29.2. Turli sanoat tarmoqlari, aqlli materiallar va qurilmalar
hamda mikroelektron tizimlar yaratish va ularni noyob
xossalarini aniqlashda sensorlar va aktivatorlar sifatida amaliy
qo‘llash
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi
korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va h.k.)
majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.
Sanoat
,
industriya
— xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab
chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir
koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq
220
xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib
olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki
qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta
ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar,
shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni
taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra,
Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika;
yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft
kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon,
yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza qogʻoz Sanoati; qurilish
materiallari Sanoati; qurilish konstruksiyalari va detallari Sanoati;
oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati;
mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot
Sanoati; poligrafiya sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov
beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
Asrimiz mo‘jizasi bo‘lgan kompyuterlar yaratilishi bilan
axborotlarni jamlash, saqlash, uzatishda juda ishonchli imkoniyatlarni
taqdim etdi. Kompyuter (ing. computer — hisoblayman) — oldindan
kiritilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma elektron
hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xil nomga ega. Biroq, kom-
pyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari, ancha keng funksiyaga
ega. EHM’larning rivojlanishida kompyuterning bir necha avlodlarini
ko‘rsatish mumkin.
Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari,
mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik ko‘rsatkichlari, texnikadan
foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy
element elektron lampa bo‘lgani uchun hajmi ham juda katta bo‘lgan.
So‘ngra bu lampa o‘rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-
2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan
kompyuter (IBM-360, IBM-370, (AQSH), ESEVM (Rossiya) va
boshqalar, integratsiya darajasi katta bo‘lgan integral sxemalar
o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘ldi.
Shaxsiy kompyuter (mikro va makro EHM) tushunchasi XX asr
70-yillarining oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy
kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan
foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi,
221
massasi ham kamaydi. 1981-yilda IBM firmasi shaxsiy kompyu-
terning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi.
Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni,
Apple firmasida esa Macintosh («Makintosh») deb ataladigan
kompyuterlar yaratildi.
|