207
3. Mashina - almashtiruvchi mexanika ishchi energiyaning biror
bir turiga almashtirish uchun xizmat qiladi. Bunga misol:
dinamomashinalar, o`zgaruvchi yoki o`zgarmas tok generatorlari,
xolodil’niklar va boshqalarni ko`rsatish mumkin.
4. Nazorat boshqaruv mashinalari ishlab chiqarish jarayonini
boshqarish va ishlab chiqishni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi.
Ular
texometrlar,
elektromashina
kuchaytirgichlar,
selsinlar,
datchiklari.
5. Axborot (kibernetika) mashinalari axborotlarni yig`ish,
saklash, qayta ishlash, o`zatish uchun xizmat qiladi. Rangli va qora
metal kesish dastgoxlarida ishlov beriladi. O`quv jarayoni sharoitida
eng ko`p tarqalgan dastgohlar tokarlik, parmalash va frezalash
dastgohlaridir.
Qidiruv - konstruktor faoliyatida maxsulotni tajribaviy
namunasini texnologik imkoniyatlarni kengaytirish takomillashtirish
bo`yicha bir qator muammolarni yechishga to`g`ri keladi. Ular u yoki
bu dastgoxni texnikaviy imkoniyatiga mos kelib xomaki detalni
ishonchli maxkamlashni ta`minlaydi, tayyor detalni tez almashtirishga
imkon beradi, ishlov berishga sarflanadigan vaqtni kamaytiradi.
O`quv ustaxonalarida tokarlik vint qirqish dastgoxidan juda keng
foydalaniladi. Uning texnologik imkoniyatlarini, oshirish uchun
kompleksida bir qancha foydalana qurilmalar bo`ladi.