29
Mahsulot, unda tashkil etuvchisi qismlarini bo„lishi yoki bo„lmasligiga ko„ra,
ikki guruhga ajraladi: noixtisoslashgan tashkiliy qismga ega bo„lmaganlari (detallar):
ixtisoslashganlar ikki va undan ortiq tashkiliy qismlardan iborat (yig„ma birliklar
majmualari
to„lami).Detal-bu bir xil materialdan, yig„ish operatsiyalarini
qo„llamasdan tayyorlangan mahsulotdir.
Yig„ma birlik (uzel)-bu mahsulotni tashkiliy qismi bo„lib, u alohida yig„iladi va
keyichalik boshqa tashkiliy qismlar bilan yig„ish operatsiyalari yordamida
birlashtiriladi. Yig„ma birlikni tashkiliy qismlari o„zaro tayyorlovchi korxonada
yig„ish operatsiyalari orqali birlashtiriladi. Umumiy yig„ish jarayonida bevosita
mahsulotka kiruvchi yig„ma birliklar birinchi tartibdagi yig„ma birliklar deyiladi.
Birinchi tartibdagi yig„ma birliklarga kiruvchi yig„ma birliklarga alohida
detallar, masalan qotiruvchi yig„ma birliklarga ikkinchi tartibdagi yig„ma birliklar
deyiladi (1.1-rasm).
Majmua-tayyorlovchi korxonada yig„ish operasiyalarni bajarish yig„ilmagan
ammo o„zaro bog„liq fuksiyalarni bajarishiga mo„ljallangan ikki va undan ortiq.
To„plam-tayyorlovchi korxonada yig„ish operatsiyalarni yig„ilgan odatda
yordamchi tasnifga ega umumiy qo„llanishdagi mahsulotlar yig„masi ko„rinishidagi
ikki va undan ortiq mahsulotlar kiradi.