211
moddalarni zaharli bug’ va gazlardan tozalash asosini quyidagi fizik
va kimyoviy jarayonlar tashkil etadi: adsorbsiya, absorbsiya, filtrlash,
elektr filtrlash, eritish va yoqib yuborish, kimyoviy yo’l bilan
suvsizlantirish. Absorsiyada, chiqayotgan gaz-havo aralashmasidan
zaharli komponentlarni yutib qoluvchi modda sifatida suv, ishqor,
kislota, organik erituvchi ishlatiladi. Yutilish natijasida qisman
kimyoviy birikmalar ham hosil bo’lishi mumkin. Lok-bo’yoq
materiallarning gaz va bug’lardan absorbsiya usulida tozalashga misol
qilib purkash kabinalaridan oqib tushayotgan suv pardasini ko’rsaatish
mumkin. Absorsiyada zararli ha zaharli gazlar yuqori sirti faol
moddalar yuzasiga shimiladi. Absorbent sifatida faollashtirilgan
ko’mir bilan silikagel ishlatiladi. Absorbsiya, desorbsiya,
rektifikatsiya jarayonlari asosida uchuvchan eritkichlar rekuperatsiya
qilinadi, yani ular gaz havo chiqindilaridan tutib qolinadi va ishlab
chiqarishga qaytariladi. Eritkichlarni rekuperatsiya qilish agar
ularning
chiqarib
yuborilayotgan
gaz-havo
tarkibidagi
konsentratsiyasi 3g/m kub dan kam bo’lmasa rentabelli hisoblanadi.
Filtrlash usulida tozalanganda keramik filtrlar, tabiiiy va sintetik
gazlamalardan keng foydalaniladi. Ayrim hollarda filtrga qo’shimcha
ravishda suv yoki eletr statik zaryad beriladi. Havoni qattiq
changlardan tozalashda changtutkichlardan foydalaniladi. Ho’l yoki
quruq usulda ishlatiladigan changtutkichlar mavjud. Quruq holatda
ishlaydiganlarga
siklon,
gazmolli
filtrlar
kiradi.
Ho’l
changtutkichlarga - venturi skrubberi, markazdan qochma va
forsunkali skrubberlar hamda zarb-inersiya kuchi bilan ishlaydigan
apparatlar kiradi. Mebel va yog’ochsozlik korxonalarida asosan quruq
sharoitda ishlaydigan siklonlar va yengsimon gazmolli filtrlar ko’p
ishlatiladi. Amalda changli havoni ikki bosqichida tozalash eng yaxshi
natija beradi, birinchi bosqichda siklon, ikkinchi bosqichda esa
gazmoldan tayyorlangan yengil fltrlar tizimidan foydalaniladi.