O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti




Download 0,62 Mb.
bet17/18
Sana27.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#15201
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Xulosa va takliflar

Bitiruv ishimning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarini yoritdim.

Mazkur mavzu bo’yicha Buxoro shahridagi 35-maktabda pedagogik amaliyot davomida ochiq dars o’tdim.

Bitiruv ishida Tabiiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va tarmoqlanishi sohasidagi rang-barang munozarali fikrlar yoritildi, ularning mazmun-mohiyati ochib berildi.

Tabiiy geografiya fani ob’ekti va predmetini o’rganish muhim ekan, avvalo Tabiiy geografik kompleks, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik rayon, taksonomik qiymat, geografik qobiq, materik, tabiiy geografik o’lka, tabiiy geografik zona, tabiiy geografik provinstiya, tabiiy geografik okrug, tabiiy geografik rayon, landshaft, joy, urochiщe, fastiya, umumiy tabiiy geografiya, umumiy Er bilimi, katta hududlar tabiiy geografiyasi yoki regional tabiiy geografiya, kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslik kabi tayanch atamalarni chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Men mazkur ishni yakunlar ekanman quyidagi xulosalarni bildirishni o’rinli deb bildim:



  • Tabiiy geografiya fani – o’z tadqiqot ob’ektiga ega bo’lgan geografiya fanlar tizimidagi mustaqil fan;

  • Tabiiy geografiya fani – ob’ekti juda murakkab tuzilgan ko’p tavsifli tabiat hosilasidir;

  • Tabiiy geografiya fani – tadqiqot ob’ekti haqida to’rtta tushuncha hosil bo’lgan. Bular: geografik qobiq, geografik qobiq, "tabiiy muhit" yoki "geografik muhit", geotizim;

  • Tabiiy geografiya fani uchun – geografik qobiq bir vaqtning o’zida ham ob’ekt, ham predmet vazifalarini o’taydi (Sh.S.Zokirov. 1994);

  • Tabiiy geografiya fani – ob’ekti bo’lgan geografik qobiq haqidagi tushunchaga asos bo’lgan dastlabki fikrni P. I. Brounov bildirgan bo’lsa, geografik qobiq haqidagi ta’limotning asoschisi A. A. Grigorevdir;

  • Tabiiy geografiya fani – umumiy, regional va landshaftshunoslik kabi tarmoqlarga bo’linadi;

  • Tabiiy geografiya fani – birinchi tarmog`i “Umumiy tabiiy geografiya yoki Umumiy Er bilimi” fanidir;

  • Tabiiy geografiya fani – ikkinchi tarmog`i “Katta hududlar tabiiy geografiyasi yoki regional tabiiy geografiya” fanidir;

  • Tabiiy geografiya fani – uchinchi tarmog`i “Kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslik” fanidir.

Shunday qilib, tabiiy geografiya fani Er yuzasida ob’ektiv mavjud bo’lgan turli ko’lamdagi tabiiy geografik komplekslarning hammasini o’rganadi.


Download 0,62 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

Download 0,62 Mb.