplarni, modellarni, pres qoliplarni va 
    boshqalarni tayyorlash); 
    -tegishli texnologik jixozni mavjudligi va jarayonni xoxlagan darajada 
    avtomatlashtirish.


    32 
    Tanlangan usul detalni tayyorlashda eng kam tannarxni ta‟minlashi kerak, ya‟ni 
    materialga, tayyorlama tayyorlashga va keyingi mexanik ishlov berishga sarflangan
    xarajat yuklama xarajatlar bilan birga minimal bo„lishi kerak. 
    Tayyorlamani tayyorlash aniqligini oshishi va uning shaklini tayyor detal 
    konfiguratsiyasiga yaqinlashishi bilan mexanik ishlov berishni solishtirma salmog„i 
    keskin pasayadi. Lekin tayyorlama olish uchun vositaga ketgan xarajat iqtisodiy 
    qoplamasligi sababli hamma usullar ham foyda keltiradigan bo„lavermaydi. 

    Download 8,1 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Buyum va detal konstruksiyasini texnologiyaviyligini taxlili va

    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish