• 2 BOB. LOYIHALASH METODI ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYON SAMARADORLIGINI TA‟MINLASHNING MAVJUD IMKONIYATLARI
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/19
    Sana13.03.2023
    Hajmi0.67 Mb.
    #45219
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi a
    loyihalash 4- kurs test, MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI, Raqamli qurilmalarni lоyihalashga kirish fani nazorat va test savollari(1), goshtmasja, 2, 123, Иқрорбекка (2), 8, 5, BOZOR, Mustaqil ish Mavzu Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.-fayllar.org, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar-fayllar.org, 6-Mavzu Superkompyuterlar va ularning xususiyatlari. Reja Supe, Umumiy fizika fan dasturi (KI AT serviz)
    Bosqichlar 
    Mazmuni 
    Metodi, 
    shakli 
    1-bosqich, 
    tayyorgarlik 
    O'qituvchi talabalarga iqtisodiyotda qanday muammolar 
    bor, o'zlari uchun qiziqarii bo'lgan muammolarni 
    tanlashlarini 
    taklif 
    qiladi 
    yoki 
    topshiriqlami 
    o'zi 
    tayyorlaydi. 
    Aqliy 
    hujum. 
    Mustaqil 
    ish 
    O'quvchi talabalarga loyihalash mazmuni, loyihalash 
    ob‟yekti, usullari, bosqichlari haqida ma'lumot beradi. 
    Bayon 
    qilish 
    2-bosqich 
    O'qituvchi talabalarni kichik guruhlarga bo'ladi. 
    Ixtiyoriy 
    Har bir kichik guruhga o'zlarini qiziqtirgan muammoni 
    tanlash va uni yechish bo'yicha loyiha tayyorlashni 
    topshiradi. 
    3-bosqich 
    O'qituvchi loyihani qanday tayyorlashni tushuntiradi. 
    Talabalar faqat loyiha tayyorlaydilar. Uni amalga 
    oshirish talab qilinmaydi (chunki uni bir dars jarayonida 
    amalga oshirib bo'lmaydi). 
    Bayon
    qilish 
    Asosiy 
    qism 
    Talabalar loyiha tuzishga kirishadilar. 
    Mustaqil 
    kichik 
    guruh 
    Loyihalar taqdimoti 
    Yakuniy 
    qism 
    O'qituvchi o'quvchi-talabalarni baholaydi. Xato va 
    kamchiliklami ko'rsatadi. Darsni umumlashtiradi va 
    yakunlaydi. 
    Bu metodni qo'llash, kurs ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy ishi bajarishda 
    yaqqol nanioyon bo'ladi. Buni har bir talaba individual tarzda bajaradi. 


    27 
    2 BOB. LOYIHALASH METODI ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYON 
    SAMARADORLIGINI TA‟MINLASHNING MAVJUD IMKONIYATLARI 
     
    2.1. Loyihalash metodi – pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining 
    asosi sifatida 
    Loyihalar predmet va uning yo„nalishiga ko„ra bir-biridan farqlanadi. 
    Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning 
    qo„yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko„ra bilish va loyihalash 
    kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo„ladi. Tashhis, oldindan ko„ra bilish va 
    loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi 
    hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qo\ozda taqvim-reja, qisqacha yozma 
    bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal 
    etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog„liq.
    Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik 
    vositalarni qo„llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U 
    asosan alohida o„quvchi va o„quvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat 
    mazmunini yoritishi zarur. 
    Loyihalash ta‟limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, 
    pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda 
    o„quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o„quv qo„llanmalar 
    muhim manba bo„lib xizmat qiladi. 
    Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish 
    bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning 
    muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo„la yoki birin-ketin anglanishiga 
    bog„liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo„lgan vazifalarni belgilab olish 
    muhimdir. So„ngra pedagogik jarayonning ma‟lum bosqichi mohiyatini aniq 
    ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat 
    xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq:
    Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada to„g„ri anglanmasa, u holda 


