• 10-LABORATORIYA ISHI Yog‟ochning qurib kichrayishini aniqlash. Ishlatiladigan asbob-uskunalar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi farg„ona politexnika instiuti




    Download 52,15 Kb.
    bet9/16
    Sana22.12.2023
    Hajmi52,15 Kb.
    #126471
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Щзбекистон Республикаси Олий ва щрта махсус таoлим-fayllar.org

    9-LABORATORIYA ISHI 

    Yog‟ochning namligini aniqlash. 
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: metall chizg’ich, quritish javoni
    analitik tarozi.
    Ish tartibi: Yog‘ochning namligi mutlaqo quruq xoldagi namunaning
    massasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. O‘lchami 20X20X30 mm bo‘lgan
    namuna qipiq va changdan tozalanganidan keyin byuksga joylanadi, texnik
    tarozida byuksi bilan birga 0,01 grammgacha aniqlikda tortiladi va quratish
    javonida 105±2
    o
    S xaroratda obdan quritiladi va tarozida bir necha marta tortib
    ko‘rib, qurib yengillashganligi aniqlanadi. Yumshoq yog‘och (qaraьay, qora-
    qaraьay, tog‘terak kabi daraxtlar yog‘ochi) dan tayyorlangan namunalar quritila
    boshlagan paytidan xisoblab, xar 6 soatda, qattiq yog‘ochdan (eman, qora qayin,
    shumtol kabi daraxtlardan) tayyorlangan namunalar esa xar 2 soatda tortib
    ko‘riladi.
    Namunalarning oxirgi ikki marta tortib ko‘rib aniqlangan massalari
    o‘rtasidagi tavofut ko‘pi bilan 0,02 grammga yetgach, quritish to‘xtatiladi va
    quritish javonidan eksikatorga ko‘chiriladi, eksikatorning konussimon ostki
    qismi suvsiz kal‘tsiy xloridga joylanadi. Byuks namuna bilan birga eksikator
    to‘riga qo‘yiladi-da, uy xaroratigacha sovitiladi.
    Yog‘ochning namlik darajasi W quyidagi formula yordamida 0,1% gacha
    aniqlikda xisoblab topiladi:
    W= [(m
    1
    -m
    2
    )/(m
    2
    -m)] *100;
    Bu yerda m – bo‘sh byuksning massasi, g; m
    1
    – xo‘l namuna joylangan
    byuksning massasi, g; m
    2
    – byuksning quritilgan namuna bilan birgalikdagi
    massasi, g.

    10-LABORATORIYA ISHI 
    Yog‟ochning qurib kichrayishini aniqlash. 
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: metall chizg’ich, quritish javoni, analitik 
    tarozi. 
    Ish tartibi: Yog‘och suvni (30%) to‘yib shimgan xolatidan tamoman
    quruq (suv – 0%) xolatga o‘tguncha uning o‘lchamlari qisqaradi (xajmi
    torayadi). Ba‘zan, absolyut quruq yog‘och namlangan vaqtda shishib ketishi
    mumkin. Yog‘ochning tuzilishi tekis bo‘lmaganidan uning torayishi va shishishi



    16
    xam turli yo‘nalishda turlicha bo‘ladi. Masalan, tolalari bo‘yicha o‘rta xisobda


    0,1%, ko‘ndalang kesimi bo‘yicha (radial yo‘nalishda) 3-6%, tangental kesimi
    bo‘yicha 6-12% o‘zgaradi. Yog‘ochning tolalari bo‘yicha o‘zgarishi nihoyatda
    oz (0,1%) bo‘lganligidan u e‘tiborga olmaydi.
    Qurish natijasida yog‘ochning qancha torayishini aniqlash uchun
    yaxshilab randalangan tayyor reyka namunasidan o‘lchami 30X30X10 mm li
    katta tomonining o‘rtasidan o‘zaro perpendikulyar chiziq chiziladi va bu
    chiziqlarning o‘lchamlari aniqlab qo‘yiladi (4- rasm).

    Download 52,15 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 52,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi farg„ona politexnika instiuti

    Download 52,15 Kb.