25
1.11-rasm. Ikki ignadonli
jakkard trikotaj mashinasi
Mayer & Cil (Germaniya)
To„quv dastgohida to„qima xosil qilish.
To„qima (gazlama), to„quv dastgohida
ikki sistema iplarning o„zaro o„rilishi natijasida hosil bo„ladi. To„qima uzunligi
bo„ylab joylashgan iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik ya‟ni to„qima eni
bo„ylab joylashgan iplarni arqoq yoki arqoq iplari deyiladi (1.12-rasm).
1.12-rasm. Picanol OMNplus 800 dastgohi
To„quv dastgohi quyidagi mexanizmlar va qismlardan tuzilgan bo„ladi:
To„qima hosil qilishda qatnashuvchi asosiy mexanizmlar:
26
1. Tanda iplarini vertikal
tekisligida harakatga keltirib, ko„tarilgan va pastga
tushirilgan iplar orasida bo„shliq - homuza hosil qiluvchi mexanizm;
2. Hosil bo„lgan homuzaga moki yoki boshqa
usulda arqoq tashlovchi
mexanizm;
3. Tashlangan arqoq ipini tig„ yordamida gazlama qirg„og„iga jipslovchi (siqib
qo„yuvchi) - batan mexanizmi;
4. Hosil bo„lgan to„qimani tortib olib maxsus valga o„rovchi - mato rostlagichi;
5. Tanda ipini to„qima hosil bo„lish zonasiga ma‟lum taranglikda uzatuvchi -
tanda tormozlari yoki tanda rostlagichlari.
To„quv jarayonidagi to„qimalarda nuqsonlar bo„lmasligini nazorat qiluvchi
avtomatik moslamalar:
1. Tanda kuzatuvchi-to„quv dastgohida
yakka tanda ipi uzilganda, avtomatik
ravishda to„xtatib, to„qimada “tanda etishmaslik” nuqsonini bo„lmasligini oldini
oladi.
2. Arqoq nazoratchilar-to„quv dastgohida arqoq ipi uzilganda to„xtatib,
to„qimada “arqoq etishmaslik” nuqsonini bo„lishiga yo„l qo„ymaydi.
3. Moki yoki arqoq tashlagichlar homuzada to„xtab
qolsa dastgohni
to„xtatuvchi qurilmalar.
To„quv dastgohining hamma mexanizm va qismlari elektr yuritmadan
harakatga keladi.
Dastgoh to„quv jarayonini to„g„ri boshlash uchun,
u ishlay boshlaganda, bosh
vali tez harakatga kelishi lozim. Buning uchun, harakat elektromotordan dastgoh
bosh vali tez harakatga kelishi lozim. SHumaqsadda harakat elektromotordan dastgoh
bosh valiga maxsus friksion uzatmalar yordamida beriladi.
To„quv dastgohi to„xtaganda uning bosh vali tez va ma‟lum holatda to„xtashi
kerak, buni ta‟minlash uchun dastgoh bosh valiga maxsus tormozlar o„rnatilgan
bo„ladi.
Avtomatik ravishda yoki to„quvchi dastgohni to„xtatishi
yoki harakatga
keltirish uchun (dastgoh) qo„yuvchi - to„xtatuvchi mexanizm bilan ta‟minlangan.