215
nazoratning
jamoatchi
inspektorligiga
nomzodlar
zaxirasi
shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini
oshirish choralari ko‘rilayotir.
Sohaga tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident Farmon
hamda qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha 10 dan ziyodnazorat-tahlil
tadbirlari o‘tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha
hududini qamrab olgan holda, sayyor yig‘ilishlar tashkil etilayotir.
Misol uchun, Jizzax viloyatida “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi,
Buxoroda
Dezinfeksiya
stansiyasi
bosh
vrachi
hamda
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining
termitlarga qarshi kurash va profilaktika chora-tadbirlarining ijrosi
to‘g‘risidagi
axboroti,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan
“2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat
dasturi”ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish
yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig‘ilish ana shular
jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va
boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro
etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal
xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti
yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli
chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan
nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati
o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari
qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi.