• Halqali yigirish mashinalari.
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. Rajabov




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi8,1 Mb.
    #244991
    TuriУчебник
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
    Bog'liq
    Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

    Piliklash mashinalari. 
    Piliklash mashinalari bir, ikki va uch o„tim holatida 
    ishlatilishi mumkin. Ularda tayyorlangan piliklar yo„g„on, o„rtacha va ingichka 
    piliklar deb yritiladi. Aksariyat holatlarda bitta o„tim piliklash qo„llanilmoqda 
    (1.8-rasm).
    1.8-rasm. Piliklash dastgohlarining umumiy ko„rinishi. 
    Yigirish mashinalarida katta cho„zish quvvatiga ega bo„lgan cho„zish 
    asboblarining ishlatilishi natijasida o„rtacha chiziqli zichlikdagi iplarni bir o„timli, 
    past chiziqli zichlikdagi iplarni ikki o„timli piliklash mashinalarida tayyorlash imkoni 
    yaratildi.
    Zamonaviy piliklash mashinalarining ta‟minlash doirasi takomillashtirilib, 
    fotoelementlar o„rnatilgan. Buyurtma (opsiya)ga asosan mashina avtoechuvchi bilan 
    ham ta‟minlanish imkoniyatiga ega.
    Halqali yigirish mashinalari. 
    Halqali yigirish mashinalari ishlash usuliga 
    qarab davriy va uzluksiz yigirish mashinalariga bo„linadi. Davriy ishlaydigan 
    mashinalar selfaktorlar deb ataladi va buyrtma (opsiya) asosida chiqarilib juda kam 
    tarqalgan. Ularning afzalligi o„ta ingichka (3,33–5,0teks) ip olishda bo„lsa, 
    kamchiligi unumdorligi pastligida. Halqali uzluksiz ishlaydigan yigirish mashinalari 
    keng qo„llanilib, chiziqli zichligi T=5,0 teks va undan yo„g„on iplar olishda 
    ishlatiladi. Bundan tashqari yigirish mashinalari halqali (urchuqli) va halqasiz 
    (urchuqsiz) larga bo„linadi (1.9-rasm).
     


    21 
    1.9-rasm. Yigirish dastgohining umumiy ko„rinishi. 
    Chiziqli zichligi kichik bo„lgan iplar odatda urchuqlar orasi yaqin bo„lgan 
    mashinalarda ishlab chiqarilsa, chiziqli zichligi o„rtacha va yuqori bo„lgan iplar 
    urchuqlar orasidagi masofa kattaroq bo„lgan yigirish mashinalarida ishlab chiqariladi. 
    Keyingi yillarda zamonaviy yigirish mashinalari mamlakatimiz korxonalarida 
    samarali ishlatilmoqda. Bu mashinalar urchuqlar sonining ko„pligi (1480 tagacha), 
    detallarni tayyorlash aniqligining yqoriligi bilan hamda ipga to„lgan naychalarni 
    chiqarib olish va bo„sh naychalarni urchuqlarga joylashni avtomatik bajaruvchi 
    moslamalarning mavjudligi va aniq ishlashi bilan farq qiladi. Urchuqlarning katta 
    tezlikda (25000 min
    -1
    ) aylantirish uchun tegishlicha halqa va urchuqlarning nisbatan 
    kichiklariga almashtirilsada, avtoechish mavjudligi uchun samaradorlik kamaymaydi. 
    Ushbu mashinalarning asosiy ko„rsatkichlari kompyuter tizimi bilan boshqarilishi
    ularda barcha talablarga javob beruvchi yuqori sifatli iplar tayyorlash kafolatini 
    ta‟minlaydi. 

    Download 8,1 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. Rajabov

    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish