• Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
  • I BOB. ZAMONAVIY SHAROITDA O„QITISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHALASH METODI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI
  • Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/19
    Sana13.03.2023
    Hajmi0.67 Mb.
    #45219
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi a
    loyihalash 4- kurs test, MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI, Raqamli qurilmalarni lоyihalashga kirish fani nazorat va test savollari(1), goshtmasja, 2, 123, Иқрорбекка (2), 8, 5, BOZOR, Mustaqil ish Mavzu Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.-fayllar.org, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar-fayllar.org, 6-Mavzu Superkompyuterlar va ularning xususiyatlari. Reja Supe, Umumiy fizika fan dasturi (KI AT serviz)
    Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi: 
    tadqiqot 
    mavzusiga 
    oid 
    ilmiy-falsafiy, 
    psixologik-pedagogik 
    adabiyotlar, o`quv-metodik qo`llanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish
    pedagogik kuzatuv; 
    pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish; 
    tadqiqot mavzusi bo`yicha suhbatlar tashkil etish; 
    tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
    Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati: to`plangan tajriba materiallarini 
    tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashish asosida ta'lim muassasalarida 
    dars jarayonida loyihalash metodini qo„llash va uning samaradorligini oshirish 
    yo`llari belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan 
    hamda samaradorligini ta‟minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar 
    bo„yicha ma‟ruzalar tayyorlash, qo„llanmalar yaratish, shuningdek metodik 
    tavsiyanomalar 
    yaratishda, 
    ish 
    tajribalarini 
    ommalashtirishda 
    samarali 
    foydalanishga xizmat qiladi.
    Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 6 
    bo`lim, 2 ta jadval, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar 
    ro`yhatidan iborat bo`lib, jami 63 sahifani tashkil qiladi. 



    I BOB. ZAMONAVIY SHAROITDA O„QITISHNI 
    TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHALASH METODI 
    IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI
     
    1.1. O„qitish jarayonida dars o'tish metodlarini dolzarbligi va uni tanlash 
    mezonlari 
    O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 
    avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g„oyalari amaliyotga keng 
    ko„lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim 
    to„g„risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol 
    shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati 
    to„laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir 
    bosqichi o„zida ta‟lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga 
    ko„tarish, shu bilan birga jahon ta‟limi darajasiga yetkazish borasida muayyan 
    vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning birinchi 
    bosqichi (1997-2001 yillar)da «... o„quv-uslubiy majmualarning hamda ta‟lim 
    jarayonini didaktik va axborot ta‟minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy 
    etish», ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da „... ta‟lim muassasalarining moddiy-
    texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o„quv-tarbiya 
    jarayonini yuqori sifatli o„quv adabiyotlari va ilg„or pedagogik texnologiyalar 
    bilan ta‟minlash» hamda uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... 
    ta‟lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada 
    mustahkamlash, o„quv-tarbiya jarayonini yangi o„quv-uslubiy majmualar, ilg„or 
    pedagogik texnologiyalar bilan to„liq ta‟minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal 
    etilmog„i lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir 
    omilning mavjudligi, ya‟ni, uzluksiz ta‟lim tizimi xodimlari, pedagog-o„qituvchilar 
    tomonidan zamonaviy ta‟lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari 
    hamda ularni ta‟lim jarayonida samarali qo„llay olishlari, shuningdek, ta‟lim 
    jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim 


    10 
    ahamiyat kasb etadi. 
    O„qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o„qitishga yo„naltirilgan 
    mashg„ulotlar jarayonini noan‟anaviy shakllarda tashkil etish, ta‟lim jarayonini 
    mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona 
    foydalana olish ko„nikmalariga ega bo„lishi ta‟lim oluvchilar tomonidan nazariy 
    bilimlarni puxta, chuqur o„zlashtirilishi, ularda amaliy ko„nikma va malakalarning 
    hosil bo„lishining kafolati bo„la oladi.
    Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli 
    kechishini ta‟minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni 
    loyihalashda: 
    1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish; 
    2) natijalarni oldindin ko„ra bilish; 
    3) rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi 
    vazifalar bajariladi.
    Bu bosqichida o„qituvchining mustaqil, shu bilan birga o„quvchi bilan 
    hamkorlikda o„quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida 
    loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o„rin tutadi. 
    O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida 
    o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan 
    metodni qo'llab o'tkazaversa bo'ladi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator 
    ob‟yektiv va subyektiv sababiar, mavjud sharoit salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
    Psixologiya, pedagogika bo'yicha o'quv va ilmiy adabiyotlarda dars o'tish 
    metodini tanlashga ta'sir qiluvchi juda ko'p omillar ko'rsatiladi. «Metodika 
    prepodavaniya ekonomicheskix distsiplin» kitobi mualliflarining fikricha ta'lim 
    metodini tanlash yoki aniqfashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib 
    ko'rsatish mumkin.
    2
    Bular: 
    1. O'qitishning qonuniyatlari va tamoyillari. 
    2. Fanning mazmuni va o'rganish metodi, jumladan, uning predmeti va 
    2 Н.Ходжаев, П.З.Хошимов. Т.Т.Джураев, О.Б.Гимранова. Методика преподавания 
    экономических дисциплин. Т.: 2004, стр. 16. 


    11 
    mavzulari. 
    3. O'qitishning maqsadi va vazifalari. 
    4. Talabalarning 
    o'quv 
    imkoniyatlari 
    (yoshi, 
    tayyorgarlik 
    darajasi, 
    guruhning xususiyatlari). 
    5. Tashqi sliaroitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit). 
    6. O'qituvchilarning imkoniyatlari. 
    Turli-tuman omillarning dars o'tish metodini tanlashdagi o'rinlarini ierarxik 
    tarzda joylashtiradigan bo'lsak. ko'pchilik psixologlar va pedagog olimlaming 
    fikricha. birinchi o'rinda ta'limning maqsadi turadi. Aynan dars o'tish maqsadida 
    biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo'lgan natija 
    belgilanadi. Ikkinchi o'rinda ta'limning motivatsiya darajasi turadi. 
    Motivatsiya – bu biologik jihatdan insonning irsiy va to'plangan tajribasi 
    asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan, 
    undaydigan tuyg'u. Insonni o'qishga o'rganishga ham ana shu tuyg'u undaydi. 
    Subyektiv nuqtayi nazardan esa motivatsiya birinchi o'rinda turadi. O'qituvchi dars 
    o'tish metodini tanlar ekan, albatta, o'quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga 
    e'tibor berish kerak. Dars o'tish metodini tanlaganda ta'lim qonuniyatlari va 
    prinsiplarini realizatsiya qilishni nazardan qochirmaslik kerak (qonuniyat – 
    ob‟yektiv amal qiluvchi hodisalarning muhim aloqadorligi, bog'lanishlari va 
    ularning qonunlari, qonuniy asosda tabiiy ravishda o'z-o'zidan kelib chiquvchi 
    muqarrar ish, hodisa va boshqa shu kabilar). Har bir fanni o'rganishda dars o'tish 
    metodlari ta'lim qonuniyatlaridan, didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda 
    tanlanadi. XV-XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga 
    faqat o'qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatida 
    qaraganlar. Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi: 
    – 
    ta'lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi; 
    – 
    ta'lim va tarbiya jarayoni hamda o'quvchi – talabalar tafakkurini 
    rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog'langan; 
    – 
    o'qitish va o'rganish jarayonlari yaxlit ta'lim jarayoni, muayyan ta'lim 
    mazmuni bilan bir-birini taqozo etadi va ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil 


    12 
    etadi; 
    – 
    o'quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o'rgatish uni shu faoliyatga 
    maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi
    – 
    o'qitish maqsadi va o'quv yurti ta'lim mazmuni, o'qitish metodlari va 
    shakllari o'rtasidagi qonuniy bog'liqlik; 
    – 
    o'quv jarayoni o'quvchi - talaba maqsadining o'qituvchi maqsadiga 
    muvofiq bo'lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'zlashtirishi 
    lozim bo'lgan mazmuniga mos bo'lishi shart; 
    – 
    ta'lim mazmunini o'zlashtirish sur'ati va puxtaligi, o'qituvchi tomonidan 
    amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga, o'quvchi, talabalarni bilishga 
    bo'lgan qiziqishini ta'minlash; 
    – 
    ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o'zlashtirishi 
    mumkin bo'lgan o'quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi; 
    – 
    o'zlashtirilgan o'quv materiali mazmunining puxtaligini ta'minlashda 
    mavzuni to'liq yoki qisman takrorlash. 
    O'quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foydalanishlari 
    didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog'liqdir. Albatta, dars o'tish metodlarini 
    tanlayotganimizda fanni o'rganishga qo'yilgan talablar va fanning mazmuniga 
    alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o'zlashtirishda yaxshi natija bergan metod 
    boshqa fanga talabalarni chuqur o'zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi 
    mumkin. Shuning uchun ham dars o'tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning 
    xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim. 
    Fanni o'rganishda o'quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim 
    rol o'ynaydi. Demak – dars o'tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham 
    hisobga olish lozim. Masalan, oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, 
    akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o'rganishda 
    abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o'ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va 
    boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o'rganishga katta yordam beradi. 
    Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim. Dars o'tishda qanday metodni 
    tanlash o'rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o'rganiladigan mavzularga 


    13 
    bog'liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosiy rol 
    o'ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. 
    Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o'zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala-
    mashq yechishda ko'proq tushunarli bo'ladi. 
    Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o'quvchi-talabalarning 
    o'rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi. Guruhda talabalarning bilim 
    darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni 
    qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim 
    darajasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi 
    metodlarni tanlagan ma'qul. 
    Dars o'tish qiyin bo'lgan guruh talabalarning bilim darajasi bir-biridan 
    keskin farq qiladigan guruhdir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar 
    boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o'zlashtirishga ko'maklashadigan 
    metodlarni ko'proq tanlashga to'g'ri keladi. 
    O'qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham 
    hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini 
    oshiruvchi, fanni o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi metodlarni qo'llash zarur. Bunda 
    modellashtiruvchi o'yin turli qiziqarli masliqlar, konkurslar o'tkazish, talabalarga 
    individual 
    topshiriqlar 
    berish, 
    aytaylik, 
    biron 
    iqtisodiy 
    ko'rsatkichlarni 
    o'zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi flkrlashlar bilan kechadi. 
    Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o'z ustida mustaqil 
    ishlashlarini ta'minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko'proq bilishga 
    undovchi metodlarni qo'llash muhim. Dars o'tish metodining ustun darajada 
    bajaradigan funksiyalari. Ta'lim berish ko'zda tutilsa bir xil, olingan bilimni 
    nazorat qilish lozim bo'lsa boshqa xil metod qollash zarur. Suningdek, olinadigan 
    bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko'ra metod tanlash" muhim ahamiyatga 
    ega. Dars o'tish metodini tanlashda ta'lim berish muddatini ham hisobga olish 
    zarur. Ma'lumki. vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun 
    talabalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o'rgatish zarur. Fanni o'rganishga 
    umumiy qancha vaqt berilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga 


    14 
    qarab, dars o'tish zarur. Shubhasiz, dars o'tish metodlarini tanlashda moddiy-texnik 
    baza, o'qitishning tashkiliy shart-sharoitlari ham muhim o'rin tutadi. Shuning 
    uchun o'qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga 
    erishish uchun o'rganilishi zarur bo'lgan asosiy savollarga ko'proq vaqt ajratishi, 
    sliunga muvofiq dars o'tish metodini tanlash va uni o'tkazishni rejalashtirishi zarur. 
    Dars o'tish metodini tanlashga ta'sir etadigan yana bir omil darsning shakli 
    va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni. amaliy darsda ham 
    qo'llash kutilgan natijani bermaydi. O'qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar 
    soni ham katta rol o'ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilgan 
    metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman 
    qo'llash qiyin bo'ladi. 
    Dars jarayonida qo'llaniladigan metodni tanlashda o'qituvchi bilan talabalar 
    o'rtasida o'quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o'zaro hamkorlikka 
    diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o'tish metodini tanlashda eng 
    muhim omil bu o'qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi 
    metodni qo'llash. qanday qilib dars o'tish, darsning mazmuni talabalar ongiga 
    yetkazish o'qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko'nikmasi. mahoratiga 
    bog'liq. Yuzaki qaraganda dars o'tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni 
    qanday qo'llash uchun o'qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo'ldi, 
    deya fikr yuritamiz. Lekin ko'rib o'tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga 
    ko'plab omillar ta'sir qiladi. 
    Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta'sir qilishi 
    mumkinki, uni avvaldan ko'rib, hisobga olib bo'lmaydi. Dars o'tishda samarali 
    metodlarni qo'llash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul 
    qilingan mezonlar bo'yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan 
    metodlarni qo'llash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turli-
    tuman bo'lishi mumkin. 
    Dars o'tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o'rganilishi, uni 
    mustahkamlash. mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta 
    rol o'ynaydi. Mavzuni o'rganish uchun metod tanlashda komterdan foydalanish 


    15 
    katta imkoniyatlarga ega. Dars o'tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo'lib, 
    o'qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o'rganish uchun 
    kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq 
    metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari bo'lib. ular so'zsiz 
    o'qituvchiga dars o'tish metodini tanlashda katta yordam beradi. 
    Fanlarni o'qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilayotgan metodlardan biri 
    talabalar guruhlarini juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars 'tishdir. Bu uslubda 
    asosiy mas'uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga 
    qaratiladi. Ilg'or mamlakatlar, shuningdek, mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi 
    kichik guruhlar tufayli ta'lim oluvchilar o'rtasida ancha mustahkam munosabat 
    o'matilishini ko'rsatadi. 
    Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish: 
    1) o'quvchi-talabalarni 
    hamkorlikda 
    ishlashga, 
    bilish 
    jarayonini 
    faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, boshqalarning fikrini 
    eshitishni o'rgatadi; 
    2) berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o'rtoqlari tomonidan 
    bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo'ladi; 
    3) savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni 
    o'rganadilar; 
    4) ta'lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga yordam 
    beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so'rab o'rganish imkoniyati yaratiladi. Ta'lim 
    oluvchilar bilimini o'zaro hamkorlikda boyishini ta'minlaydi; 
    5) tortinchoq talabalar o'z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish 
    imkoniyatiga ega bo'ladilar; 
    6) qobiliyatli, iqtidorli o'quvchi-talabalar o'z qobiliyatlarini namoyish qilish, 
    boshqalarga yordam berish, ularga o'rgatishlari va ulardan ham nimanidir 
    o'rganishlari mumkin; 
    7) kichik guruhlarda ishlash har bir o'quvchi-talabaga, o'zini guruhning bir 
    bo'lagi 
    sifatida 
    his 
    qilish, 
    bir-birlarining 
    muvaffaqiyatlarini 
    ko'rsatishga 
    o'rganadilar. 


    16 
    Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish samarali bo'lishi uchun quyidagi 
    qoidalarga amal qilish zarur: 
    1. Dars materialini o'zlashtirish jarayonida talabalar jamoa bo'lib ishlashi 
    kerak. 
    2. Har bir guruhda albatta a'lochilar bo'lishi, kichik guruh tarkibi aralash 
    bo'lgani (qizlar, yigitlar) ma'qul. 
    3. Butun guruh va alohida talabani taqdirlash tizimi ko'zda tu- tilgan bo'lishi 
    lozim. 
    Tadqiqotlar yana shuni ko'rsatadiki, o'quvchi, talabalarni kichik guruhlarga 
    bo'lib dars o'tishni tashkil etishning o'zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga 
    erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag'batlantirish va shaxsan 
    mas'uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish 
    kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag'batlantirish yetarli bo'lmasa, guruh 
    a'zolari o'z o'rtoqlari o'tilayotgan darsni o'zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay 
    qo'yadi. Guruhlami kichik guruhlarga bo'lishni qanday qoidalar yoki tamoyillar 
    asosida amalga oshirish lozim, guruhlar qanday tuzilganda yuqori samara beradi 
    degan savolga aniq javob, universal qoida yo'q. Guruhlami kichik guruhlarga 
    bo'Iishda: 
    a) qo'yilgan ta'lim maqsadlari, shakli, natijasi; 
    b) beriladigan topshiriq, texnologik xarita bo'yicha qo'llashni mo'ljallagan 
    ta'lim metodi va usullarini hisobga olishimiz kerak. 
    O'quvchi-talabalarni 
    kichik 
    guruhlarga 
    bo'Iishda 
    tasodifiy 
    belgidan 
    foydalanishimiz mumkin: 
    – 
    auditoriyada joylashganliklariga qarab bo'lib chiqish mumkin. 
    O'qishdagi natijalarga ko'ra: 
    – 
    baravarlashtirish guruhi sifatida tashkil qilinganda, kichik gumhlarga turli 
    darajada o'qiydigan talabalar birlashtiriladi; 
    – 
    qo'llab-quwatlash va rivojlantirish guruhi tarzida tashkil qilinganda, 
    iqtidorli talabalar, o'qish darajasi nisbatan pastroq guruhlarga ajratiladi. 
    Bajariladigan topshiriqqa ko'ra juftlik, 4-5 kishidan iborat yoki undan ko'p 


    17 
    o'quvchi-talabalardan tashkil topgan guruhlarga bo'lish mumkin. 
    Kichik guruhlami faoliyat ko'rsatishi vaqti, bir topshiriqni bajarguncha amal 
    qiladigan guruhlar, bir necha mashg'ulot mobaynida birgalikda ishlaydigan 
    guruhlar, tarkibi o'zgarib turuvchi guruhlar tarzida tashkil etish mumkin. 
    Kichik guruh a'zolarining majburiyatlari. Kichik guruhning har bir a'zosi: 
    – o'rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi; 
    – guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo'yin 
    tortmasligi kerak; 
    – zarurat bo'lganda yordam so'rashi; 
    – undan yordam so'rashganda, boshqalarga o'z yordamini berishi; 
    – guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi; 
    – o'zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi; 
    – topshiriqni bajarishda. aniq vazifalarini bilishi kerak.
    Har bir kichik guruhning yetakchisi tayinlangani ma'qul. Ularni passiv, o'z 
    fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o'zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash 
    mumkin. Yetakchi turli funksiyalarni bajarishi mumkin, kichik guruh a'zolarining 
    topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim. Yetakchilar guruhning har bir a'zosini 
    individual hissasini, rolini ko'rsatib berishlari kerak. Iloji boricha barcha o'quvchi-
    talabalarni yetakchi rolida sinab ko'rgan ma'qul. Kichik guruhlarga bo'linib dars 
    o'tish uslubining bir necha modellari variantlari mavjud. Ular talabalarning o'quv 
    materialini o'zlashtirish natijasini yaxshilashga qaratilgan. Juftlik ham o'ziga xos, 
    ikki kishidan iborat kichik guruh. Unda topshiriqlar juftlik o'rtasida tayyorlanadi, 
    muhokama qilinadi. Guruhni juftlikdan iborat eng kichik guruhga bo'linib 
    ishlashining afzalligi shundaki, ular bir partada o'tirishadi. Topshiriqni bajarish, 
    muhokama qilish, maslahatlashish uchun alohida joy, xonaning keragi yo'q. Savol-
    javob, mashq (ayniqsa, to'g'ri/noto'g'ri)larni bajarishda darsni juftlik asosida tashkil 
    qilish samarali bo'lib, talabalarni faollashtiradi, o'z fikrini himoya qilish, 
    asoslashga o'rgatadi. 
    Kichik guruhlardagi talabalar soni ixtiyoriy bo'lib, uni o'qituvchi barcha 
    omillarni hisobga olgan holda o'zi belgilaydi. O'quv adabiyotlaridagi «5x5» yoki 


