Ta‟lim jarayonini loyihalash ketma-ketligi, qonuniyatlari va tamoyillari




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana13.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#45219
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi a
loyihalash 4- kurs test, MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI, Raqamli qurilmalarni lоyihalashga kirish fani nazorat va test savollari(1), goshtmasja, 2, 123, Иқрорбекка (2), 8, 5, BOZOR, Mustaqil ish Mavzu Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.-fayllar.org, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar-fayllar.org, 6-Mavzu Superkompyuterlar va ularning xususiyatlari. Reja Supe, Umumiy fizika fan dasturi (KI AT serviz)
2.2. Ta‟lim jarayonini loyihalash ketma-ketligi, qonuniyatlari va tamoyillari
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta‟lim jarayonini samarali tashkil 
etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta‟minlashga erishish masalalari yetuk 
mutafakkirlar hamda ilg„or pedagoglarning diqqat-e‟tiborlarini jalb etib kelgan. 
Yosh avlod ta‟lim tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari o„z davrida Abu Ali 
ibn Sino, Mirzo Ulug„bek, Yan Amos Komenskiy, Dmitriy Konstantinovich 
Ushinskiy, Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Abduqodir Shakuriy va 
boshqalar tomonidan o„rganilgan. 
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, texnika va 
ishlab chiqarish sohalarida ro„y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat 
jihatidan keskin o„sib borishi o„z- o„zidan o„quvchilarga ular borasida tezkor 
sur‟atda va batafsil ma‟lumotlar berishni kun tartibiga qo„ymoqda. Ushbu 
talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy 
bilimlarni o„zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo„lgan ta‟lim jarayonida amalga 
oshiriladi. Ta‟lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o„quv 
manbalari (o„quv dasturi, rejasi, darslik, qo„llanmalar) saviyasi, shuningdek, 
pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog„liqdir. 
Ta‟lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo„llashda o„quv 
dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda qo„llanmalarning zamonaviy 
talablar asosida yaratilganligi, o„quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy 
xususiyatlariga 
ko„ra 
yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, 


33 
mashg„ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart-
sharoitlarning mavjudligi, o„qituvchi hamda o„quvchilar o„rtasida ijobiy, samimiy 
munosabatlarning qaror topishi kabi masalalar inobatga olinadi. 
Ta‟lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo„llashning 
yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta‟limiy jarayonni oldindan loyihalash, 
o„quvchilar tomonidan o„zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko„nikma va 
malakalar darajasini tashhislash hamda ta‟lim maqsadining muvaffaqiyatli 
natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir.
Ayni vaqtda pedagogik yo„nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot 
institutlari, xalq ta‟limi muassasalari va oliy o„quv yurtlari oldida o„quv jarayonini 
loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o„quv muassasalarida shakli, metod va 
vositalaridan qat‟iy nazar tashkil etiladigan ta‟lim jarayoni uchun birdek xizmat 
qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada muayyan 
muvaffaqiyatlar ham qo„lga kiritilgan, ular to„g„risidagi ma‟lumotlarga biz 
pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi
B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov 
va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo„lishimiz 
mumkin. Quyida biz yuqorida nomlari keltirilgan pedagog olimlarning nazariy 
qarashlariga tayangan holda ta‟lim jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy 
mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz. 
Muayyan o„quv mashg„uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi 
bosqichlardan iborat bo„ladi: 
1-bosqich. Ta‟lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o„quv 
predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir 
manbalarni o„rganish, chunonchi, materiallarni yig„ish va ularning g„oyasi 
(mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g„oyalarni umumlashtirish, 
turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O„quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar 
mohiyatini o„rganib chiqish o„qituvchi uchun o„quvchilar e‟tiboriga taqdim 
etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal 


