II- BOB.  MASHINASOZLIKDA ANIQLIK




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

II- BOB. 
MASHINASOZLIKDA ANIQLIK. 
2.1 Aniqlik ahamiyati 
Mashinasozlikni ko„pchilik mahsulotlarni aniqligi ularni sifatini muhim belgisi 
hisoblanadi. Zamonaviy yuqori quvvatli va yuqori tezlikka ega to„qimachilik 
texnologik mashinalarini tayyorlashdagi etarli aniqlik ta‟minlanmasa ishlay 
olmaydilar, chunki aniqlikni kamligi mashinalarni bir tekis ishlashiga xalaqit 
beruvchi va ularni buzilishiga olib keladigan qo„shimcha dinamik yuklamalar va 
titrashlarni paydo bo„lishiga olib keladi.
Detallarni tayyorlash va qismlarni yig„ish aniqligini oshirish mashinalar va 
mexanizmlarni ishlash muddatlarini va ekspluatatsiya qilishdagi puxtaligini oshiradi, 
shuning uchun mashinalar va detallar tayyorlashda aniqlikka bo„lgan talab uzluksiz 
oshib bormoqda. Agar yaqin vaqtgacha tarmoq mashinasozligida millimetrni bir 
necha yzli ulushlardagi joizlik doirasida tayyorlangan detallar aniq hisoblansa, 
hozirgi vaqtda esa ba‟zi aniq buyumlar uchun jozligi bir necha mikrometr yoki hatto 
mikrometrni o„nli ulushiga teng bo„lgan detallar talab etilmoqda. Sharikopodshipnik 
detallarini aniqligi oshganda va uni tirqishi 20mkm dan 10 mkm gacha kamayganda 
ishlash muddati 740 dan 1200 soatgacha oshadi. 
Aniqlikni oshishi buyumlar ishlab chiqarish jarayoni uchun ham muhim 
ahamiyatga ega. Tayyorlamalarni aniqligini ortishi mexanik ishlov berishdagi mehnat 
sarfini kamaytiradi, detallarga ishlov berishdagi quyimlar o„lchamlarni kamaytiradi 
va metalni iqtisod etishga olib keladi. 
Mexanik ishlov berish aniqligini oshirish yig„ishda qo„shimcha sozlash ishlarini 
yo„qotadi, detal va qismlarni o„zaroalmashuvchanlik tamoyilini amalga oshirish 
imkonini beradi[7]. 
Mashinasozlikda aniqlik muammosini hal etish uchun texnolog quyidagilarni 
ta‟minlashi kerak: konstruktor talab etayotgan detallarni tayyorlash va mashinani 
yig„ish aniqligini; bir vaqtda tayyorlashdagi yuqori unumdorlik va tejamkorlikka 
erishish orqali amaldagi ishlov berish aniqligini o„lchash va nazorat etish uchun 
kerakli vositalarni; texnologik operatsiyalararo o„lchamlar joizliklarini va 


42 
boshlang„ich tayyorlamalar o„lchamlarini o„rnatish va ularni texnologik jarayon 
bo„yicha bajarilishini. Bundan tashqari, o„rnatilgan texnologik jarayonlarni amaldagi 
aniqligini tadbiq etish va ishlov berish va yig„ishda xatoliklarni paydo bo„lish 
sabablarini tahlil etishi kerak. 
Detalni aniqligi deyilganda chizma talablari yoki namunasiga o„lchamlari, 
geometrik shakli, ishlov beriladigan yuzalarni o„zaro joylashuvini to„g„riligi va ularni 
g„adir-budurlik ko„rsatkichlari bo„yicha mos kelish darajasi tushuniladi. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish