O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. Rajabov




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

Piltalash mashinalari. 
Piltalash mashinalarining asosiy ishchi organi-cho„zish 
asboblariga keyingi yillarda keskin o„zgartirishlar kiritildi. Ilgari turli uzunlikdagi 
paxta va kimyoviy tolalarni cho„zishda har xil tizimlardagi cho„zish asboblari 
ishlatilgan bo„lsa, xozir universal cho„zish asbobi samarali ishlatilmoqda.Yangi avlod 
piltalash mashinalarida 800-1000 m/min. pilta chiqarish tezligiga erishilgan. 
Zamonaviy piltalash mashinalarida takomillashtirilgan konstruksiyali 4/3 va5/4 
turidagi cho„zish asboblari qo„llanilmoqda. Ularda uchta, to„rtta,silindr ustida 
tegishlicha 4 va 5 ta valiklar yuk bilan bosilibturadi. Ularning umumiyligi shundaki, 
cho„zish chizig„ida egri maydonlar qo„llanilgan va oldingi silindrda ikkita ustki valik 
joylashtirilganligidan tashqari chiqayotgan ypqa mahsulot pastga bevosita to„plovchi 
lotokli zichlagichga kiritiladi. Ustki valiklarga pnevmatik usulda yuk beriladi. Havo 
bosimi qurilmada doimiyligi ta‟minlanganligi bois yuk miqdori o„zgarmas bo„ladi. 
Shuning uchun bu usul so„ngi paytda keng ko„lamda tarqalib deyarli barcha 
zamonaviy piltalash mashinalarida qo„llanilmoqda. 
Ustki valiklari pnevmatik yuklanadigan mashina to„xtaganda yuk avtomatik 
tarzda olinadi. Har bir valikdagi yuk alohida nazorat qilinib rostlanadi.


19 
Cho„zish asbobining silindrlari parallel yo„nalishda juda aniq qo„yilgan. 
Cho„zuvchi juftliklar qisqichlari orasidagi masofa shkala bo„yicha aniqlanadi va 
shablon talab qilinmaydi.
Tezyurar piltalash mashinalari raqamli boshqariladigan alohida servouzatma 
bilan jihozlangan. Oddiy valikli o„lchagichdan farqli ravishda TRUTZSCHLER 
firmasining maxsus o„lchagichi pilta harakati nazoratini juda aniq amalga oshiradi.
TD-02, TD-03 rusumli piltalash mashinalarida muqobil rostlashni aniqlash juda 
oddiy. Maxsus dastur bilan ta‟minlanishi natijasida bu jarayonni qisman 
avtomatlashtirish mumkin. Bu holda laboratoriyada piltani tekshirib, sinab ko„rish 
talab qilinmaydi (1.7-rasm). 
Zamonaviy piltalash mashinalarida foydalanish koeffitsientining yqoriligi va tez 
o„zgara 
olishi 
mashinaning 
samaradorligini 
oshirib,foydalanish 
qamrovi 
kengaytirilgan. Birinchi o„tim odatda, rostlagichsiz, ikkinchi o„tim mashinalari esa 
rostlagichli qilib ishlab chiqarilmoqda. Mashinadagi hamma uzatmalar cho„zilgan 
piltani 1000 m/min gacha chiqarishtezligiga mo„ljallangan. 
1.7-rasm. Piltalash dastgohining umumiy ko„rinishi. 
Energiyakam sarflanganligi uchun piltalash mashinasi tejamkordir. Reduktordan 
voz kechib bevosita reduktorsiz uzatmalardan foydalanish tufayli piltalash 
mashinasida elektr energiyasini iste‟mol qilish keskin pasaydi. Bir kilogramm pilta 
tayyorlashda energiya sarfi 0,025-0,035 kW. soatni tashkil etadi. Pnevmomexanik ip 
yigirishda bitta o„tim rostlagichli piltalash mashinasini ishlatish tavsiyalari ham 
mavjud. 


20 

Download 8,1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. Rajabov

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish