216
yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqarokonferensiya o‘tkazildi
va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasining
ekologik
hamda
ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatini
yaxshilashga
yo‘naltirilgan loyihalar to‘plami ma’qullandi.
Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo‘yicha
ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti, ya’ni atrof-muhitga ta’siri
bo‘yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish
boshladi.
Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o‘rganildi.
Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini
kamaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq
etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh
avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash,
unga daxldorlik hissini
kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarildi.
Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda
idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini
oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga
qaratilgan
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ekologik
ta’lim
konsepsiyasi”, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda
Vazirlar Mahkamasi qaroriloyihalari ishlab chiqilib, hukumatga
taqdim etildi.
Respublikamizning 7ta hududida
Oliy Majlis huzuridagi
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan
ijtimoiy buyurtma doirasida aholining ekologik madaniyatini oshirish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni atrof-muhitni muhofaza
qilish ishlariga jalb etishga qaratilgan 350 dan ortiq targ‘ibot
bannerlari
o‘rnatildi.
Yoshlarning
ekologik
madaniyatini
yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar to‘plami va boshqa targ‘ibot
materiallari tayyorlandi. Shuningdek, suv, chiqindi muammolariga
bag‘ishlangan
videoroliklar tayyorlanib, markaziy telekanallarda
namoyish etilmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekiston ekologik harakati oldida turgan
dolzarb vazifalardan kelib chiqib, deputatlar guruhi bilan hamkorlikda
o‘tgan bir yil davomida respublikamizning barcha hududida 111300
dan ortiq faollar ishtirok etgan 2500 ga yaqin amaliy-tahliliy tadbirlar
o‘tkazildi.
217
Vakillarimiz parlament a’zolari tomonidan hududlarda
o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda ham faol qatnashmoqda. O‘tgan davrda
3911 xonadonga kirilib,
10701 nafar fuqaro bilan muloqot o‘tkazildi.
Natijada aholi
tomonidan ko‘tarilgan 1100 dan ortiq muammolarning aksariyat qismi
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan joyida hal etildi.
O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta
ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish masalasiga ham
katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “SEMAK Equipment’s and
Technology” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga
muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 ming AQSH
dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan
korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik
ishlari jadal olib
borilyapti.
Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali
vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan
“Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish,
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha
huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda
tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi,
suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat
hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik
uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha
qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari,
Orol muammosining salbiy ta’sirlarini
bartaraf etish, hudud
aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud
kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy
ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda
muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.