206
odamning mehnat foaliyati tadqiq qilish, uning hali namoyon
bo`lmagan psixofizik resurslari va imkoniyatlari bilan shug`ullana
boshladilar. 50 yillarda ergonnomika degan yangi fanning qiyofasi
namoyon bo`la boshladi. Uning asosiy mazmuni odamning
funktsional imkoniyatlarini o`rganish, ularga mos keladigan mehnat
qurollari va ish muxitini yaratishdan iborat bo`lib qoladi. Ergonomika
ko`p qirralidir: u avvalo turli vaziyatdagi ish sharoitini o`rganadigan
injenerlik psixologiyasini o`rganadi, bu xol yuksak mas`uliyat va
asabiy zshriqishni talab qiladigan sistemalarni, masalan, uchishni
boshqarish dispetcherlik punktlarini ishlab chiqishda ayniqsa
muhimdir. Ergonomikaning boshqa bir tarkibiy qismi antropometriya
– odam gavdasini o`lchash sistemasidir. U allaqachon loyihalash
uchun zarur bo`lib qoldi.