1.2. To„qimachilik mashinalarini asosiy turlari
Birlamchi tolali materiallarni turli-tumanligi va ularni qayta ishlashni texnologik
jarayonlarini differensialligi, tolani birlamchi ishlov berishdan boshlab matolarni va
boshqa to„qimachilik mahsulotlarini ishlovchi ko„plab jarayonlargacha, ko„p sondagi
turli xil mo„ljaldagi va turli o„lchamlardagi mashinalarni talab etadi.
To„qimachilik mashinalarini asosiy konstruktiv guruhlari qo„yidagilar.
1.Karkasli asosga yig„iladigan, qaytalanadigan ishchi mexanizmlarga ega
seksiyali mashinalar. Ularga piltalash, piliklash, yigiruv, burovchi, o„rovchi
9
mashinalar kiradi. Bu guruhdagi mashinalarni konstruktiv xususiyati oxirli ramalar,
oraliq ustunlar va uzun bruslar, balkalardan iborat karkasli asosidir.
2.Baraban turidagi mashinalar, ularni ishchi qismlari qoziqli, arrachali va kardli
garnitura ko„rinishida tayyorlangan, o„z navbatida ular katta va kichik diametrli
barabanlar va ishchi g„o„lachalar yuzalarida joylashadi. Bunday mashinalarga paxta
uchun kardli tarash mashinalari, barabanli savash mashinalari kiradi. Bu guruhdagi
mashinalarni konstruktiv xususiyatlariga ularni, o„zaro bog„langan, ikkita bo„ylama
ramalarga yig„ilishi va ishchi qismlarni tez va sekin aylanuvchi barabanlarda
joylashuvi va boshqa ko„rinishlarini kiritish mumkin.
3.Ilgarlanma-qaytma
ishchi
qismlarga
ega
mashinalarni
konstruktiv
xususiyatlariga mexanizmlarni yig„ma, ko„ndalang yo„nalishda bog„lanishlar bilan
bog„langan ramalardan iborat asosiga ega ekanligini kiritish mumkin.
4.Kamerali mashinalar va ochiq-yopiq turdagi barakli mashinalar. Ularga
matolarni bo„yashni turli mashinalari kiradi. Bunday mashinalarni konstruktiv
xususiyatlariga tola, kalava va matoni tashuvchi ko„plab mexanizmlarni mavjudligini
ko„rsatish mumkin.
To„qimachilik sanoatida keng qo„llaniladigan texnologik mashinalarni keltirib
o„tamiz.
1. Titish, tozalash va aralashtirish mashinalari
Yigirilgan ip ishlatilishiga qarab ma‟lum talablarga, ya‟ni aniq yo„g„onlikka,
ma‟lum darajada cho„zilishga chidamlilikka, toza va ravonlikka javob berishi kerak.
SHularni inobatga olib, loyihalanayotgan korxonalarning ishini muqobillash talab
etiladi. Buning uchun zamonaviy yigirish texnologiyasi va uskunalarining
muqobillarini tanlab, keyin texnologik jarayonlarni loyihalashda ularni qo„llash
maqsadga muvofiqdir.
Respublikamiz to„qimachilik korxonalarida asosan Germaniya, Shveysariya,
Italiya, Yaponiya va Xitoy davlatlari etakchi firmalarining yigirish uskunalari
samarali ishlatilmoqda.
Yigirish rejasining birinchi bosqichida toylangan tolalarni titish, tozalash va
aralashtirish jarayonlari orqali tarash mashinalari uchun bir tekis qatlam shaklidagi
10
mahsulot tayyorlanadi. Bu vazifa bir texnologik tizimga biriktirilgan mashinalarda -
(TTA)-titish-tozalash agregatlarida amalga oshiriladi. Titish-tozalash agregatlarining
tarkibi ishlatilayotgan tolaning ifloslik darajasiga, tola uzunligiga, yigirilayotgan ip
asortimentiga qarab tanlanadi (loyihalanadi yoki qabul qilinadi).
Dunyo mamlakatlarining to„qimachilik korxonalarida ishlatilayotgan TTA
klasifikatsiyasi xilma-xil bo„lib, ularni umumlashtirgan holda universal titib tozalash
agregati (UTTA) deb atash mumkin(1.1. va 1.2-rasm).
UTTAda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
-
dastlabki tozalash;
-
aralashtirish;
-
asosiy tozalash;
-
aerodinamik tozalash.
Ushbu agregatda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi natijasida
tolali mahsulotning shikastlanishi va uzun tolalarning nuqsonlarga qo„shilib chiqib
ketishi sezilarli darajada kamaytirilgan.
Agregatning tarkibi, garnitura turlari ishchi organlar soni tolali mahsulotning
ifloslanganlik
darajasiga,
turiga
va
yigirilayotgan
ip
asortimentiga
qarab
o„zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari pnevmoquvurlar trubalar yordamida
o„zaro biriktirilgan. Pnevmoquvurlar asosiy va yordamchi holatida o„rnatilgan bo„lib,
tizimdagi mashinani texnologik jarayondan chiqarib qo„yish imkonini beradi.
Asosiy tozalashdan so„ng aerodinamik tozalagichlar ishlatilishi tolalarni nafaqat
shikastlanishi balki chigallanishini ham kamaytiradi.
UTTA mashinalarining ko„rsatkichlari kompyuter yordamida boshqariladi va
sozlanadi. Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va changsizlantiruvchi tizim
bilan birgalikda ishlatiladi.
11
1.1-rasm. Rieter firmasining universal titish-tozalash agregati
1.2-rasm. Truetzschler firmasining universal titish-tozalash agregati.
1-avtotoy titgich BO-A2; 2-ko„p funksiyali tozalagich SP-MF; 3-dastlabki
tozalagich CL-P4; 4-aralashtiruvchi mashina MX-1 va CLENOMAT CL-C3
tozalagichi; 5-aerodinamik tozalagich SP-F
Ushbu agregatlar quyidagi o„ziga xos jihatlarga ega:
Ko„p funksiyali moslama (detektorlar)o„rnatilgan og„ir bo„lakchalarni va boshqa
rangdagi tolalarni aniqlab ajratish, metall jismlarni aniqlab ajratish, yong„inni
cheklash hamda o„chirish vazifalarini bajaradi.
12
Alohida yoki kombinatsiyada ishlatiluvchi to„rt xildagi tozalagich ko„zda
tutilgan.
- ikki barabanli tozalagich CL-P;
- uzun tolali paxta uchun bir barabanli tozalagich CLEANOMAT CL-C1;
- uch barabanli universal tozalagich CLEANOMATCL-C3;
- to„rt barabanli tozalagich CLEANOMATCL-C4;
Uch usulda aralashtirish.
-turli tozalagichlar bilan agregatlashtirishga moslashtirilgan aralashtirgich
MX1;
-bunker usulda ishlaydigan aralashtirgich MX-R.
Tozalangan mahsulotni tarash mashinalariga uzluksiz uzatuvchi CONTIFEED
tizimli mavjud.
Paxta tolasi yigirish korxonalariga masasi 200-250 kg bo„lgan toylarda
keltiriladi (uzoq horijda toy masasi 300 kg qilib toylanadi).
Ip yigirishda texnologik jarayonlar titishdan boshlanadi.Titish usullarining
ikkalasi ham zarbiy, ham chimdish, bir-biridan ajralmagan holda aksariyat ko„p
mashinalarda qo„llaniladi. SHuning uchun zarbiy titishda pichoqli, qoziqli va shunga
o„xshash organlar bilan sirti qoplangan barabanli titgichlar, chimdib titishda esa sirti
igna, arra tishlar bilan qoplangan aylanuvchi yoki tekis ilgarilanma harakat qiladigan
organli mashinalar qo„llaniladi.Ular igna sirtli mashinalar deyilib, titish dastlab
qo„lda, so„ngra kamera ichidagi ignali panjaralar vositasida bajariladi.