34 
ma‟lumotlarni bera olish, ta‟limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini 
beradi. 
2-bosqich. Ikkinchi bosqich o„quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) 
yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida 
kichik bo„lim (band)lar bo„yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, 
ta‟lim maqsadiga erishish yo„lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo„lgan vazifalarni 
ishlab chiqishga yo„naltiriladi.
Ta‟lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o„qituvchi, 
shuningdek, o„quvchilar faoliyatini muayyan yo„nalishga solish, ta‟lim maqsadiga 
erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta‟lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin 
bo„lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart- 
sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi 
o„quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo„yicha yagona, umumiy hamda 
xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi. 
3-bosqich. Ta‟lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta‟lim 
maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda, o„quv jarayonining mazmunini ishlab 
chiqishdan iboratdir.
Ta‟lim jarayoni o„quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi 
muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo„yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini 
ifoda etish imkonini beradi. Ta‟lim mazmunida, shuningdek, o„quvchilar 
tomonidan o„zlashtirilishi lozim bo„lgan tushuncha, ko„nikma hamda 
malakalarning hajmi ham o„z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta‟lim 
mazmunining g„oyaviy jihatdan mukammalligi o„quvchilar tomonidan muayyan 
bilim, ko„nikma va malakalarning o„zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. 
Uchinchi bosqich samarasi o„quvchilar tomonidan ma‟lum tushunchalarning 
o„zlashtirilishi, 
ko„nikma 
va 
malakalarning 
shakllanishini 
ta‟minlovchi 
shartlarining ishlab chiqilganligida namoyon bo„ladi. 
4-bosqich. Ta‟lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan, 
to„rtinchi bosqichda mashg„ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi 
harakatlar amalga oshiriladi.


35 
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg„ulot shakli, metod 
va vositalari ta‟lim jarayonining muvaffaqiyatini ta‟minlanishiga olib keladi. Ular 
yordami bilangina o„quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi 
nazariy bilimlar o„quvchilarga uzatiladi, o„quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar 
qabul qilib olinadi. Muayyan mashg„ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, 
metod va vositalarning belgilanishi ta‟lim jarayonining qariyib 90 foizlik 
muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan 
mana shu bosqichda ochib beriladi. O„quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr 
yuritishga yo„naltiruvchi ta‟lim shakli, metod va vositalarining to„g„ri tanlanishi 
mashg„ulotlarning 
qiziqarli, 
bahs-munozaralarga 
boy 
bo„lishi, 
ijodiy 
tortishuvlarning yuzaga kelishiga turki beradi. Mana shu holatdagina o„quvchilar 
tashabbusni o„z qo„llariga oladilar, o„qituvchining zimmasida esa ularning 
faoliyatini ma‟lum yo„nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qilish, 
murakkab vaziyatlarda yo„l-yo„riq ko„rsatish, maslahatlar berish hamda ular 
faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi. 
5-bosqich. Navbatdagi (beshinchi) bosqichda o„quvchilar tomonidan bilim
ko„nikma va malakalarning o„zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt 
hajmi, ya‟ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma‟lum tushuncha, 
ko„nikma va malakalarning o„quvchilar tomonidan qancha vaqt oralig„ida 
o„zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi. 
6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. 
Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizimining 
samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti 
hisoblanadi.
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimining quyidagi guruhlarga 
bo„lish maqsadga muvofiqdir:
a) mashg„ulot jarayonida o„quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) 
lozim bo„lgan mashqlar;
b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko„zda tutilgan mashqlar (uy 


36 
vazifalari).
O„quvchilar e‟tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to„ldirishi, 
o„zaro aloqadorlik, bog„liqlik va eng muhimi evolyutsion xususiyat kasb eta olishi 
lozim. 
7-bosqich. Ta‟lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida 
o„quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish 
kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to„g„ri bo„lgan test tizimining ishlab chiqilishi 
o„quvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni 
o„zlashtirish, shuningdek, amaliy ko„nikma va malakalarni shakllantira olganlik 
darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab 
chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uyg„un bo„lishlariga 
ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. 
8-bosqich. Ta‟lim jarayonini loyihalashning so„nggi bosqichi yaratilgan 
loyiha (andoza)ni ta‟lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta‟lim jarayonining yakuniy 
darajasi (samaradorligi)ni o„rganish bilan nihoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta‟lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq 
hamda yo„l qo„yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, 
navbatdagi mashg„ulotlar jarayonida sodir bo„lgan kamchiliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. 
Bildirilgan 
fikrlardan 
anglanganidek, 
har 
bir 
bosqichda 
amalga 
oshirilayotgan vazifalar o„rtasida muayyan izchillik mavjud bo„lib, u ta‟lim 
jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi.
Ta‟lim jarayonini loyihalashda har bir holatning puxta bajarilishiga erishish 
amaliy faoliyat (o„quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta‟minlashga olib keladi. 
Uzluksiz ta‟lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning 
asosiy 
yo„nalishlaridan 
biri 
ta‟lim 
jarayonini 
texnologiyalashtirishdan 
iboratligi 
ta‟kidlab 
o„tildi. 
Ushbu 
jarayonning 
samaradorligini ta‟minlashda quyidagi shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga 
ega: 


37 
1) o„qituvchilar tomonidan zamonaviy ta‟lim texnologiyalarini ta‟lim 
amaliyotida faol qo„llanilishi; 
2) rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta‟limi amaliyotida qo„llanilayotgan 
zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo„lish.
U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
- loyihani yaratish (1); 
- o„quvchilar faoliyatini tashhislash (2);
- pedagogik jarayonni tashkil etish (3),
- pedagogik jarayonning samarali kechishini ta‟minlash (4); 
- o„quvchilar faoliyatini nazorat qilish (5)ni o„z ichiga oladi. 
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o„qituvchi va o„quvchi faoliyatlarining 
mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta‟lim 
jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, 
ya‟ni, ta‟lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo 
etadi. O„qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta‟lim jarayonini loyihalash 
alohida ahamiyatga ega. Har bir o„quv kursini o„rganish alohida mavzu va 
bo„limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyot mohiyatini 
tahlil etish natijasida ta‟lim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari 
ajratildi. Umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida ta‟lim jarayonini loyihalash ikki 
darajada: 
a) o„qituvchi faoliyati darajasida (ta‟lim jarayonining alohida qismlarini 
loyihalash);
b) ta‟lim menedjeri faoliyati darajasida (ta‟lim jarayonini yaxlit loyihalash) 
amalga oshiriladi. 
Ushbu tarkibiy qismlarning dastlabki to„rttasi o„qituvchi faoliyati va uning 
boshqaruvi, beshinchisi esa bevosita o„qituvchi va maktab ma‟muriyati 
boshqaruvini ifodalaydi.
Ta‟lim jarayonini loyihalash doirasida o„quvchilar faoliyatini nazorat qilish 
muhim o„rin tutadi. Shu bois nazorat jarayonini loyihalash ham o„qituvchidan 
alohida malakali yondoshuvni talab etadi.


38 
Loyihalash pedagogik faoliyatning murakkab ko„rinishi bo„lib, uni amalga 
oshirishda ta‟lim jarayonining muhim qonuniyatlari inobatga olinishi zarur.
Uzluksiz ta‟lim tizimining barcha turlarida ta‟lim jarayonini loyihalashda bir 
qator tamoyillariga tayaniladi. Ayni o„rinda, dastlab, «tamoyil» tushunchasining 
mohiyatini anglab olish zarur. 
Tamoyil (lot. principium – boshlang„ich, asos) - muayyan nazariya, fan, 
dunyoqarash, ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hokazolarning asosiy boshlang„ich holati 
ma‟nosini anglatadi. Bu tushuncha, shuningdek, ma‟lum faoliyatning yetakchi 
g„oyalari, asosiy qoidalari sifatida ham keng qo„llaniladi.
Ta‟lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondashuv, faoliyat 
tuzilmalarini aniqlovchi me‟yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini 
bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me‟yoriy, balki tavsifiy vazifani ham 
bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida 
tavsiflanadi.Ta‟lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular 
orasidagi 
aloqalar 
ham 
modellashtiriladi. 
Tizimlilik 
tizimlashtiriluvchi 
elementlarni ajratish va ular orasidagi aloqalarni ifodalash orqali ta‟lim jarayonini 
yaxlit holda loyihalashga xizmat qiladi.
Ta‟lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarning nazariy 
asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo„llashga zamin 
tayyorlaydi. 

Download 0.67 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ta‟lim jarayonini loyihalash ketma-ketligi, qonuniyatlari va tamoyillari

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish