16
TC-07, TS-11 (TRUTZSCHLER firmasi), S 60, S 70 (RIETER firmasi) va S-601,
S-701 (MARZOLI firmasi) rusumdagilari bir qator afzalliklarga ega. Bular –
ta‟minlash bunkerining ko„p qismliligi, ta‟minlash stolchasining silindr ustida
joylashib, unga ta‟minlash silindrining pastdan yuqoriga bosilib turishi, qabul
barabanining uchtaligi, asosiy tarash doirasining uzaytirilganligi, qo„zg„almas
tarovchi
segmentlarning
qo„llanilishi,
avtorostlagichlarning
takomillashgani,
sensorlarning qo„llanilishi kabi konstruktiv hamda texnologik xususiyatlardir.
Ushbu
afzalliklar tarash mashinasining yuqori unumdorlikda ishlashi va taralgan piltaning
talab darajasida bo„lishini ta‟minlaydi (1.5-rasm).
1.5-rasm. Tarash dastgohining ko„ndalang qirqim ko„rinishi.
Qalpoqchali tarash mashinalarida katta o„lchamdagi toslardan foydalanib,
piltalash o„timida texnologik to„xtashlarni kamayishi xisobiga foydali vaqt
koeffitsenti va mashina unumdorligi oshirilgan[3].
Qayta tarash mashinalari.
Qayta tarash mashinalarining davriy usulda
ishlaydiganlari paxtani yigirish texnologik jarayonlarida qo„llanilib,
ular bir biridan
ta‟minlovchi mahsulot-xolstchalar soni, tomonlar soni, chiqaruvchi organlar soni,
ishchi organlarning qo„zg„aluvchanligi bilan farqlanadi. Qayta tarash mashinalari bir
tomonlama va ikki tomonlama bo„lishi, xolstchalar soni bir tomonlamasida 4 ta, 6 ta,
8 ta, ikki tomonlamasida esa 12 ta, chiqaruvchi organlar
soni konstruksiyasiga qarab
17
bitta yoki ikkita, ishchi organlari-qisqichlar ajratuvchi mexanizmning qo„zg„aluvchan
va qo„zg„almasligi bilan farqlanadi (1.6-rasm).
Qayta tarashda ajratiladigan tarandi miqdori asosan yigiriladigan ipning chiziqli
zichligiga, ishlatilishiga qarab o„rta tolali paxta uchun 15% gacha, uzun tolali paxta
uchun 30% gacha bo„lishi mumkin.Qayta tarash iplarini yigirish uchun,
odatda paxta
tolasining 1; 1a; 1b; 2; 3 tiplaridan foydalaniladi. O„rtacha chiziqli zichlikdagi qayta
taralgan iplarni tayyorlashda 4, 5 tiplarga mansub birinchi navli o„rta tolali paxta ham
ishlatiladi. Bulardan tashqari kimyoviy shtapeli tolalarni paxtaga qo„shib ishlatib
qayta tarash iplari tayyorlash ham keng tarqalgan.
1.6-rasm. Tarash dastgohi ko„rinishi.
Qayta tarash texnika va texnologiyasining takomillashuvi natijasida o„rta tolali
paxtaning o„zidan tannarxi past, xaridorgir qayta taralgan
iplar yigirish xajmi
ortmoqda. Mahsulot qayta tarashga qanchalik sifatli tayyorlansa, qayta tarash
jarayoni shunchalik yaxshi o„tadi, tarandi kam chiqadi, qayta taralgan piltaning
miqdori ortadi.
Dunyo to„qimachilik korxonalarida Marsoli (Italiya), Xova, Tayota (Yaponiya),
Uayting
(AQSH),
Trychler
(Germaniya),
Riter (Shveysariya)
firmalarining
piltabirlashtiruvchi mashinalari xolstcha shakllantirishda samarali ishlatilmoqda.
Ularda 24, 32 ta gacha pilta qo„shilib og„irligi 25-28 kg xolstcha olinadi.
Paxta tolasini qayta tarashda asosan davriy ishlovchi bir tomonli mashinalar
ishlatilmoqda. Qisqichlari uzluksiz harakatlanuvchi mashinalar E-65, E-66, E-75,
E-80 «Rieter» (Shveysariya); TSO-1 «TRUETZSCHLER» (Germaniya); MC1,
CM-500N«Marzolli» (Italiya); «Hova» (Yaponiya).
18
Tarandi miqdorini tanlashda ko„pincha yigirilgan ipning ishlatilish sohasi
e‟tiborga olinadi. Agar ip mashina tikuv, poyabzal tikuv va maxsus iplarni
tayyorlashga ishlatiladigan bo„lsa, tarandi miqdori 20 %dan oz bo„lmasligi va o„rta
tolali
paxtadan ip tayyorlansa, tarandi miqdori 16 % atrofida bo„lishi lozim. Qayta
tarash mashinasida rusumiga qarab bir vaqtning o„zida 4, 6, 8 yoki 12 ta xolstchaga
ishlov berilib, ulardan bitta yoki ikkita pilta shakllantiriladi.
Tarab ajratilgan kalta tolalar va yumshoq nuqsonlar tozalovchi valik yordamida
ajratilib perfobaraban sirtiga so„rilib yig„iladi va umumiy chiqindi tashish tizimiga
uzatiladi. Qayta taralgan tolalar cho„zish asbobida cho„zilib
pilta shakllantiriladi va
pilta taxlagich yordamida tosga joylanadi. Ingichka tolali paxta ishlatilganda 25
foizgacha qayta tarash tarandisi ajratiladi.O„rta tolali paxta ishlatilganda tarandi
miqdori8-10 foizgacha kamayadi.