209
2.
Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustahkam
o’rnatish;
3.
Randani ishlatishda o’ng qo’lda uning ponasi bilan temirini
qo’shib ushlash kerak.
4.
Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig’ning o’tkirligini qo’l
bilan siypalab tekshirmaslik lozim.
5.
Ishlash vaqtida qirindilarni asbobning
ost tomonidan tozalash
kerak.
6.
Jarohatlanishshshg oldini olish uchun tanaffus paytida
randalarni yonboshlatib, tig’ini narigi tomonga qilib qo’yish lozim.
26.3. Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash
vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak
1.
Shpindelning barcha vaqt to’g’ri (ishlayotgan odamga qarab)
aylanishiga e’tibor berish kerak.
2.
Ishlanadigan yog’ochlarni markaz va vilka orasiga,
patronlarga, planshaybaga mahkam o’rnatish lozim.
3.
Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog’och
o’rnatmaslik kerak.
4.
Ish vaqtida tirgakni barcha vaqt markazga moslab, yog’ochga
yaqin o’rnatib borish zarur. Buning uchun yo’nish davomida vaqti-
vaqti bilan tirgakni yog’ochga yaqinlashtirib surib boriladi.
5.
Ish
vaqtida
ketingi
babka
va
tirgakni
stanina
yo’naltiruvchilariga mahkam qotirib o’rnatish kerak.
6.
Stanokni to’xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo’l
bilan tekshirmaslik kerak.
7.
Ish vaqtida himoya ko’zoynagini taqib ishlash zarur. STD-120
tipidagi o’yuvchi moslamasi.
26.4. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
1. Maxsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, ro’mol va
bog’ichlarning osilib turuvchi qismi yig’ishtirilgan bo’lishi, kiyim
yengidagi manjet qo’l uchini siqib turishi kerak.
2. O’quvchilarlarning sochlari uni
qoplab turuvchi bosh kiyim
tagida bo’lishi kerak.
210
3. Faqatgina o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur
tartibga rioya qilgan holda bajaring.
Vazifalarni bajarishda tana
holatini to’g’ri saqlashga e’tibor bering.
4. O’qituvchi ruxsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun
notanish bo’lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o’qituvchi
tomonidan
ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.
5. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan foydalaning, ularni
belgilangan vazifasiga ko’ra ishlating. Asbob-uskunalarni o’z
ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.
6. Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shetka va
boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.
7. Ish vaqtida chalg’imang, o’rtoqlaringizning vazifani bajarishiga
xalaqit bermang.
8. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilganligi
yoki shikastlanish
holatlarida tezlik bilan o’qituvchiga xabar qiling.