    18 
    «6x6», «7x7» metodlari haqidagi bildirilgan fikrlardan umumiy xulosa 
    chiqaradigan bo'lsak, ularning barchasida so'z guruhlami kichik guruhlarga bo'lib,
    dars o'tish haqida boradi. 
    Bunda o'qituvchi biron bir material yoki o'tilgan darsni qisqacha tushuntirib, 
    talabalarga topshiriq beradi. Topshiriq masala, mashq, savolga javob va boshqa 
    shakllardagi nazorat ishi bo'lishi mumkin. Topshiriq guruhlar ichida muhokama 
    qilinadi. Keyin o'rganilgan mavzu bo'yicha har bir guruh a'zosi individual tarzda 
    nazorat ishi yozadi. Har bir talabaning ballari jamlanib, umumiy guruhning bali 
    chiqariladi. U shaxsiy va guruh to'plagan bail bilan taqqoslanadi. Guruhlarning 
    olgan o'rinlari aniqlanib, to'plangan balga ko'ra rag'batlantiriladi. 
    Ikkinchi inodelda musobaqa (tanlov) o'tkaziladi. Bunda guruh a'zolari 
    boshqa guruh a'zolari bilan musobaqalashib ochkolar to'plashadi. 
    Uchinchi model, mozaika modeli deb ham ataladi. Bu model ko'proq katta 
    guruh, aytaylik, 25-30 tadan talaba bor guruhlarda qo'llangani ma'qul. 
    Guruhdagi talabalar soni bo'yicha o'qituvchi har bir guruhdaga 5 yoki 6 
    tadan talabani jalb qiladi. Har bir guruh tarkibidagi talaba soniga qarab, 5-6 savol 
    yoki qismdan iborat ma- terialni o'rganish uchun topshiriq beriladi. Har bir 
    guruhdan bir kishi bitta qismini yoki savolni o'rganadi. 
    Turli guruhlardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig'ilib, o'quv 
    topshirig'ini muhokama qiladilar. Bu guruhlami ekspert guruhlari deb ataladi. 
    Asosiy guruhlami alfavitdagi harflar bilan talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz. 
    Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. O'qituvchi ularni 6 tadan 5 ta 
    guruhga (A, V, V, G, D) bo'ladi. Birinchi guruh A, undagi talabalar Al, A2, A3. 
    A4, A5, A6, ikkinchi guruh B, undagi talabalar Bl, B2.BZ, B4, B5, B6 va hokazo 
    tarzida bo'linadi, Har bir talaba o'zining raqami bo'yicha asosiy guruhidan, ya'ni 
    harf bo'yicha o'quv materialining ma'lum qismini yoki savolni o'rganish bo'yicha 
    topshiriq oladi. So'ngra mutaxassislar guruhida (raqamlar bo'yicha) barcha 1 yoki 2 
    va hokazo raqamlar asosida yangi guruh tashkil bo'ladi. Ya'ni mutaxassislar guruhi 
    Al, Bl, VI, Gl, Dl, ikkinchi guruh A2. B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi 
    guruh hosil bo'ladi. Har bir asosiy guruhdan bir xil raqamdagi, lekin har xil guruh 


    19 
    a'zolari to'planib, o'zlariga berilgan savol, topshiriqni muhokama qiladilar. So'ngra 
    har kim ekspertlat guruhidan o'zining asosiy guruhiga qaytadi. 
    Guruhning har bir qatnashchisi ekspertlar guruhida o'zi o'rgangan masalani 
    gapirib beradi. Guruhning har bir qatnashchisi diqqat bilan o'rtoqlarining fikrini 
    eshitishga harakat qiladi. Chunki, berilgan topshiriqni bajarishning yagona yo'li 
    o'rtoqlarining fikrini diqqat bilan tinglab, tahlil qilib, so'ngra gapirib berishdir. 
    Undan tashqari, har bir talabada o'z topshirig'ini mufassal bajarish uchun stimul 
    mavjud. Sababi, u berilgan savol, topshiriqni o'rtoqlari qay darajada 
    o'zlashtirishlariga mas'ul. 
    Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishdagi to'rtinchi model avvalgi modellardan 
    birmuncha farqlanadi. Bu modelda kichik guruhdagi har bir talaba berilgan 
    topshiriqni avval alohida o'zi ba- jarib, fikrini seminar daftariga yozadi. So'ngra 
    guruh birgalikda hammaning fikrini o'rganib chiqadi. Kichik guruh nomidan 
    yagona javob tayyorlanadi, darsda barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va 
    guruhni erishgan natijasi baholanadi. 
    Kichik guruhlarda talabalar o'rtasida fikr almashuv, tahlil qilish imkoniyati 
    keng. Har bir talabaning fikri o'rtoqlari tomonidan tahlil qilinadi. Bunda har bir 
    talaba, albatta o'z fikrini asoslashga, himoya qilishga harakat qiladi. Munozara 
    jarayonida har bir talaba o'z xatosini tushunadi yoki haqligini sinab ko'radi, 
    hamkorlikda muammoni yechishga o'rganadi. 
    Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib ishlash maqsadga muvofiq, 
    qachonki: 
    – 
    axborot bilan almashuv; 
    – 
    g'oya-fikrlami yig'ish va o'rtoqlashish; 
    – 
    qiyin yechiladigan muammo va variantlarni tahlil qilish; 
    – 
    murakkab masalani yechish va xulosa chiqarish zarur bo'lganda. 
    Guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi: 
    – 
    axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma'lum ax- borotga ega; 
    – 
    hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin. 
    – 
    ko'pgina taklif, fikrlar o'zaro tanqid natijasida saralanadi. 


    20 
    Guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir. Uslubni 

    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi

    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish