22
tarqalgan bo„lib, mehnat va mashina unumdorligi 2-3 marta oshirilgan va o„ram
masasi 4-5 kilogrammga etkazilganligi bilan ajralib turadi.
Tolalarning siklik qo„shilishi ipning chiziqli zichligi va pishiqligi bo„yicha
notekisligini 30-40
foizga kamaytirib, pnevmomexanik ipning iste‟mol xosalarini
oshiradi.
Pnevmomexanik yigirish mashinalari ishlatilishi va xom ashyo turiga qarab uch
xil
- kamerali, rotorli va kondersorli pnevmomexanik yigirish mashinalari bo„ladi.
Kamerali yigirish mashinalari keng ko„lamli iplarni tabiiy va kimyoviy tolalardan
tayyorlashda qo„llaniladi. Rotorli yigirish mashinalari esa past navli paxta tolasi va
chiqindi tolalardan katta chiziqli zichlikdagi iplar ishlab chiqarishda qo„llanilmoqda.
Aksariyat holatlarda chiziqli zichligi o„rtacha (T=18,5-50 teksgacha),
ayrim
hollarda katta chiziqli zichlikdagi (T=250 teksgacha) iplar turlicha tezliklarda
yigirilmoqda.RU-14, R-20, R-40, VT 905, VT-923, BT-924 rusumli pnevmomexanik
yigirish mashinalarida yigirish kamerasining aylanish chastotasi 50000 dan 150000
min
-1
gacha, BD-330, BD-340, BD-350, BD-380 mashinalarining
yigirish kameralari
aylanish chastotasi esa 31000 dan 120000 min
-
gachadir. Ayrim pnevmomexanik
yigirish mashinalarining texnik tavsiflari 1.1-jadvalda keltirilgan.
Zamonaviy pnevmomexanik yigirish mashinalarida cho„zish va pishitish
miqdori mashinaga o„rnatilgan boshqarish kompyuteri yordamida boshqariladi.
Mahsulot sifat ko„rsatkichlarini
nazorat qiluvchi sensorlar, shuningdek avtoechish
ham mavjud bo„lib, ajratilgan bobinalar maxsus bunkerda yig„iladi[4].
Yangi
yigirish
usullari:
friksion,
aerodinamik
(aeromexanik),
elimlab,
chirmoviqli, qo„shaloq, yuzaki pishitib ip olish mashinalari ham ishlatilmoqda.
Buyurtma (opsiya) asosida maxsus ip yigirishda istisno sifatida davriy ishlovchi
halqali yigirish mashinasi (selfaktor) ham xorijiy davlatlarda ishlatilmoqda.
Trikotaj mashinalari xozirgi kundaquyidagi zamonaviy
trikotaj mashinalari
ishlatilmoqda (1.10 va 1.11-rasm).
Trikotaj mashinalari trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo„ljallangan
bo„lib to„quv dastgohiga nisbatan yuqori unumdorlikka ega.
23
Bundan tashqari, trikotaj mashinalari oxirgi vaqtlarda keng tarqalgan sintetik va
sun‟iy iplarni ham qayta ishlaydi.
Trikotaj mashinasini asosiy konstruktiv ko„rsatkichlariga qo„ydagilar kiradi:
sinf,
ignali qadam, igna ilgagi qalinligi, silindr diametri va hakozalar. Bu
ko„rsatkichlar trikotaj mashinasini texnologik mo„ljali aniqlaydi.
Trikotaj mashinasi sinfi deyilganda uni ignadonni uzunligi birligiga to„g„ri
keluvchi iganlar soni tushuniladi. Sinf qanchalik yuqori bo„lsa, mashina tomonidan
ishlanadigan kalava shunchalik ingichka bo„lishi mumkin.
1.1-jadval
Pnevmomexanik yigirish mashinalarining
texnik tasniflari