Avtotitgichlarda tituvchi organlar yuqoridagidek pichoqlar, shakldor tishlar
bilan qoplanganlari qo„llanilib, ular yordamida toydan paxta bo„laklari ajratib
olinadi.Avvalgi paytlarda oddiy ta‟minlagichlar odatda to„rt yoki beshtadan
batareyaga guruhlanib titish-tozalash agregati (TTA) tarkibiga kiritilardi va uni TTA
operatori boshqarardi.
Hozirgi paytda yigirish korxonalarida turli avtota‟minlagichlar - avtotitgichlar
keng joriy qilingan. Ular paxta bo„laklarini ajratib olish xususiyatiga ko„ra bir-biridan
farq qiladi (ustidan, pastdan, yonidan).
13
Paxtani qoziqli, pichoqli baraban vositasida yoki arra tishli disk yordamida,
shuningdek, igna sirtli qurilma yordamida titib ajratib oladi.
Avtotitkichlar oldiga qo„yilgan toylar kamida 36 ta, ko„pi bilan esa 180-200
tagacha bo„lishi mumkin.
Xorijiy firmalarning texnologik liniyalarida turli tuzilishga ega bo„lgan titish
uskunalari joylashtiriladi.
Avtotitkichlar toy paxtaga ishlov berish xususiyatiga ko„ra farqlanadi:
to„g„ri
chiziq
bo„yicha
va
ilgarilanma-qaytma
harakat
qiluvchi
(Unifloc)(1.3-1.4-rasm);
1.3-rasm. To„g„ri va qiya chiziq bo„yicha ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi
(Blendomat);
1.4-rasm. Aylana bo„ylab «karusel» tarzida harakat qiluvchi.
Avtotitkichlarning tuzilishi o„xshash bo„lib, kompyuter tizimida boshqarish
dasturlari bilan jihozlangan. Shuning uchun ular bir-birini o„rnigaloyihalarda qabul
qilinishi mumkin[2].
Yigirish korxonalarida asosan zarbiy tozalash, chimdib tozalash va aerodinamik
tozalash usulida ishlovchi tozalagichlar qo„llanilmoqda.
14
Zarbiy tozalash turli pichoqlar va qoziqlar bilan qoplangan bir barabanli, ikki
barabanli va olti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi. Zarbiy tozalash
mashinalari ishchi organlari pichoqlar bilan jihozlanganda pichoqlar disklarga
mahkamlanib, pichoqning profili to„g„ri to„rtburchakli hamda shakldor bir
tomonlama, ikki tomonlama bo„lishi mumkin. Bu ishchi organlarni pichoqli baraban
deb atalib, titgich va tozalagichlarda qo„llaniladi. Tozalashda ajraladigan iflosliklar
miqdori tozalash samaradorligi me‟yori bilan baholanib, unga asosan baraban tezligi,
pichoqlar bilan baraban va kolosniklar orasidagi oraliq kattaligi ta‟sir ko„rsatadi.
Bir barabanli,ikki barabanli tozalagichlar (o„qli tozalagichlar) RIETER
firmasining uskunalar tizimida keng qo„llaniladi.
TRUTZSCHLER firmasi tizimida SL-P universal ikki barabanli qoziqli
tozalagich qo„llanilmoqda.Shuningdek, TRUTZSCHLER firmasining SLEANOMAT
tizimidagi tozalagichlarida ignali va arra tishli organlar birga qo„llanilgan bo„lib,
tozalash tizimi ixcham, qisqa va tolalarga shikast etkazmasdan ishlov berishligi bilan
ajralib turadi. TRUETZSCHLER firmasi turli holatlar uchun to„rt hil tozalash
tizimini tavsiya etadi. Ularning umumiyligi shundaki, Blendomat toytitgichidan so„ng
og„ir
jismlar
tozagichi
SP-MF
dastlabki
tozalagich
MAXI-FLO-MFC keyin SXL rusumli tozalagich ishlatiladi. Bu mashina asosiy
tozalovchi mashina bo„lib, Sleanomat turiga mansubdir. Bu tizim kalta va o„rta tolali
paxta uchun qo„llaniladi. Uzun va ingichka tolali paxta uchun SL-C4 rusumli
Sleanomat tozalagichi ishlatiladi. O„rta va uzun tolali paxta uchun va nisbatan
ingichka ip uchun SL-C3 va undan keyin SL-C4 tozalagichlarini qo„llash tavsiya
etiladi.
