204
hajmining o`zida aniqlik bor. Ba`zan kattagina hajm uzining
joylashmasligi tufayli salbiy sifatga aylanib ketadi. Ana shunday
vaqtda “qo`pol mebel’” qabilidagi iboralarni eshitish mumkin. Hir bir
buyum uzining ichki nisbatlari bilan ham xarakterlanadi.
Hajmli-
fazoviy tuzilish.
Ma`lumki har qanday buyum uch o`lchovga ega bo`lib, bu o`lchovlar
nisbatini biz himisha xis qilib turamiz. Shu sababli buyumning
hajmiga doir xarakteristika uning usosiy o`lchovlariga bog`liq bo`ladi.
Agar buyumning eni va balandligi chiqurldigidan nihoyatda katta
bo`lsa; bunday tuzilish frontal tuzilish deb ataladi.
Agar buyumni
chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo`lsa, u xolda bunday tuzilishni
biz fazoviy tuzilish deb ataymiz. Buyumlar xilma-xil bo`lib, ularni
ta`riflash uchun “xajmli-fazoviy tuzilish” terminidan foydalanadi.
2-rasm. Estetik dizayn.
Material. Har qanday buyum maxlum bir materialdan ishlanadi,
qo`p xollarda biz uning qanday materialdan va bizga tanish bo`lgan
materiallardan qilinganligini bilamiz. Faqat ayrim sistetik mahsulotlar
va almashinavchi materiallar bizni qiyin axvolga solib quyishi
mumkin; har bir buyumni sirti qandaydir
uziga xos sifatlar bilan
ajralib turadi, ya`ni u g`adir-budir yoki silliq, yaltiroq yoki sirlangan
bo`ladi.
24.3. Badiiy loyihalash. Buyum va mahsulotlarga kompozitsiya
berish
Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Shunday qilib biz
har qanday buyumga – sun`iy yoki tabiiy buyumga xos bo`lgan, uning
estetik sifatlariga bog`liq bo`lmagan asosiy belgilari bilan tanishib
205
chiqdik. Mazkur belgilar bilan tanishish bizga asosiy maqsadga –
garmonik forma nima, uning qanday
belgilari bor va u qanday
yaratilishini bilib olish uchungina zarur. Garmonik forma go`zallik
qonunlari asosida yaratiladi. Xammaga ma`lum bo`lgan bu ta`rif
shartlidir: san`atda matematika yoki fizika qonunlariga o`xshagan
qonunlar yo`q, gap faqat ayrim qonuniyatlar haqidagina borishi
mumkin. Garmonik asar yaratish jarayoni “kompozitsiya” nomiga
ham egadir. Kompozitsiya tushunchasi ijodning boshqa turlari – rang
tasvir, adabiyot va musiqaga ham bab-barovar taaluqlidir. Dizayndagi
kompozitsiya o`z metodikasi va terminologiyasiga ega.
U avvalo
asarning zarur sifatlariga yoki dizaynerlik xususiyatlariga tayanadi. Bu
sifat va xususiyatlar idrok etish qobiliyatlariga asoslanadi va
kompozitsiya kategoriyalari deb ataladi.