212
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda zaharli gaz yoki bug’larning
ajralib chiqishiga o’rin qolmaydi.
Nazorat savollari:
1. Plastmassa ishlab chiqarishda atrof muhit muhofazasi.
2. Atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy samaradorligi.
28-MAVZU. EKOLOGIK VA IJTIMOIY MULOHAZALAR
Tayanch so’zlar: yaroqlilik muddati, zamonaviy texnologiyalar,
ishlab chiqarish, qayta ishlanmaydigan mahsulot, mahsulot eskirishi.
28.1. Maxsulotning yaroqlilik muddati tugaganidan keyingi qayta
ishlovlarga bog‘liqligi
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni
ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi
uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali
foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik
muammolarning oldini
olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham
jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
1-rasm. Ekoharakatni ifodalovchi mazmun.
213
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari,
siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik
harakati vakillari bilan
uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda
siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati
tanqidiy
ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan
oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik
harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining
istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Xo‘sh, o‘tgan davrda Ekoharakat
hamda uning Qonunchilik
palatasidagi deputatlar guruhi bundan qanday xulosalar chiqardi,
boshqacha aytganda, faoliyatimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz
berdi?
Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini
takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini
bugungi talab darajasida
kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish,
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish,
aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga
qaratilgan tizimli ishlarni
amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni
va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.