Paxta tolalari va kimyoviy tolalar uchun esa SL-C4 tozalagichi qo„llanilmoqda.
Aerodinamik tozalagichlar bunkerli va quvurli ko„rinishda bo„lib, RIETER
firmasining ERM rusumidagi, TRUTZSCHLER firmasining Dustex DX, SP-F, SP-
FP rusumidagi tozalagichlari shular jumlasidandir.
TRUTZSCHLER
firmasi havo yo„nalishini o„zgartirishga asoslangan
aerodinamik tozalagichlar taklif etgan. Ular SEKUROMAT, CEPORAMAT, LT,
LTV va ASTA rusumlilaridir.
15
Trutschler firmasining ko„p karrali aralashtirish mashinalarida titilgan tolalar
shaxtalarga to„ldirilib, ta‟minlovchi organlar yordamida pastdan uzatilib
aralashtiriladi. Tuzilishiga ko„ra bu mashinalar ta‟minlovchi uzatuvchi organlar,
shaxtalar to„ldirilishi va kompyuter tizimi dasturlari bo„yicha bir biridan farq qiladi.
Mazkur aralashtirgichlar tozalash mashinalarini tola bilan ta‟minlashda va sifatli
aralashma hosil qilishda samarali ekanligini ko„rsatmoqda. Hosil qilingan aralashma
bir tekisligi (ravonligi) bilan ajralib turadi. Bulardan tashqari tolalar perfolistlar
qo„llanilganligi tufayli qo„shimcha ravishda changdan tozalanadi. Ko„p kamerali
aralashtirgichlarning tuzilishi va ishlashi bir-biriga o„xshashdir.
Ipning
sifatiga yuqori talablar qo„yilgan xollarda ko„p funksiyali
aralashtirigichlardan ikkitasi ketma-ket (tandem usulida) qo„llanilishi tavsiya etiladi.
Ko„p karrali aralashtirgichlar tozalash mashinalarini mahsulot bilan bir tekis
ta‟minlashda va sifatli aralashma hosil qilishda ijobiy natijalar ko„rsatmoqda. Titish,
tozalash, aralashtirish jarayonlari har xil ketma-ketlikda yoki bir vaqtning o„zida
u yoki bu ko„rinishda titish tozalash agregatlari (TTA) tarkibiga kiruvchi
mashinalarda amalga oshiriladi.
Turli firmalarning titish, tozalash, aralashtirish uskunalari tarash mashinasi bilan
agregatlangan bo„lib, ularning ketma-ketligi yigiriladigan ipning chiziqli zichligi va
xom ashyo turiga bog„liqdir. SHuningdek, titish, tozalash, tarash mashinalari piltalash
mashinalari bilan tutashtirib agregatlanmoqda. Bunda tarash mashinasi pilta
taxlagichidan oldin IDFtizimi qo„llanilmoqda. Taram qalinligini piltalash
mashinasining ta‟minlash mahsuloti qalinligiga moslashtirish maqsadida RIETER
firmasi qalpoqchali tarash mashinalarining enini bir yarim marta kattalashtirdi.
Tarash mashinasidan unumli foydalanish maqsadida ta‟minlash zonasi,
qalpoqcha polotnosi, pilta shakllantiruvchi doiralar yaxlit qilinganligi tufayli
mashinadan foydalanish samaradorligi oshirilgan. Buning evaziga, uskunalar
ta‟mirlashga to„xtatilmaydi. Natijada agregat mashinalarining to„xtovsiz ishlashi
ta‟minlanib mashina va mehnat unumdorligi keskin oshishiga erishilgan.
|