45
Demak, sozlangan dastgohlarda o„lchamlarni olishni avtomatik usulini
qo„llashda talab etilayotgan aniqlikni ta‟minlash vazifasi ishchidan dastgohni
birlamchi sozlaydigan sozlovchiga, maxsus moslama tayyorlovchi asbobsozga hamda
texnologik asoslar va tayyorlama o„lchamlarini belgilovchi, uni o„rnatish va
mahkamlash usulini, moslamani kerakli konstruksiyasini aniqlovchi texnologga
o„tadi.
O„lchamlarni avtomatik olish usulini afzalliklari quyidagilar:
-ishlov berish aniqligini oshish va brakni kamayishi;
-ishlov berish unumdorligini oshishi;
-ishchilar malakasidan ratsional foydalanish;
-ishlab chiqarish samaradorligini oshishi.
Sozlangan dastgohlarda o„lchamlarni avtomatik olish usulini bunday afzalliklari
uni zamonaviy seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida keng qo„llanishini
belgilab beriladilar.