    28 
    pedagogik vazifalarning hal etish yo„llari ham to„g„ri belgilanmaydi. Endigina 
    kasbiy faoliyatni boshlagan o„qituvchi tajribasizligidan pedagogik vaziyatnini 
    to„g„ri anglash, vazifalarni to„g„ri belgilash malakasiga ega bo„lmaydi. Shu sababli 
    ular o„zlaricha yo„l tutadilar va pedagogik vazifani darhol hal etmoqchi bo„ladilar, 
    natijada jiddiy xatoga yo„l qo„yiladi. 
    Ammo, ayrim holatlarda tajribali pedagoglar ham pedagogik vaziyatni 
    to„g„ri anglashga e‟tiborsiz qaraydilar. Natijada pedagogik faoliyatda 
    nomutanosibligi vujudga keladi: pedagog o„z faoliyatining pedagogik maqsadlarni 
    hal 
    etilishini 
    ta‟minlay olish-olmasligini o„ylab o„tirmay, o„quvchilarni 
    faollashtiradi, ko„rgazmali qurollardan foydalanadi, bilimlarni nazorat qiladi. 
    Pedagogik faoliyatning yana bir nomutanosiblik tomoni shundaki, ko„pchilik 
    pedagoglar 
    pedagogik 
    vazifalarni 
    ikkinchi 
    darajali, funksional, o„tkinchi 
    vazifalarga almashtiradilar va faqat ulargagina o„z diqqatlarini qaratadilar. 
    Pedagogik vazifani anglash mavjud ma‟lumotlarni tahlil qilish va tashhis 
    qo„yish uchun asos bo„lib xizmat qiladi. Ma‟lumotlarning tahlili vaziyat o„rnini 
    aniqlashdan tashqari, butun pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va 
    ular o„rtasidagi munosabat hamda ta‟lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik 
    shart-sharoitlar kabi asosiy tarkibiy qismlarni aniqlashga yo„naltirilgan bo„lishi 
    lozim. 
    Ma‟lumotlarning tahlili pedagogik jarayon mohiyati, jamoa va alohida 
    o„quvchilar harakatlari holatini aniq vaziyatlarda rejali o„rganish kabi ilmiy 
    dalillarga ega bo„lishga yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini 
    tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan 
    natijaning kafolatlanishini tashhislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda 
    mazkur o„rinda «tashhis» tushunchasining mohiyatini yoritib o„tish maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Tashhis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda 
    qo„llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uni har 
    tomonlama izchil o„rganilishi anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e‟tirof etib 
    kelingan. 


    29 
    So„nggi yillarda «tashhis» tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng 
    qo„llanilmoqda. Pedagogik tashhis odatda pedagogik jarayonning psixologik, 
    sub‟ektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida 
    qo„yiladi. Psixodiagnostik tekshiruv o„quvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit 
    yoki ma‟lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi.
    Malakali pedagogik tashhisning zaruriyati o„qituvchidan o„quvchi shaxsini 
    o„rganish metodlari va maxsus metodikalarni, jamoa, shuningdek, yaxlit pedagogik 
    jarayon xususiyatlarini chuqur o„rganishni talab etadi.
    Tashhis qo„yish ta‟lim (yoki tarbiya) maqsad va vazifalarini hal etishning 
    umumiy talabi hisoblanadi. U maqsadlarning aniqligi, bir xilligi, ularni bajarish 
    usullari, o„lchash va baho berish bilan chambarchas bog„liq.
    Pedagogik tashhis asosini o„quvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa 
    sifatida sinfning xususiyatlarini o„rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda 
    ma‟lumotlarni tahlil etish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta‟lim jarayonini 
    loyihalashning keyingi muhim bosqichiga o„tish, ya‟ni, pedagogik jarayonni 
    oldindan ko„ra bilish imkonini yaratadi. Bu holat pedagogik maqsadning 
    shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta o„ylangan pedagogik 
    vazifalarni belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish darajasi ta‟lim 
    maqsadlari bilan uyg„un bo„lgandagina pedagogik maqsadga erishmaslikning 
    oldini olishga erishiladi. Ya‟ni, pedagogik maqsad pedagogik tizimning muhim 
    omili sifatida muammolarni muqarrar hal etadi.
    Pedagogik oldindan ko„ra bilish ob‟ekt haqidagi ma‟lumotlarni oldindan 
    o„rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob‟ekt sifatida sinf, o„quvchi, bilim, munosabat 
    va hokazolar tanlanadi. 
    Oldindan ko„ra bilish metodlari turli-tuman bo„lib, o„qituvchi ularni 
    mukammal o„zlashtira olishi kerak. Oldindan ko„ra bilish metodlari sirasiga 
    modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi. 
    Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bog„liqdir. Oldindan ko„ra 
    bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda 
    qo„llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo„ladi. 


    30 
    Oldindan ko„ra bilish qobiliyati o„qituvchiga xos bo„lgan muhim kasbiy 
    fazilat hisoblanadi. Garchi erishish yo„llari murakkab bo„lsada, pedagogik faoliyat 
    maqsadi hali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va 
    pedagogik jarayon miqdor va sifat o„zgarishlarining loyihasi sifatida aks etadi. 
    Pedagogik oldindan ko„ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog„liq 
    holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar 
    tizimiga yo„naltirishning so„nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashhisda 
    ifoda etiluvchi ma‟lumotlar, ya‟ni, shaxs va jamoaning qo„shimcha imkoniyatlari 
    va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko„ra 
    bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va o„quvchi faoliyatining 
    mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo„lgan jihatlarni 
    sintez qiladi. Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o„zi uchun 
    shakllantiriladi, so„ngra e‟tibor o„quvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda 
    pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi.
    Pedagogik loyihalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan, 
    tashkiliy-metodik, 
    moddiy-texnik 
    hamda 
    ijtimoiy-psixologik 
    (hissiy, 
    kommunikativ va h.o.) jihatdan hal etilishini ta‟minlash talab etiladi. 
    O„quv dasturi yoki o„quvchi shaxsi ta‟lim mazmunini loyihalashning 
    asosi bo„lib, bu vaziyatda o„qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga 
    muvofiq holda o„quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul 
    qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga 
    muvofiqdir: 
    1) o„quvchilar tavsiya etilayotgan ma‟lumotdan nimani va qanday hajmda 
    o„zlashtirishlari zarurligi;
    2) o„quvchilarning 
    dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o„quv 
    ma‟lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
    3) o„qituvchining shaxsiy, shuningdek, ta‟lim muassasasining moddiy-
    texnik bazasi.
    Bu o„rinda o„quv ma‟lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o„rin 
    tutadi.


    31 
    O„quv materiali materiallar tizimidan (ya‟ni, o„quv materiali materiallar 
    tizimi) iborat bo„lib, u didaktik materialning moddiy yohud moddiylashgan 
    modellarida aks etadi hamda o„quv faoliyatida ishlatish uchun mo„ljallanadi. 
    Modomiki, o„quv faoliyati o„quv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida 
    qaralar ekan, tabiiyki, o„quv vazifasi o„quv materialining ma‟lum qismlariga 
    muvofiq tuzib chiqiladi. Shu bilan birga o„quv materialini pedagogik jihatdan 
    maqsadga erishishga yo„naltirilgan tizim sifatida e‟tirof etish mumkin. Demak, 
    o„qituvchi faoliyatida o„quv vazifalari tizimi o„quv materialini loyihalash va 
    didaktik materialni shakllantirish sifatida aks etadi. 
    Tajribalar tahlilining ko„rsatishicha, pedagogik jarayonni loyihalash 
    murakkab jarayondir. Murakkablik pedagogik jarayonni loyihalashda asosan ikki 
    omil: cheklov va ko„rsatmalarni hisobga olish lozimligida ko„rinadi. Ta‟lim 
    mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to„ldirishi, o„quv jarayoniga 
    ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek, ta‟lim mazmuni va uning 
    o„quvchilar tomonidan qabul qilinish darajasining o„zaro mosligi inobatga olinadi. 
    Shu bois vaziyatning murakkabligi, o„quv fani asoslarini o„zlashtirishdagi 
    qiyinchiliklarni bartaraf etish yo„llari avvaldan aniqlab olinishi shart. 
    Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog o„quv 
    dasturida belgilangan mazmun bo„yicha ish ko„radi. Shu asosida o„zining shaxsiy 
    faoliyat dasturini yaratadi.
    Demak, pedagog loyihalash texnologiyasini qo„llashda o„quvchilarning 
    ehtiyojlari, ta‟lim jarayonining ma‟lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, 
    o„quvchilarning o„z-o„zini rivojlantirish qobiliyatlarini o„stirishni asosiy masalalar 
    sifatida tan olsagina muvaffaqiyat qozonadi.
    O„qituvchi faoliyatida kelajakka mo„ljallangan va tezkor loyihalash turli 
    darslarda turlicha moslashtiriladi. Pedagog loyihalashga kirishda xoh u dars, xoh u 
    tarbiyaviy tadbir bo„lsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon 
    tizimidagi o„rnini bilishi lozim.
    Malakali, tizimli modellashtirish layoqatiga ega pedagoglar davomli 
    texnologiyalarni 
    yarata 
    oladilar. 
    Ular 
    muayyan 
    sharoitga 
    mos 
    (lokal) 


    32 
    modellashtirishni amalga oshira olish layoqatiga ega pedagoglardan keskin 
    farqlanadilar. Binobarin, ikkinchi guruh pedagoglari faoliyatida yaxlit fan (yoki 
    pedagogik jarayon) emas, balki dars (yoki tarbiyaviy tadbir) texnologiyasi yetakchi 
    o„rin tutadi. 
    Agar pedagog faoliyati o„quvchilarning talablarini qondirish, ya‟ni, yakuniy 
    maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida 
    dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi. 

    Download 0.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish