Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana13.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#45219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi a
loyihalash 4- kurs test, MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI, Raqamli qurilmalarni lоyihalashga kirish fani nazorat va test savollari(1), goshtmasja, 2, 123, Иқрорбекка (2), 8, 5, BOZOR, Mustaqil ish Mavzu Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.-fayllar.org, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar-fayllar.org, 6-Mavzu Superkompyuterlar va ularning xususiyatlari. Reja Supe, Umumiy fizika fan dasturi (KI AT serviz)
1.2. Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni 
amalga oshirish bosqichlari 
Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. 
Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash 
ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 
Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi 
aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt 
ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon 
qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni 


22 
mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. 
Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, 
o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars 
vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy 
fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini 
tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib 
chiqiladi. 
Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga: 
– 
fanning 
turli 
sohalaridagi 
bilimlarni 
bir 
butun 
holga 
keltirib, 
muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish; 
– 
faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari 
stjrish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
aniqlash; 
– 
o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, 
yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va 
to'g'rilash; 
– 
turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash); 
– 
jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida 
qatnashishga rag'batlantiradi. 
Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning 
vazifasi: 
– 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni 
bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni 
belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish. 
O'qituvchining vazifasi: 
– o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun 
sharoit yaratish. 
Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, 
talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab 


23 
chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil etishning 
texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni mufassal 
rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini rejalashtirishni 
o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos xususiyatlari mavjudki, 
ularni, albatta, hisobga olish zarur. 
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda 
qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni 
bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha 
tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi. 
Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o'z ustida 
tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi. 
Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob‟yektini 
aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini 
qanday bo'lishini belgilaymiz. 
1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini 
kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, 
qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi 
taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni 
to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha 
ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi. 
2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz. 
3. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat 
rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga 
asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan 
tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik 
rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi. 
4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi. 
Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin
yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad 
birlashtiradi. 


24 
Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. 
Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib 
qo'yiladi. 
5. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga 
bo'linsa, uni harr^muddatlari bilan ko'rsatiladi. 
6. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari: 

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish