5
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiyotda ma‟muriy buyruqbozlikka
asoslangan boshqaruv
tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlarini
bosqichma-bosqich amalga oshirilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning
yuqori sur‟atlar bilan o„sishini ta‟minlash va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Barpo etilayotgan to„qimachilik korxonalari hozirgi
zamon talablariga javob
beruvchi, yuqori unumdorlikka ega, kompiyuter texnologiyalari yuqori darajada
tadbiq etilgan to„qimachilik texnologik mashinalari va jihozlar bilan jihozlanishi
zarurligini qat‟iy ta‟kidlab o„tish maqsadga muvofiq. Bunday vazifalarni
to„qimachilik mashinasozligi sohasidagi yuqori malakali
muhandis- mutaxasislar hal
etishlari kerak bo„ladi Bu yo„nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida
“O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Xarakatlar strategiyasi
to„g„risida” Prezident SH.M.Mirziyoev farmoni qabul qilingan va uni uchinchi
yo„nalishdagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga yo„naltirilgan. Unga
ko„ra 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 millard AQSH dollari miqdoridagi
649 ta investitsiya loyixasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro„yobga
chiqarish
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish
1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta
ishlash tarmog„i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Bu investitsiyalarni salmoqli
ulushini
to„qimachilik
sanoatini
yanada
rivojlantirishga
Respublikamizda
etishtirilayotgan paxta tolasini asosan o„zimizda tayyor
maxsulotgacha qayta ishlash
mashinalariga to„g„ri keladi [1].
To„qimachilik
mashinalari
va
jixozlarini
yaratishda
ularni
ma‟lum
ekspluatatsion va texnik tasniflari, ishlov berish va yig„ishni texnologik
xususiyatlarini hisobga olgan holdagi ishonchligi, iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligi hamda samaradorligini ta‟minlash talab etiladi.
Buning uchun mutaxasis-
magistr zamonaviy to„qimachilik mashinalarini ishlab chiqarishni konstruktorli va
texnologik tayyorlanish borasida chuqur texnologik bilimlarga ega bo„lishi kerak.
6
Darslikda mashinasozlik texnologiyasini asosiy tushunchalari keltirilgan,
asoslash, ishlov berish aniqligi mahsulotlar konstruksiyalarini texnologiyaviyligi,
yuza sifati haqidagi asosiy masalalar, detallarga
mexanik ishlov berishni va
mashinalarni yig„ish texnologik jarayonini loyihalash tamoyillari keltirilgan.
Tarmoq mashinasozlik texnologiyasini umumiy masalalari qisqacha yoritilgan
va tarmoq (to„qimachilik) mashinasozligiga oid misollar (chizmalar) bilan
to„ldirilgan.Maxsus savollarni yoritishda to„qimachilik mashinalarini ishlab
chiqarishdagi barcha turli-tumanlikni qamrab olish vazifasi qo„yilmagan, chunki
texnologik jarayonlarni mazmuni nafaqat detallarni
konstruktiv turli-tumanligiga,
balki maxsulotni ishlab chiqarish hajmiga bog„liq. Yuqori unumdorlikka ega bo„lgan
yigiruv, to„quv va trikotaj ishlab chiqarishni texnologik mashinalarini tasnifli
detallarini tayyorlash texnologiyasi ko„rib chiqilgan. Texnologik masalalar
majmuaviy tarzda, tayyorlov jarayonlari, mexanik ishlov berish,
termik ishlov berish,
yig„ish va texnik nazorat kabilarni o„z ichiga oladi. Asos qilib to„qimachilik
mashinasozligini etakchi korxonalarida qo„llaniladigan amaldagi texnologik
jarayonlar olingan, turli xil tashkilotlarning amaliy tajribasidan, shuningdek qator
chet el ishlab chiqarish korxonalari ma‟lumotlaridan foydalanilgan.
Darslik bilim sohasini 500000-“Ishlab chiqarish texnik sohasi” bo„yicha 320000
–“Ishlab chiqarish texnologiyasi” ta‟lim sohasini 5A320310-“To„qimachilik va
yengil sanoati mashinalari hamda apparatlari” mutaxasisligi bo„yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun mo„ljallangan bo„lib, O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus
ta‟lim vazirligining 2014-yil 10-iyundagi 430-sonli buyrug„i
bilan tasdiqlangan
“Tarmoq mashinasozligi texnologiyasi” fanining o„quv dasturi mazmuniga mos
ravishda yozilgan.