Ishlov berish aniqligiga ta‟sir etuvchi asosiy omillar




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

2.3. Ishlov berish aniqligiga ta‟sir etuvchi asosiy omillar. 
Ishlov berish natijasida olingan detal aniqligi ko„plab omillarga bog„liq bo„ladi 
va qo„yidagilar bilan aniqlanadi: 
-detal yoki ayrim elementlarni geometrik shakldan og„ishi; 
-haqiqiy o„lchamlarni nominalidan og„ishi; 
-detal yuza va o„qlarini o„zaro aniq joylashuvidan og„ishi (masalan, paralellik, 
perpendikulyarlikdan og„ishlar). 
Ishlov berishni mehnat hajmi va tannarxi bevosita talab etilayotgan aniqlikka 
bog„liq bo„ladilar va o„zgarmas boshqa sharoitlarda, aniqlikni oshishiga mos holatda 
tannarxi ham kattalashadi (2.2-rasm). 


46 
2.2-rasm. Detall joizligi va tannarxni orasidagi bog„liqlik 
Ishlab chiqarish sharoitlarida ishlov berish aniqligi ko„plab omillarga bog„liqligi 
sababli, dastgohlarda ishlov berishni erishiladigan emas, balki iqtisodiy aniqlik bilan 
olib boriladi. 
Mexanik ishlov berishdagi iqtisodiy aniqlik me‟yorli ishlab chiqarish 
sharoitlarida, kerakli moslamalar va asboblarni dastgohlarda ishlatish, vaqtni 
me‟yorli ketkazish, etarlicha malakadagi ishchilardan foydalanish orqali minimal 
tannarxda ishlov berish natijasida amalga oshiriladi. 
Erishiladigan aniqlikka ishlov berish tannarxini hisobga olmasdan, ko„p xarajat, 
yqori malakali ishchilardan foydalanish, ko„p vaqt sarflash orqali erishiladi.
Metallqirquvchi dastgohlarda ishlov berish aniqligiga quyidagi asosiy omillar 
ta‟sir ko„rsatadi. 
1. Dastgohlarni geometrik noaniqligi. Ular dastgohni asosiy detallari, qismlarini 
noto„g„ri tayyorlash va yig„ish, detallarni ishqalanuvchan yuzalarni eyilishi, o„qlarni 
o„zaro perpendikulyarligi va paralelligini buzilishi, yo„naltiruvchilar, yurish vintlari 
va boshqalarni noaniqligi yoki nosozligi oqibatida kelib chiqadi. 
2. Kesuvchi asbobni tayyorlash darajasi va uni ish jarayonida eyilishi. 
3. O„lchamga asbobni o„rnatish va dastgohni sozlash noaniqligi. 
4. Ishlov berilayotgan tayyormani moslamaga o„rnatishdagi xatolik. 
5. Ishlov berish jarayonidagi kesuvchi kuch ta‟sirida dastgoh-moslama-asbob-
detal (DMAD) texnologik tizimini etarlicha bikr bo„lmasligi sababli dastgoh detallari, 
moslama, asbob va detalni qayishqoqli deformatsiyalanishi. 


47 
6. Ishlov berish jarayonidagi ishlov berilayotgan detal, dastgoh detallari va 
kesuvchi asbobni isiqlik deformasiyalanishi. Detal materialini ichki kuchlanishlari 
ta‟sirida paydo bo„ladigan deformatsiyalar. 
7. O„lchov asbobini noaniqligi, undan foydalanish, temperatura va hokazolar 
ta‟sirida o„lchamdagi xatoliklar. 
8. Ish bajaruvchini xatoliklari. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlov berish aniqligiga ta‟sir etuvchi asosiy omillar

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish